1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi


Korxona ta’mirlash xizmati tarkibi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana10.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1183666
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
1-ma\'ruza

Korxona ta’mirlash xizmati tarkibi. Asosiy texnologik, mexanik va 
transport uskunalari, kommunikasiyalar, bino va inshootlarni ta’mirlash xizmati 
zavod, kombinat yoki ishlab chiqarish birlashmasi bosh mexanigi tomonidan 
boshqariladi. U yana bosh mexanik bо‘limi (BMB) boshlig‘i ham hisoblanadi. 
Uning vazifasiga LOT tizimini amalga oshirish bilan bog‘liq bо‘lgan, uskunalarni 
modernizasiyalash, ishchi kuchi talab qiladigan texnologik va ta’mirlash 
operasiyalarining mexanizasiyasi, ta’mirlash ishlarini ishlab chiqishning tashkiliy 
shakllarini takomillashtirish bilan bog‘liq bо‘lgan barcha savollarni, masalalarni 
yechish kiradi. Kapital qurilish bо‘limi bо‘lmagan kichik zavodlarda bosh 
mexanikka yana joriy asosiy fondlar va yangi qurilish ishlari
ham yuklanadi. Bosh 
mexanik bevosita korxona bosh injeneriga bо‘ysunadi va u bilan ta’mirlash 
muddati, ekspluatasiya tizimi, shuningdek, asosiy fondlar rekonstruksiyasi 
bо‘yicha tadbirlar о‘tkazishni kelishilgan holda bajaradi. 
Bosh mexanikka korxonaning markaziy ta’mirlash bazalari bо‘ysunadi. 
Ta’mirlashning sex rahbariga bо‘ysunadigan texnologik va yordamchi-
qо‘shimcha sexlar uchastkalari yoki bazalari ham texnik nuqtai nazaridan 
BMBga bо‘ysunadi. Uskunalarni ekspluatasiyasi, ta’mirlanishi, zarur bо‘lgan 
hisobga olish va hisobot berish masalalari bо‘yicha BMBning kо‘rsatmalarini, 
tartibli ravishda qonun bо‘yicha korxonaning barcha sexlari va uchastkalari 
bajarishga majburdirlar. 


Texnik nazorat. Zavodlarda asosiy fondlarning texnik holatini va 
ekspluatasiyasini nazorat qilish uchun texnik nazorat bо‘limi ishlab turadi. Bu 
bо‘lim korxona bosh mexanikiga bо‘ysunadi. Texnik nazorat bо‘limi 
uskunalarning, truba quvurlarning, binolarning va hokazolarning maxsus turlari 
bо‘yicha mutaxassislikka ega bо‘lgan injener-texnik ishchilardan tarkib topgan. 
Texnik nazorat asosiy fondlarning (uskunalar, ishlab chiqarish vositalari, 
bino va inshootlar) xavfsiz ekspluatasiyasi va qurilishi bо‘yicha korxonada amal 
qilayotgan qoida va normalarga sо‘zsiz rioya qilishni ta’minlashga asoslanadi. 
Texnik nazorat bо‘limi sistematik va rejalashtirilgan tartibda kо‘riklar 
о‘tkazadi, taftish qiladi, amaldagi uskunalarning sinovlarini va texnik ishlab
turganligini tekshiradi, shuningdek, о‘tkazilgan ta’mirlashning tо‘laqonli va 
tо‘g‘ri bajarilganligini va yangi uskunalarning texnik sharoitlarga mos kelishini 
tekshiradi. Nazoratning yuqori darajada о‘tishi nazorat-о‘lchov asboblari va 
maxsus nazorat laboratoriyalari bilan jihozlanganligiga bog‘liq. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling