1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi


Ishlarni ishlab chiquvchilar


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana10.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1183666
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
1-ma\'ruza

Ishlarni ishlab chiquvchilar. LOT tartibi bо‘yicha amalga oshiriladigan 
barcha ishlar, yoki korxonaning о‘z kuchi bilan yoki tashqaridan maxsus 
tashkilotlar bilan birgalikda о‘tkaziladi. Shartnoma asosidagi tashqaridan ishtirok 
etuvchi tashkilotlar pudratchilar deyiladi; shartnoma tuzayotgan korxona esa - 
buyurtmachi deyiladi. 
Ta’mirlash ishlarini ishlab chiqish usullari.
Uskunalarning о‘lchamlari, og‘irligi va konstruktiv murakkabligiga qarab 
amalda ta’mirlash ishlarini turli xil usullarda о‘tkaziladi. 
Eng takomillashgan usul bu – agregatli usuldir. Uning mohiyati shundaki, bu 
usulda ta’mirlanayotgan uskuna poydevordan olinib, mexanik ta’mirlash sexiga 
yuboriladi. Bu usul tannarxni kamaytirishga imkon yaratadi (ayniqsa, mehnat sarfi 
qismida), shuningdek, texnologik uskunaning ta’mirlashda turib qolishini keskin 
kamaytiradi. 


Yirik о‘lchamdagi uskunalarni ta’mirlashda yirik qismli usul qо‘llaniladi. 
Bunda eskirgan qism yangi, avvaldan yig‘ilgan qism bilan almashtiriladi. Bu 
usulni qо‘llash faqatgina о‘zaro almashtirishga qat’iy rioya qilingandagina 
mumkin bо‘ladi. 
Mukammal uskunalar uchun, shuningdek, yuqorida kо‘rsatilgan ikkala usulni 
qо‘llashning iloji bо‘lmagan hollarda individual ta’mirlash usuli qо‘llaniladi. Bu 
usulning 
mohiyati 
shundan 
iboratki, 
uskunalarning 
ta’mirlanayotgan 
uchastkalarini qismlarga ajratilgandan sо‘ng, eskirgan qism va detallar, shu 
sharoitda kо‘proq qulayroq bо‘lgan texnologiya bо‘yicha qayta tiklanadi. Bunda 
zaxira qismlarini keng qо‘llanilishi, ta’mirlash muddatini qisqartirishga ishonarli 
asos hisoblanadi. 
Ishning 
ixtisoslashtirilishi. 
Ta’mirlash 
ishlarini 
bajaruvchilarni 
ixtisoslashtirish – bu ish unumdorligini oshirish uchun eng zarur shartdir. 
Ixtisoslashtirish – slesarlarning qozon ustalari, takelajchilar, payvandchilar va 
boshqalar mahoratini oshirish imkonini beradi, ta’mirlash ishlari sifatini 
yaxshilaydi. Ba’zi yirik ta’mirlash bazalarida tor doiradagi mutaxassislik 
maqsadga muvofiq deb tan olingan: ishchi faqat bir-ikkita turdagi uskunalar 
uchun mо‘ljallangan ishlarni bajaradi, masalan faqatgina kompressorlar yoki 
markazdan qochma nasoslar. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling