1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tortib bog‘lash kuchlanishi.
Rezbali
birikmalar. Rezbali birikmalar mashina va qurilmalar konstruksiyalaridagi ajratgich birikmalarning keng tarqalgan turi hisoblanadi. Shuning uchun ular zimmasiga yig‘ish va qismlarga ajratishning asosiy bо‘limlari yuklanadi. Kimyo va neftni qayta ishlash zavodlarining uskunalarida asosan silindrik rezbali birikmalar qо‘llaniladi, ular mahkamlash rezbali va maxsus rezbali birikmalarga bо‘linadi. Mahkamlash rezbalariga – asosiy va mayda rezbalar kiradi, maxsus rezbalarga – trubali, trapesiyali, tо‘g‘riburchakli, tayanchli, dumaloq va h. kiradi. Rezbali birikmalar tashqi, ichki va о‘rta rezba diametrlari, rezba qadami, rezba profili va uni hosil qiluvchi burchaklari, profilining ishchi balandligi (juft profillar bir-biriga tegib turgan tomonlarining radial о‘lchangan eng katta balandligi), vint chizig‘ining kо‘tarilish burchagi, burab ajratish uzunligi (ya’ni, bо‘ylama о‘qli о‘lchangan tutashuvchi detallarning bir-biriga tegib turgan yuzasi uzunligi) va boshqa о‘lchamlar bilan xarakterlanadi. Rezbali birikmalar barcha о‘lchamlarga belgilab qо‘yilgan joizlikka qat’iy rioya qilingan holda tayyorlanishi kerak. Mas’uliyatli mashina va qurilmalar pasportlarida yoki yо‘riqnomalarida montaj va demontajning xususiyatlari kо‘rsatilishi shart. Shuningdek, rezbali birikmalarni tortib bog‘lash kuchlanishi haqida ma’lumotlar ham kо‘rsatilishi shart. Tortib bog‘lash kuchlanishi. Biriktirilayotgan detallarning tutashuvchi yuzalaridagi rezbali birikmalarni tortib bog‘lashda, birikmalarning germetikligini va zichligini ta’minlovchi, minimal bosim yuzaga keltirilishi kerak. Normal tortib bog‘lash rezbali birikmaning kuchlanishiga ta’sir etayotgan asosiy о‘zgaruvchan kuchlanish ta’sirini kamaytirishni ta’minlab berishi kerak. Kattaligi bо‘yicha о‘zgaruvchan kuchlar bilan yuklangan rezbali birikmalarni, tashqi yuklamadan birmuncha yuqoriroq bо‘lgan kattalikkacha tortib bog‘lash kerak. Tortib bog‘lash kuchlanishini quyidagi formula bо‘yicha hisoblanadi: о К 3 (1.1) bu yerda σ 3 - tortib bog‘lash kuchlanishi, MPa; σ o =P/F – tashqi yuklama ta’sirida hosil bо‘lgan rezbadagi nominal kuchlanish, MPa; R – boltni chо‘zuvchi ichki kuch, MN; F=πd 1 2 /4 – rezba bо‘ylab kо‘ndalang kesim maydoni, m 2 ; K – birikma konsentrasiyasiga bog‘liq bо‘lgan (yumshoq qistirmali flanesli birikmalar uchun K=1,3-2,5; pо‘lat, shakldor qistirma uchun K=2-3,5; pо‘lat yassi qistirma uchun K=3-5) tortib bog‘lash koeffisiyenti. Tortib bog‘lash kuchlanishi ba’zi chegaralardan ortmasligi kerak, bu chegaralar quyidagi nisbatdan aniqlanadi т з d kP 8 , 0 4 2 1 (1.2.) bu yerda σ t – material oquvchanlik chegarasi, MPa. Yig‘ish vaqtida tortib bog‘lash kuchlanishi tortib bog‘lash momenti orqali yuzaga keltiriladi, u gaykali kalit sopining uzunligi bо‘yicha va unga berilayotgan kuch bо‘yicha aniqlanadi. Asosiy metrli rezbali bolt va shpilkalar uchun joiz bо‘lgan tortib bog‘lash momentining Т 4 , 0 3 shartidan topilgan taxminiy qiymatlari 1-1-jadvalda keltirilgan. 1-1 jadval Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling