1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi
Ishlarni ishlab chiquvchilar
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning ixtisoslashtirilishi.
Ishlarni ishlab chiquvchilar. LOT tartibi bо‘yicha amalga oshiriladigan
barcha ishlar, yoki korxonaning о‘z kuchi bilan yoki tashqaridan maxsus tashkilotlar bilan birgalikda о‘tkaziladi. Shartnoma asosidagi tashqaridan ishtirok etuvchi tashkilotlar pudratchilar deyiladi; shartnoma tuzayotgan korxona esa - buyurtmachi deyiladi. Ta’mirlash ishlarini ishlab chiqish usullari. Uskunalarning о‘lchamlari, og‘irligi va konstruktiv murakkabligiga qarab amalda ta’mirlash ishlarini turli xil usullarda о‘tkaziladi. Eng takomillashgan usul bu – agregatli usuldir. Uning mohiyati shundaki, bu usulda ta’mirlanayotgan uskuna poydevordan olinib, mexanik ta’mirlash sexiga yuboriladi. Bu usul tannarxni kamaytirishga imkon yaratadi (ayniqsa, mehnat sarfi qismida), shuningdek, texnologik uskunaning ta’mirlashda turib qolishini keskin kamaytiradi. Yirik о‘lchamdagi uskunalarni ta’mirlashda yirik qismli usul qо‘llaniladi. Bunda eskirgan qism yangi, avvaldan yig‘ilgan qism bilan almashtiriladi. Bu usulni qо‘llash faqatgina о‘zaro almashtirishga qat’iy rioya qilingandagina mumkin bо‘ladi. Mukammal uskunalar uchun, shuningdek, yuqorida kо‘rsatilgan ikkala usulni qо‘llashning iloji bо‘lmagan hollarda individual ta’mirlash usuli qо‘llaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, uskunalarning ta’mirlanayotgan uchastkalarini qismlarga ajratilgandan sо‘ng, eskirgan qism va detallar, shu sharoitda kо‘proq qulayroq bо‘lgan texnologiya bо‘yicha qayta tiklanadi. Bunda zaxira qismlarini keng qо‘llanilishi, ta’mirlash muddatini qisqartirishga ishonarli asos hisoblanadi. Ishning ixtisoslashtirilishi. Ta’mirlash ishlarini bajaruvchilarni ixtisoslashtirish – bu ish unumdorligini oshirish uchun eng zarur shartdir. Ixtisoslashtirish – slesarlarning qozon ustalari, takelajchilar, payvandchilar va boshqalar mahoratini oshirish imkonini beradi, ta’mirlash ishlari sifatini yaxshilaydi. Ba’zi yirik ta’mirlash bazalarida tor doiradagi mutaxassislik maqsadga muvofiq deb tan olingan: ishchi faqat bir-ikkita turdagi uskunalar uchun mо‘ljallangan ishlarni bajaradi, masalan faqatgina kompressorlar yoki markazdan qochma nasoslar. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling