1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi
Zahira qismlari saroyini tashkil qilish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
Zahira qismlari saroyini tashkil qilish. Qisqa muddatlarda sifatli va о‘z
vaqtida ta’mirlashni о‘tkazishga yetarli darajada zaxira qismlarga va ta’mirlash materiallarga ega bо‘lgandagina erishish mumkin. Faqat, ularning ortiqcha miqdorda uzoq vaqt davomida saqlanishi, korxonaning aylanma vositalarining tо‘xtatib qо‘yilishiga va korxona texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun, zahira qismlar va materiallarining ta’mirlash ishlarini uzluksiz ta’minotini muhofazalovchi minimal miqdorini aniqlash masalalarini aniq yechish talab etiladi. Zahira qismlarni tejab ishlatish, shuningdek, yana qayta ishlatish maqsadida almashtirilgan qismlarni qayta tiklashni qattiq nazorat qilish juda muhimdir. Faqat, bunday holatlarda zahira qismlarini nominal darajada mо‘tadillash va ta’mirlashning umumiy narxini kamaytirish mumkin. Uskunalarni ta’mirlashga tayyorlash kimyo va neftni qayta ishlash zavodlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Bu zavodlarda portlash va yong‘in xavfliligi va zaharli moddalar bilan ishlash yaqqol kо‘rinadigan omil hisoblanadi. Shuning uchun ta’mirlashga tayyorlanish bо‘yicha о‘tkaziladigan tadbirlar tarkibi va ketma-ketligi uskunalarni texnologik kartada о‘rnatish yoki har bir uskunani ekspluatasiya qilish bо‘yicha yо‘riqnomalarida muhokama qilinadi. Kartalarni tuzish vaqtida uskunaga yoki tizimga tо‘ldirilgan muhit xossalariga, uskuna о‘lchamlariga, shuningdek, tanlangan ta’mirlash turiga ahamiyat beriladi. Uskunani tо‘xtatish, uni sistemadan uzish va ta’mirlashga tayyorlashni texnologik personal (apparatchi, operator) amalga oshiradi. Tо‘xtatish vaqtida temperatura, bosim va yuklamaning keskin о‘zgarishi uskunaning jiddiy ishdan chiqishiga olib keladi. Shuning uchun yirik uskunalarning yoki texnologik obyektlarning tо‘xtatilishini uchastka (о‘rnatilish, blok, sex) boshlig‘i boshqaradi. Tо‘xtatilgan uskunalarni tо‘ldirib turgan muhitdan bо‘shatiladi, bunda о‘zi oqib ketishi uchun drenajlar, bug‘ va havo orqali puflab tozalash, suv bilan yuvish va hokazolardan foydalaniladi. Shundan sо‘ng, uskunalarni tizimidan ishonarli uzib qо‘yiladi, bu vaqtda ochib-yopiladigan armaturalarda va ulardan keyin, shovqinni yutuvchi flanesli birikmalarda о‘rnatiladi. Shovqinni sо‘ndiruvchilar raqamlar bilan belgilangan yaxshi kо‘rinadigan qilib yozib qо‘yilishi shart. Har bir о‘rnatilgan shovqinni sо‘ndiruvchini ish smenasi jurnalida qayd qilinadi. Bu jurnalda uning о‘rnatilgan va olib tashlangan sanalari, hamda bajaruvchining ismi- sharifi kо‘rsatiladi. Shovqin sо‘ndiruvchilarni navbatchi slesarlar qо‘yadilar, katta hajmdagi ishlar olib borilayotgan vaqtda esa, zavodning ta’mirlash bazasi tomonidan ajratilgan slesarlar bajaradilar. Uskunalarni keyingi tayyorlanishi ularning konstruktiv xossalariga, aniq sharoitlarga va talab etilayotgan ta’mirlash xarakteriga bog‘liq. Bu tayyorgarlik о‘z ichiga yuvish va bug‘latishni, tartib bilan keladigan takrorlanishlarning aniq soni, maxsus reagentlarni ishlatish va hokazolarni oladi. Texnologik xizmat ta’mirlash ishlarini bajaruvchilarga uskunalarni tayyorligini kafolatlovchi rasmiy hujjat beradi. Uskunani kapital ta’mirlash vaqtida aniq bir shakldagi dalolatnoma tuziladi. Unda uskuna va kommunikasiyalarni ta’mirlashga tayyorligi ta’kidlanadi va ta’mirlash vaqtida xavfsizlikni ta’minlashning asosiy choralari aytib о‘tiladi. Uskunalarni о‘z vaqtida ta’mirlashga topshirish va tayyorlash vazifasi ishlab chiqarish sexi boshlig‘iga yuklatiladi. Uskunaning о‘zida yoki u о‘rnatilgan hududda payvandlash va boshqa olovli-о‘tli ishlar olib borish uchun yozma ruxsat, tasdiqlangan shaklga asosan tuziladi. Zavod bosh injeneri (sex boshlig‘i) tomonidan imzolangan bunday ruxsatnoma yong‘in xavfsizligi vakili tomonidan imzo qо‘yilib, bu vakil ish boshlangunga qadar va ish davomida rasmiylashtirilgan ruxsatnomada va korxonaning umumiy texnika xavfsizligi qoidalarida aytib о‘tilgan barcha amallarga qat’iy rioya qilinishini tekshiradi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling