1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi


Shponkali va shlisali birikmalar


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana10.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1183666
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-ma\'ruza

Shponkali va shlisali birikmalar. Birikish xarakteriga kо‘ra shponkalar 
klinli va prizmatikalarga bо‘linadi. 
Klinli (chо‘zuvchi) shponkalar ishchi qirrasi uzunligi bо‘ylab katta 
bо‘lmagan engashishga ega (1:100). Ularni birikayotgan detallar orasiga qoqib 
kirgiziladi va shu yо‘l bilan kuchlantirilgan birikma olinadi, bu birikma burovchi 
momentni uzatib bergani kabi, о‘qli yо‘nalishli yuklamani ham uzatib berish 
qobiliyatiga ega. 


 
1.6- rasm. Klinli shponkalar. 
a – kallakli, b – kallaksiz, v – shponka kallagini yopish
uchun qalpoqcha: 1 – qalpoqcha, 2- vint, 3 – shponka. 
Klinli 
shponkalarni 
nisbatan 
kamroq 
aniqlikda 
xarakterlanuvchi 
mashinalarda qо‘llaniladi. Bunga sabab, kiygizish tirqishini tо‘ldirish bilan birga, 
detal о‘qini val о‘qiga nisbatan siljitadi, ya’ni birikayotgan detalning qiyshayishi 
yuzaga keladi. 
Klinli shponkalar kallakli va kallaksiz tayyorlanadi (1.6a,b-rasm). 
Shponkaga kallakni, bо‘laklarga ajratish vaqtida uni qarama-qarshi tomonidan 
urib chiqarib bо‘lmaydigan bо‘lganda о‘rnatiladi. Kallakli shponkani klin 
(zubilo) yordamida chiqarib olinadi. Bu klin detal va kallak oralig‘iga qoqib 
kirgiziladi. Shuning uchun shponka kallagi yig‘ilgan kо‘rinishda detal yon 
yuzasiga hech bо‘lmaganda shponkaning yarim balandligi miqdorida yetmasligi 
kerak. Kallakli shponka о‘rnatilgan ochiq qolgan aylanadigan qismlar havflidir: 
ular xizmat kо‘rsatayotgan xodimlarning kiyimlarini о‘rab ketishi va jarohatga 
olib kelishi mumkin. Bunday holatlarda shponkani qalpoqcha bilan yopish kerak 
(1.6v-rasm). Qalpoqcha detal yon yuzasiga yoki valga mahkamlanlangan bо‘ladi. 
Kallaksiz shponkalar aylana yon yuzasiga (tо‘lg‘azma shponka) va yassi yon 
yuzaga (qoqib kirgizilgan shponka) ega bо‘lishi mumkin. 
Prizmatik shponkalar qotirilgan birikmalarda bо‘lgani kabi sirpanuvchi 
birikmalarda ham tutashtiriluvchi detallarning muqarrar turg‘un va yaxshi 
markazlashishni ta’minlaydi. Sirpanuvchan birikmalarda prizmatik shponka valga 
о‘rnatilgan detal gupchagiga yoki valga vintlar bilan mahkamlangan bо‘lishi 
kerak. Prizmatik shponkalarda pachoqlash deformasiyasi о‘tkaziladigan tor 
qirralar – ishchi bо‘lib hisoblanadi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling