1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi


 Loyihaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana10.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1183666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1-ma\'ruza

1.1. Loyihaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi. 
Loyihaviy-ogohlantiruvchi 
ta’mirlash 
tizimi 
deb, 
uskunalarni 
ekspluatasiyaga doimiy tayyor holda ushlashga va halokatlardan ogohlantiruvchi 
holatlarga qaratilgan uskunalarni ta’mirlash, nazorat qilish va ularni kuzatish 
bо‘yicha vaqti-vaqti bilan qat’iy loyihalashtirilgan tadbirlar majmuasiga aytiladi. 
Bu tizim tegishli ishlab chiqarish normativ hujjatlarida kо‘rsatilgan uskunalar 
ekspluatasiyasining sifat kо‘rsatkichlarini ta’minlashi kerak. 


Loyihaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi faqatgina texnologik emas, balki 
yordamchi uskuna, bino va inshootlar, quvur va boshqa kommunikasiyalar
shuningdek, korxona transport vositalariga ham tarqaladi. Boshqacha qilib 
aytganda, LOT tizimi ishlab chiqarish korxonalarini barcha asosiy fondlarini 
(vositalarini) qamrab oladi. 
Barcha kimyo va neftni qayta ishlash zavodlarida ta’mirlash xizmatlari 
uskunalarni ta’mirlash va texnik xizmat kо‘rsatish tizimi va moliyaviy-
ogohlantiruvchi ta’mirlash haqidagi tegishli vazirliklarda tasdiqlangan 
yо‘riqnomalar orqali boshqariladi. Bu hujjatlar bilan bir qatorda korxonalarda 
boshqa, tegishli muassasalarda tasdiqlangan LOT haqidagi yо‘riqnomalardan ham 
foydalaniladi, masalan, yordamchi uskunalarning ventilyasion jihozlari (metall 
qirquvchi dastgohlar, presslar va h.), ishlab chiqarish, uy-joy va umumiy binolar 
va inshootlar, kо‘tarma-transport uskunalari, suv quvurlari, kanalizasiya 
qurilmalari va boshqalar. 
LOT tadbirlari profilaktik xarakterga ega bо‘lib, avvaldan tasdiqlangan 
normativlar asosida yoki ekspluatasiyaning texnik shartlariga asoslangan loyiha 
bо‘yicha bajariladi. 
Loyihaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlash va texnik xizmat kо‘rsatish tizimlari va 
uskunalarni ta’mirlash quyidagilarni nazarda tutadi: uskunalarning tо‘liq xizmat 
qilish muddati davomida о‘tkazilishi kerak bо‘lgan profilaktik tadbirlarning 
tarkibi va yо‘nalishi; ta’mirlash ishlarining mazmuni, yо‘nalishi va davriyligi; 
о‘tkazilayotgan ta’mirlash ishlarini meyoriyligi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling