1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi


Ta’mirlash ishlari hajmini aniqlash


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana10.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1183666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1-ma\'ruza

Ta’mirlash ishlari hajmini aniqlash. Ta’mirlash ishlari hajmi va ularning 
ketma-ketligi uskunalarning konstruktiv va texnologik xususiyatlari va ikkita 
ketma-ket bо‘ladigan ta’mirlash ishlari oralig‘ida uskuna ishlashining aniq 
parametrlari orqali aniqlanadi. Bu omillarning о‘zgarmasligi (bu kimyo va neftni 
qayta ishlash zavodlari uskunalari uchun ehtimoldan holi emas) holatida bir 


nomlangan uskunalar uchun ta’mirlash ishlari hajmidan taxminan о‘zgarmas 
bо‘ladi. Shuning uchun ta’mirlash rejasini tuzishda va sarflanadigan ishchi 
kuchini hisoblashda, ta’mirlashning har bir turini о‘tkazishga ketadigan mehnat 
sarflari normativlarini joy-joyiga qо‘yish zarur. Bunday normativlar LOT 
tо‘g‘risidagi tegishli yо‘riqnomalarda keltiriladi va ularga amal qilish zarurdir. 
Normativlar, ba’zi bir о‘rtacha sharoitda ishlaydigan, umumiy qabul qilingan 
konstruktiv rasmiylashtirilgan uskunalar uchun berilgan ma’lumotlarga ega. 
Normativlarda berilgan ta’mirlash shartlarining о‘rtacha qiymatlari keltirilgan. 
Shuning uchun, har qaysi aniq holatda, berilgan normativ ma’lumotlar shunday 
korxonalarda о‘xshash uskunalar ekspluatasiyasida tо‘plangan tajribalarni hisobga 
olgan holda aniqlanishi kerak. Tashkilotchi-bajaruvchilar bilan о‘zaro hisob-
kitoblarda va ta’mirlash ishlarini narxlarini belgilashda, faqatgina bajarilgan ishlar 
hajmidangina kelib chiqish zarur. 
Korxonada ta’mirlashning amaliy hajmini doimiy kamaytirib borish va turli 
tashkiliy-texnik tadbirlar о‘tkazish yо‘li bilan uskunalarni ta’mirlashda turib 
qolish vaqtini qisqartirish maqsadga muvofiqdir. Ta’mirlash ishlari hajmi 
normativda belgilangandan kam bо‘lgan korxonalarda, faqatgina tajriba 
ma’lumotlari asosida rejalashtirish kerak.
Barcha mutaxassisliklar ishchilariga bо‘lgan talabni hisoblash, uskunalar 
guruhlari bо‘yicha har bir ta’mirlash turi uchun ish tarkibining umumiy ish 
hajmidan foiz hisobida (mehnat sarfi tarkibi) normativlar orqali kо‘rib chiqiladi. 
Bu ma’lumotlar ta’mirlash ishlarini rejalashtirish uchun asos bо‘lib hisoblanadi. 
Butun korxona uchun ta’mirlovchi ishchilarga bо‘lgan umumiy talab, bir yil 
uchun har bir uskuna birligi belgilangan reja bо‘yicha aniq bir son tartibida о‘tishi 
kerak bо‘lgan ta’mirlashning har qanday turlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling