1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana10.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1183666
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-ma\'ruza

1.1- rasm. Boltlar. 
a – oddiy; b – mas’uliyatli konstruksiyalar uchun;
1 – mustahkamlovchi vtulka; 2,3 – bо‘shatuvchi elementlar; 
4 – cheklagichli kallak; 5 – tojsimon gayka; 6 – burt. 
1.2-rasmda oddiy va bir necha maxsus shpilkalarning konstruksiyalari 
keltirilgan. Yig‘ish vaqtida о‘z-о‘zidan burab chiqishga yо‘l qо‘ymaslik uchun, 
shpilkani teshikgacha kirishiga alohida e’tibor berish zarur. Shpilkani teshikgacha 
kiydirishning quyidagi kо‘rinishlari mavjud: 1 – rezbaning qochishi bо‘yicha 
(shpilka, undagi bor rezbaning oxirigacha buraladi); 2 – о‘rta diametr bо‘ylab 
taranglash yordamida (taranglash qiymati 0,01-0,06 mm chegaralarida); 3 – burt 
yordamida (shpilka qandaydir kuch bilan burtga cheklagichigacha buraladi); 4 – 
teshik ostida cheklagich bilan (shpilka teshik ostiga cheklagichgacha buraladi). 


1.2- rasm. Shpilkalar. 
a – oddiy, rezbaning oxirigacha aylantiriladigan; 
b – о‘rta qismida yо‘nilgan chuqurchali;
v,g – maxsus; d – burtli. 
О‘z-о‘zidan buralib chiqish va uning oldini olish vositalari: rezbali 
birikmalar о‘zgaruvchan va dinamik yuklamalar ta’siridan о‘z-о‘zidan buralib 
chiqib qolishi mumkin. О‘z-о‘zidan buralib chiqish oldini olish uchun maxsus 
vositalar qо‘llaniladi. Ushbu vositalarni yig‘ish vaqtida qat’iy nazorat qilish 
lozim. Kо‘pincha, kontrgaykalar, tojsimon gaykalar, prujinali va tо‘xtatgich 
shaybalar ishlatiladi (1.3- rasm).
Kontrgayka – rezbada qо‘shimcha ishqalanish kuchini yuzaga keltiradi, bu 
esa о‘z-о‘zidan burab chiqarilishni oldini olish imkonini beradi. Kontrgayka 
kichik kuch bilan tortiladi. 
Tojsimon gayka – 6-10 ta qirqimli bо‘lib, ularga ajraluvchi shplint kiradi va 
shplint bolt yoki shpilka teshigiga kiygiziladi. Gohida oddiy shakldagi gayka 
qirqimli qilib yasaladi (bunday holatda u katta balandlikka ega bо‘ladi). 
Shplint – yarim aylana simdan yasalgan, egilgan sterjen bо‘lib, rezbada 
tojsimon gaykaning aylanishiga halaqit beradi. Uni teshiklarga bolg‘a bilan 
cheklagichlar
yengilgina urish bilan о‘rnatiladi. Shundan keyin shplintning chiqib 
qolgan uchlarini tomonlarga ajratilib gaykaning chekka yuzalariga zichlab qisib 
qо‘yiladi. Ixtiyoriy о‘lchamdagi shplintlarni qо‘llab bо‘lmaydi: ularning uzunligi 
va diametri о‘sha teshiklarga mos kelishi kerak. 



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling