1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Download 1.79 Mb.
bet67/73
Sana12.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1192020
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin

5. Konvergentsiya. Konvergentsiya AATning zamonaviy rivojlanish jarayonining oxirgi bosqichi sifatida ko’rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o’rtasidagi farq yo’qoladi. Moddiy ishlab chiqarish va axborot biznesi sohalari o’rtasidagi tafovut o’chib ketadi, firmalar va korporatsiyalarning faoliyat turlari diverfikatsiyasi, sanoat tarmoqlari, moliya sektori va xizmat sohalari o’zaro uyg’unlashib ketadi.
Shunday qilib, yangi axborot texnologiyalari – bu dunyo miqyosida jamiyat taraqqiyotining sanoat asridan axborot asriga qarab o’tish asosidir. Mazkur tendentsiyaning biznesda qo’llanilishi quyidagi o’zgarishlarga olib keladi:

  • har bir ish o’rnida resurslar etarli bo’lganda axborotlarni qayta ishlash uchun taqsimlangan shaxsiy (personal) hisoblashlarni amalga oshirish;

  • xabarlarni jo’natish uchun ish o’rinlari birlashganda kommuni-katsiyaning rivojlangan tizimini yaratish;

  • iqtisodiy ob’ekt axborot oqimiga ulanganda, moslashuvchan global kommunikatsiyalarga ega bo’lishi;

  • elektron savdo tizimini yaratish va rivojlantirish;

  • iqtisodiy ob’ekt integratsiyasi – tashqi muhit tizimidagi oraliq bo’g’inlarni bartaraf etish.

Glossariy


Axborot texnologiyasi - ob’ekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti) ning holati to’g’risida yangi sifatdagi axborot olish uchun ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish va uzatish vositalari hamda usullarining majmuidan foydalanuvchi jarayon.
Axborot texnologiyasining maksadi - inson tomonidan tahlil qilish va uning asosida qandaydir hatti-harakatni bajarish bo’yicha qaror qabul qilish uchun axborot ishlab chiqarish.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari (AIT) - bu dasturiy ta'minot va apparat vositalari va aloqa (telekommunikatsiya) dan foydalanishga yo'naltirilgan ma'lumotlarni yig'ish, ro'yxatga olish, qayta ishlash, uzatish, to'plash, qidirish va himoya qilish usullari va mijozlarga ma'lumotlar taqdim etuvchi vositalari to'plami, shu jumladan usullar majmuidir.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling