1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi


 Ta’mirlashni rejalashtirish va tashkil qilish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana10.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1183666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
1-ma\'ruza

1.3. Ta’mirlashni rejalashtirish va tashkil qilish. 
Ta’mirlash jadvallari zavod uskunalarini rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash 
boshqa asosiy fondlarni bо‘lgani kabi (bino, inshootlar, yо‘llar) avvaldan tuzilgan 
va tasdiqlangan rejaga qat’iy amal qilingan holda amalga oshiriladi. Bu reja 
tuzilishi va tarkibiga binoan har xil korxonalar uchun turlicha bо‘lishi mumkin. 
Lekin, bitta korxona ichida barcha uchastkalar uchun bir xil bо‘ladi. 
Ta’mirlashning umumiy rejasini tuzishda yillik rejalar va texnologik 
qurilmalarni yoki alohida uskunalarni rejaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlash grafiklari 
asosiy boshlang‘ich hujjat hisoblanadi. Reja va grafiklar, ta’mirlash normativlari 
va ishlab chiqarish rejasiga qat’iy amal qilingan holda, shuningdek, ta’mirlash 
xizmati kuch va vositalarining imkoniyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. 


Ta’mirlashlararo sikl tarkibi, ta’mirlashlararo oraliq va uskunalarning 
ta’mirlashda turib qolish davomiyligi ta’mirlash normativi orqali aniqlanadi. 
Kapital ta’mirlash jadvali loyihasi ta’mirlash ishlarida shartnoma boshidan 
ishtirok etishi kerak bо‘lgan barcha tashkilotlar bilan avvaldan kelishiladi. 
Ta’mirlash ishlari qaydnomalari. Ta’mirlashga tayyorlanish va uni qisqa 
muddatlarda о‘tkazish uchun ta’mirlash ishlarini olib boruvchilar о‘z oldilariga 
qо‘ygan vazifalarini barcha ikir-chikirlarini va ta’mirlash ishlari hajmini bilishlari 
kerak. Shuning uchun ish boshlashdan oldin, qaydnomalar tuzilishi kerak, bu 
qaydnomalarda ushbu rejaviy ta’mirlashda tegishli bо‘lgan barcha ishlar har bir 
detali sanab о‘tiladi. Bu qaydnomalarning tuzilishi har xil bо‘lishi mumkin, lekin 
ular talab etilayotgan ishchi kuchini tо‘g‘ri aniqlash uchun zarur bо‘lgan material 
va zahira qismlari, shuningdek, barcha ta’mirlashning narxi, shu jumladan uning 
alohida elementlari narxi haqida ma’lumotga ega bо‘lishi shart. 
Ta’mirlash ishlaridan tashqari, qaydnomalarga, mehnat sharoitlarini 
yaxshilashga qaratilgan (texnika xavfsizligi bо‘yicha nomenklatura ishlari), ishlab 
chiqarish uchun zaruriy bо‘lgan ishlar (kommunikasiyalarni mayda almashlab 
ushlash, konstruktiv о‘zgarishlar va h.), shuningdek, texnologik qurilmani qisman 
modernizasiyalashdagi yoki aniq uskunani butunlay modernizasiyalashdagi 
(eskisini yangisi bilan almashtirish) ishlar ham kiritilishi mumkin. 
Ta’mirlash ishlari qaydnomasini (nuqsonlar qaydnomasi) о‘z vaqtida 
bajarilishi talab etiladigan hujjat deb hisoblab bо‘lmaydi. Ta’mirlanayotgan 
uskunani diqqat bilan kо‘rikdan о‘tkazilganda, qismlarga ajratilganda va ochib 
tashlanganda qaydnomada kо‘zda tutilmagan yangi nuqsonlar ayon bо‘lishi 
mumkin, yoki aksincha kо‘zda tutilgan nuqsonlar ishtirok etmayotgan bо‘lishi 
mumkin. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling