1-mavzu: ishqalanish va yеyilish fanining prеdmеti
Download 376.02 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tribologiya fanining rivojlanish tarixi
1-mavzu: ISHQALANISH VA YЕYILISH FANINING PRЕDMЕTI. Rеja: 1. Tribologiya (Ishqalanish va yeyilish) asoslari fanining tarixi. 2. Ishqalanish va yeyilish haqida asosiy tushunchalar. Tribologiya fanining rivojlanish tarixi Ishqalanish tabiatini urganishni birinchi bor kadim zamonlarda Aristotel boshlagan edi. Uningcha, xar bir real jismning (bir tekisda) siljishida u tashqi qarshilikka duchor bo‘ladi-ki, bu qarshilikning miqdori uning vazniga (og‘irligiga) bog‘liqdir (Aristotel vazn bilan massaning farqiga bormagan). Lekin Aristotel inersiya xodisasini xali bilmas edi. Chunki u jismning o‘ziga (og‘irligiga) bog‘liq bo‘lgan qarshilik bilan jism harakatidan hosil bo‘ladigan tashqi muhit qarshiligining farqiga tushunib yetolmagan edi. Keyinroq Leonardo da Vinchi ishqalanish sabablarini chuqurroq o‘rganib, o‘zining bu sohadagi ulkan hissasini qushdi. U davrda olimlar va ixtirochilar o‘rtasida betuxtov dvigatel yasash tug‘risidagi tortishuvlar eng avjiga chikdan vaqt edi. Shunda Leonardo da Vinchi beto‘xtov dvigatelni yasash mumkin emasligiga ishqalanish (jarayoni) yul ko‘ymasligini isbotlab berdi va ishqalanish kuchi kuyidagi omillarga: — ishqalanish yuzalarining materialiga; — ishqalanish yuzalariga ishlov berishning sifatiga; —ishqalanish koeffitsienta yuk (nagruzka)ning qiymatiga to‘g‘ri proporsional ekanligini isbotlab berdi. Ishqalanish kuchi mikdorini kamaytirish uchun ishqalanish yuzalari oralig‘iga rolik yoki sharik kuyish kerakligini anikdab berdi. Shunday qilib, Leonardo da Vinchi rolikli va sharikli podshipniklarni ham ixtiro qildi. XVI asr oxirlarida Galiley inersiya krnunini va massa tushunchasini ixtiro kildi. Bu esa mexanika fanida kuyilgan ulkan qadamlardan biri buladi. Galiley erkin jism (bushlikda, ya’ni tashqi karshiliksiz) o`zgarmas kuch ta’sirida bir tekis harakat kdlishini isbotladi. Bu holda harakatlantiruvchi kuch massaga to`g`ri proporsional ekanligini kursatdi. Galiley harakatga qarshilikdan (inersiya turdiradigan harakatga qarshilikdan) tashkoy muxit ta’siridan hosil buladigan karshilikning (tashqi ishqalanish kuchi ta’sirida paydo buladigan qarshilikning) farqini aniqlab berdi. Ishqalanish faniga asos solgan olim fransuz olimi Sharl Kulon hisoblanadi. Kulon sirpanishga karshilik, dumalanib ishqalanishga karshilik, siljishga qarshilik kabi ishqalanish turlarining asosiy tushunchalariga birinchilardan bulib ta’rif bergan olimdir. Sharl Kulon har xil metallarning, minerallarning va har xil yog‘ochlarning sirpanib ishkalanishini o‘rganib Amonton qonunini umumlashtirdi. Bunda u ishkalanish kuchining bir qismi yukga bog‘liq emasligini yoki juda ham kam bog‘liqligini ko‘rsatib berdi, ya’ni: F = f • N + А Download 376.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling