1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana10.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1183666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1-ma\'ruza

1.2. Ta’mirlash tizimi. 
Ta’mirlashning barcha turlari avvaldan belgilangan ketma-ketlikda ma’lum 
bir qayta ishlangan agregat (mashina) – soat sonida bajariladi. Ta’mirlashlararo 
(yoki ta’mirlash) sikli deb, bir kapital ta’mirlashdan keyingi kapital 
ta’mirlashgacha bо‘lgan vaqtga aytiladi. Bu vaqt tarkibiga rejaviy ta’mirlashning 
hamma kо‘rinishlaridagi uskunalarning ishi va turib qolish holatlari ham kiradi. 
Asosiy uskunalarning ta’mirlash siklining davomiyligi kо‘pgina hollarda 
yagona tarmoqli normativlar bilan aniqlanadi. Xuddi shu normativlar orqali ikki 
ketma-ket joriy ta’mirlashlar orasidagi ta’mirlashlararo davr yoki ta’mirlashlararo 
о‘tilgan masofa deb ataladigan davr bilan uskunalarning ishlash davomiyligi 
belgilanadi. Normativdan ruxsat etilgan chetlashish ta’mirlashlararo sikl uchun 
±10% ni, ta’mirlashlararo davr uchun ±15% ni tashkil qiladi. Ruxsat etilgan 
normativdan chetlashish, uskunalar holatini yaxshilab tekshirilgandan keyingina 
mumkin hisoblanadi, bu holda belgilangan shaklda akt tuziladi. 
Normativ natijalari bir konstruksiyadagi uskunaga va uni ekspluatasiya 
qilishning ma’lum bir sharoitlariga tegishlidir. Agar, aniq bir kо‘rib chiqilayotgan 
uskuna ushbu belgilar bilan (muhitning katta agressivligi, nisbatan pishiq ish 
sharoitlari) ajralib tursa, bu uskuna uchun yuqori tashkilotlar orqali tasdiqlangan 
normativlar qabul qilinadi. Joydagi normativlar yana yagona normativga ega 
bо‘lmagan uskunalar uchun ham belgilanadi. Bunda uskunalarning konstruktiv va 
texnologik xususiyatlaridan, uni ekspluatasiya qilish shartlari va mustahkamlikni 
oshiruvchi va uskunaning xizmat muddatini uzaytiruvchi aniq tashkiliy-texnik 
tadbirlardan kelib chiqiladi. 
Normativlar shuningdek, ta’mirlanayotgan uskunalarning, ularning tizimdan 
uzib qо‘yilgan vaqtidan boshlab, to siklga ulanadigan vaqtigacha hisobdan 
chiqarib turilgan uskunalarning tо‘xtab turish vaqti davomiyligini ham nazarda 
tutadi. Texnologik qurilma (sex) ni ta’mirlashda tо‘xtab turish vaqti, bu qurilmani 
(sexni) normal rejimga keltirilguncha bu qurilmaga xom-ashyoni uzatishni 
tо‘xtatilgan vaqtdan boshlab aniqlanadi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling