1-mavzu: “iqtisodiyot nazariyasi” faniga kirish reja
Download 71.16 Kb.
|
1-MAVZU “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIGA KIRISH
Iqtisodiy faoliyat. Insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, ulaming yashashi va kamol topishini ta’minlaydigan moddiy va ma’naviy ne’matlami ishlab chiqarish hamda xizmatlar kocrsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.
Kishilaming yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayo’tiy ne’matlar va vositalarni ishlab chiqarish hamda iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog'liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Takror ishlab chiqarish. Iqtisodiyo’t doirasida iqtisodiy boyliklami, ya’ni jamiyat uchun zarur bo'lgan ne’mat va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayoni ro‘y beradi. Iqtisodiy fanda takror ishlab chiqarish qisqarib boruvchi, oddiy va kengaytirilgan turlarga ajrati1adi. Qisqarib boruvchi takror ishlab chiqarishda ishlab chiqarish hajmi kamayib borish tartibida takrorlansa, uning oddiy turida bir me’yorda, o'zgarmasdan va kengaytirilgan turida esa bu jarayon ko‘payib borish tartibida takrorlanadi. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlang‘ich bo‘g‘ini ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar boimaydi. Taqsimot jarayonida ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, tovar va xizmatlar hamda pul daromadlari, tarmoqlar, sohalar, hududlar, korxonalar va jamiyatning alohida a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi hamda qayta taqsimlanadi. Ayirboshlash yaratilgan ne’matlar va boyliklaming ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarini bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa, ya’ni - ayirboshlash jarayoni pul va unga tenglashtirilgan vositalar yordamida amalga oshiriladi. Takror ishlab chiqarishning oxirgi bosqichi iste’mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard iste’molchilarini topadi hamda turli xil ehtiyojlami qondirishga xizmat qiladi. Iste’mol ikki turga bolinadi: unumli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ishlab chiqarish jarayonida foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Iste’mol buyumlari shaxsiy iste’mol jarayonida foydalaniladi va shu orqali ularning o‘rniga yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi. Download 71.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling