1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi
- rasm. О‘z-о‘zidan buralib chiqarilishni oldini oluvchi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prujinali shaybalar
1.3- rasm. О‘z-о‘zidan buralib chiqarilishni oldini oluvchi
vositalar. a – tashqi tumshuqli tо‘xtagich shayba; b – ichki va tashqi tumshuqli tо‘xtagichli shayba; v – shplintli tojsimon gayka; g – prujinali shayba; d – tumshuqli shayba; ye – sozlovchi shayba; j – kontrgayka. Prujinali shaybalar: kvadrat kо‘ndalang kesimli pо‘lat simlardan tayyorlanadi. О‘z-о‘zidan burab chiqarilishga shaybaning mustahkamligi bois yо‘l qо‘yilmaydi, buning natijasida birikma har doim kuchlanish ostida bо‘ladi. Tо‘xtagichli shayba ichki va tashqi tumshuqli bо‘ladi. Tumshuq detaldagi teshikka tiqiladi, shayba chetini esa, gaykaning qaysidir chetiga burab qо‘yiladi. Shaybalarning yana har turli konstruksiyalari ham uchraydi. Shuni esda tutish kerakki, 250 o S dan ortiq temperaturada ishlaydigan flanesli birikmalar uchun butun uzunligi bо‘ylab yassi kertilgan shpilkalargina qо‘llaniladi. Bu holatda boltlarni ishlatish mumkin emas, chunki ularda temperaturalar deformasiyasidan kuchlanish, xuddi shu о‘lchamdagi shpilkalarga qaraganda 1,4 marta ortiq. Agar yassi kertilishni qо‘llab bо‘lmasa, u holda shpilkaning ishchi uchastkasida emas (odatda о‘rtasidan) kertilish chuqurligida yо‘niladi (1.2b- rasm). Boltlarni, gayka va shpilkalarni qaytarib burash va burash - kо‘p vaqt talab etadigan, mehnati og‘ir operasiyadir. Bu maqsadda foydalaniladigan asosiy asboblar – bu gaykali kalitlardir (1.4-rasm), ular konstruktiv shakli va ishlatilishi sohalariga qarab farqlanadi. Oddiy gaykali kalitlar – bitta (bir jag‘li) yoki ikki (ikki jag‘li) gayka yoki bolt kallagi о‘lchamida hisoblanadi. Kerakli о‘lchamdagi kalitlar majmuasi bо‘lmagan taqdirda universal kalitlardan foydalaniladi, ularni kerakli о‘lchamga keltiriladi. Qulay bо‘lmagan joylarda ishlash uchun toresli kalitlar ishlatiladi. Chegarali va tarirovkali kalitlar bolt yoki shpilkaning ruxsat etilgan chegaralardan ortiq tortib bog‘lanishini yoki chо‘zilishini oldini oladi. Ular prujina bilan maxsus qurilma orqali ta’minlangan bо‘lib, ular, talab etilayotgan chо‘zilish kuchi ortganda dastaning siljishini ta’minlaydi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling