1-Mavzu: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi
Shponkali va shlisali birikmalar
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
Shponkali va shlisali birikmalar. Birikish xarakteriga kо‘ra shponkalar
klinli va prizmatikalarga bо‘linadi. Klinli (chо‘zuvchi) shponkalar ishchi qirrasi uzunligi bо‘ylab katta bо‘lmagan engashishga ega (1:100). Ularni birikayotgan detallar orasiga qoqib kirgiziladi va shu yо‘l bilan kuchlantirilgan birikma olinadi, bu birikma burovchi momentni uzatib bergani kabi, о‘qli yо‘nalishli yuklamani ham uzatib berish qobiliyatiga ega. 1.6- rasm. Klinli shponkalar. a – kallakli, b – kallaksiz, v – shponka kallagini yopish uchun qalpoqcha: 1 – qalpoqcha, 2- vint, 3 – shponka. Klinli shponkalarni nisbatan kamroq aniqlikda xarakterlanuvchi mashinalarda qо‘llaniladi. Bunga sabab, kiygizish tirqishini tо‘ldirish bilan birga, detal о‘qini val о‘qiga nisbatan siljitadi, ya’ni birikayotgan detalning qiyshayishi yuzaga keladi. Klinli shponkalar kallakli va kallaksiz tayyorlanadi (1.6a,b-rasm). Shponkaga kallakni, bо‘laklarga ajratish vaqtida uni qarama-qarshi tomonidan urib chiqarib bо‘lmaydigan bо‘lganda о‘rnatiladi. Kallakli shponkani klin (zubilo) yordamida chiqarib olinadi. Bu klin detal va kallak oralig‘iga qoqib kirgiziladi. Shuning uchun shponka kallagi yig‘ilgan kо‘rinishda detal yon yuzasiga hech bо‘lmaganda shponkaning yarim balandligi miqdorida yetmasligi kerak. Kallakli shponka о‘rnatilgan ochiq qolgan aylanadigan qismlar havflidir: ular xizmat kо‘rsatayotgan xodimlarning kiyimlarini о‘rab ketishi va jarohatga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarda shponkani qalpoqcha bilan yopish kerak (1.6v-rasm). Qalpoqcha detal yon yuzasiga yoki valga mahkamlanlangan bо‘ladi. Kallaksiz shponkalar aylana yon yuzasiga (tо‘lg‘azma shponka) va yassi yon yuzaga (qoqib kirgizilgan shponka) ega bо‘lishi mumkin. Prizmatik shponkalar qotirilgan birikmalarda bо‘lgani kabi sirpanuvchi birikmalarda ham tutashtiriluvchi detallarning muqarrar turg‘un va yaxshi markazlashishni ta’minlaydi. Sirpanuvchan birikmalarda prizmatik shponka valga о‘rnatilgan detal gupchagiga yoki valga vintlar bilan mahkamlangan bо‘lishi kerak. Prizmatik shponkalarda pachoqlash deformasiyasi о‘tkaziladigan tor qirralar – ishchi bо‘lib hisoblanadi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling