1-mavzu: ishqalanish va yеyilish fanining prеdmеti


Download 376.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.09.2023
Hajmi376.02 Kb.
#1676473
  1   2   3


1-mavzu: ISHQALANISH VA YЕYILISH FANINING PRЕDMЕTI.
Rеja: 
1. 
Tribologiya (Ishqalanish va yeyilish) asoslari fanining tarixi. 
2. 
Ishqalanish va yeyilish haqida asosiy tushunchalar. 
Tribologiya fanining rivojlanish tarixi 
Ishqalanish tabiatini urganishni birinchi bor kadim zamonlarda Aristotel 
boshlagan edi. Uningcha, xar bir real jismning (bir tekisda) siljishida u tashqi qarshilikka 
duchor bo‘ladi-ki, bu qarshilikning miqdori uning vazniga (og‘irligiga) bog‘liqdir 
(Aristotel vazn bilan massaning farqiga bormagan). Lekin Aristotel inersiya xodisasini 
xali bilmas edi. Chunki u jismning o‘ziga (og‘irligiga) bog‘liq bo‘lgan qarshilik bilan 
jism harakatidan hosil bo‘ladigan tashqi muhit qarshiligining farqiga tushunib 
yetolmagan edi. Keyinroq Leonardo da Vinchi ishqalanish sabablarini chuqurroq 
o‘rganib, o‘zining bu sohadagi ulkan hissasini qushdi. U davrda olimlar va ixtirochilar 
o‘rtasida betuxtov dvigatel yasash tug‘risidagi tortishuvlar eng avjiga chikdan vaqt edi. 
Shunda Leonardo da Vinchi beto‘xtov dvigatelni yasash mumkin emasligiga ishqalanish 
(jarayoni) yul ko‘ymasligini isbotlab berdi va ishqalanish kuchi kuyidagi omillarga: 
— ishqalanish yuzalarining materialiga; 
— ishqalanish yuzalariga ishlov berishning sifatiga
—ishqalanish koeffitsienta yuk (nagruzka)ning qiymatiga to‘g‘ri proporsional 
ekanligini isbotlab berdi. 
Ishqalanish kuchi mikdorini kamaytirish uchun ishqalanish yuzalari oralig‘iga 
rolik yoki sharik kuyish kerakligini anikdab berdi. Shunday qilib, Leonardo da Vinchi 
rolikli va sharikli podshipniklarni ham ixtiro qildi.
XVI asr oxirlarida Galiley inersiya krnunini va massa tushunchasini ixtiro kildi. 
Bu esa mexanika fanida kuyilgan ulkan qadamlardan biri buladi. Galiley erkin jism 
(bushlikda, ya’ni tashqi karshiliksiz) o`zgarmas kuch ta’sirida bir tekis harakat kdlishini 
isbotladi. Bu holda harakatlantiruvchi kuch massaga to`g`ri proporsional ekanligini 
kursatdi. Galiley harakatga qarshilikdan (inersiya turdiradigan harakatga qarshilikdan) 
tashkoy muxit ta’siridan hosil buladigan karshilikning (tashqi ishqalanish kuchi ta’sirida 
paydo buladigan qarshilikning) farqini aniqlab berdi. 
Ishqalanish faniga asos solgan olim fransuz olimi Sharl Kulon hisoblanadi. Kulon 
sirpanishga karshilik, dumalanib ishqalanishga karshilik, siljishga qarshilik kabi 
ishqalanish turlarining asosiy tushunchalariga birinchilardan bulib ta’rif bergan olimdir. 
Sharl Kulon har xil metallarning, minerallarning va har xil yog‘ochlarning 
sirpanib ishkalanishini o‘rganib Amonton qonunini umumlashtirdi. Bunda u ishkalanish 
kuchining bir qismi yukga bog‘liq emasligini yoki juda ham kam bog‘liqligini ko‘rsatib 
berdi, 
ya’ni: 
F = f • N + А 

Download 376.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling