1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi


- rasm. О‘z-о‘zidan buralib chiqarilishni oldini oluvchi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana10.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1183666
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-ma\'ruza

1.3- rasm. О‘z-о‘zidan buralib chiqarilishni oldini oluvchi
vositalar. 
a – tashqi tumshuqli tо‘xtagich shayba; b – ichki va tashqi tumshuqli 
tо‘xtagichli shayba; v – shplintli tojsimon gayka; g – prujinali 
shayba; d – tumshuqli shayba; ye – sozlovchi shayba; j – kontrgayka. 
Prujinali shaybalar: kvadrat kо‘ndalang kesimli pо‘lat simlardan 
tayyorlanadi. О‘z-о‘zidan burab chiqarilishga shaybaning mustahkamligi bois yо‘l 
qо‘yilmaydi, buning natijasida birikma har doim kuchlanish ostida bо‘ladi. 
Tо‘xtagichli shayba ichki va tashqi tumshuqli bо‘ladi. Tumshuq detaldagi 
teshikka tiqiladi, shayba chetini esa, gaykaning qaysidir chetiga burab qо‘yiladi. 
Shaybalarning yana har turli konstruksiyalari ham uchraydi.
Shuni esda tutish kerakki, 250
o
S dan ortiq temperaturada ishlaydigan flanesli 
birikmalar uchun butun uzunligi bо‘ylab yassi kertilgan shpilkalargina 
qо‘llaniladi. Bu holatda boltlarni ishlatish mumkin emas, chunki ularda 
temperaturalar deformasiyasidan kuchlanish, xuddi shu о‘lchamdagi shpilkalarga 
qaraganda 1,4 marta ortiq. Agar yassi kertilishni qо‘llab bо‘lmasa, u holda 
shpilkaning ishchi uchastkasida emas (odatda о‘rtasidan) kertilish chuqurligida 
yо‘niladi (1.2b- rasm). 
Boltlarni, gayka va shpilkalarni qaytarib burash va burash - kо‘p vaqt talab 
etadigan, mehnati og‘ir operasiyadir. Bu maqsadda foydalaniladigan asosiy 
asboblar – bu gaykali kalitlardir (1.4-rasm), ular konstruktiv shakli va ishlatilishi 
sohalariga qarab farqlanadi. 
Oddiy gaykali kalitlar – bitta (bir jag‘li) yoki ikki (ikki jag‘li) gayka yoki 
bolt kallagi о‘lchamida hisoblanadi. Kerakli о‘lchamdagi kalitlar majmuasi 
bо‘lmagan taqdirda universal kalitlardan foydalaniladi, ularni kerakli о‘lchamga 
keltiriladi. Qulay bо‘lmagan joylarda ishlash uchun toresli kalitlar ishlatiladi. 


Chegarali va tarirovkali
kalitlar bolt yoki shpilkaning ruxsat etilgan chegaralardan 
ortiq tortib bog‘lanishini yoki chо‘zilishini oldini oladi. Ular prujina bilan maxsus 
qurilma orqali ta’minlangan bо‘lib, ular, talab etilayotgan chо‘zilish kuchi 
ortganda dastaning siljishini ta’minlaydi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling