1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana10.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1183666
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1-ma\'ruza



1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi 
Uskunalarga qо‘yiladigan asosiy talablar qatoriga quyidagilarni qо‘shish 
mumkin: tо‘liq halokatdan holi bо‘lishlik, ya’ni tasodifan ishdan chiqishni oldini 
olish va texnologik xaritada joriy qilingan parametrlar chegaralarida puxta 
ishlashi. Uskunalarning istalgan konstruktiv xususiyatlarida, hattoki ularni 
tayyorlashda eng yuqori sifatga erishilganda ham, qо‘yiladigan talablar – 
loyihalashtirilgan ta’mirlash deb ataluvchi qat’iy tadbirlarni amalga oshirish yо‘li 
bilangina uzoq muddat davomida qanoatlantirilishi mumkin.
Uskunalarni ta’mirlash loyihaviy-majburiy va loyihaviy-ogohlantiruvchi 
ta’mirlashlarga ajratiladi. Birinchi ikkita kо‘rinish – sanoat va transportning ba’zi 
bir tarmoqlarining alohida uchastkalarida qо‘llaniladi. Loyihaviy – kо‘rikdan 
keyingi ta’mirlash – bu vaqt davomida uskunalarni avvaldan loyihalashtirilgan 
kо‘rigidir. Bu jarayonda ta’mirlash ishlari butun bor hajm bо‘yicha bajariladi. 
Bunday ta’mirlashni olib borish – ajratish-yig‘ish ishlarini bajarish uchun 
qо‘shimcha ishchi kuchi ishlatishni talab qiladi va uskunalarni uzoq muddat 
davomida tо‘xtab turib qolishiga olib keladi. Loyihaviy-standart ta’mirlash 
avvaldan loyihalangan muddatda uskunani tо‘xtashini kо‘zda tutadi va uning 
ta’miri qat’iy yо‘riqnomaga binoan olib boriladi. Shu bilan birgalikda uskunaning 
ba’zi bir detal va qismlari majburan, ya’ni ularning aniq holatidan qat’iy nazar, 
yangisi yoki qayta tiklangani bilan almashtiriladi. Bunday ta’mirlash uskunaning 
yuqori ekspluatasion puxtaligini kafolatlaydi, ammo tannarxi yuqori va 
qilinadigan ishlar hajmi katta. 
Kо‘pgina sanoat korxonalarida, kimyo va neftni qayta ishlash zavodlarida 
loyihaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlash (LOT) tizimi qо‘llaniladi. LOT о‘zida 
avvalgi sanab о‘tilgan ikki tizimdagi afzalliklarni jamlagan: ishlab chiqarishdan 
tashqari turib qolishlarning minimalligi va ishchi kuchi va moddiy sarflar kam 
bо‘lgan sharoitda uskunalarni ekspluatasiya qilinganda yuqori puxtalikka 
erishishi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling