1-mavzu: Jismoniy rivojlanishni nazorat qilish va sport tibbiyoti predmetining maqsad va vazifalari
Download 249.73 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyida sport tibbiyotining vujudga kelishi va rivoj topishiga oid ma’lumotlar xronologik tarzda keltirilgan
2. Sport tibbiyotining rivoji
Mazkur masalani ikki nuqtai nazardan ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki sobiq ittifoq parchalanib ketgach, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lg a kiritdi va shu davrdan boshlab Respublikamizning fizkultura va sport ishlarida shiddatli jarayonlar yuz berdi. Oqibatda, ilgari deyarli dunyo miqyosida tanilmagan O’zbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari ichida katta odimlar bilan dunyo ahliga tanildi. Aytilganlarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida sport tibbiyoti fanini rivojini katta, ikkita davrga bo’lib o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi: 1. Sobiq ittifoq davrida O ‘zbekistonda sport tibbiyotining rivoji; 2. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida sport tibbiyotining taraqqiyoti. Sobiq sovet mamlakatida aholini jismoniy jihatdan tarbiyalanishning yangi tizimining aytarli darajadagi sog’lomlashtirish bo’yicha yo’nalishi, tibbiyotning yangi sohasini - jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarning salomatligini shifokor tomonidan nazorat qilishni vujudga keltirdi va uni rivoj topishini ta’minladi. Tibbiyotning ushbu yo’nalishi ahamiyati to’g’risida ilk bor sog’liqni saqlash bo’yicha taniqli olim N.A. Semashko so’zlarida ochiq-oydin o’z ifodasini topgan. Shunga ko’ra, mamlakatimiz mehnatkashlarining salomatligini sog’lomlashtirish uchun jismoniy tarbiya va sportga oid vositalarni to’g’ri ishlatilishini ta’minlovchi davlat tizimi tariqasida ko’riladi. Shifokor nazoratini boshqarish, tibbiy xodimlarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, sog’liqni saqlash tashkilotlariga yuklatilgan. Quyida sport tibbiyotining vujudga kelishi va rivoj topishiga oid ma’lumotlar xronologik tarzda keltirilgan: 1) 1920-yillarda shifokorlar nazorati xonalari dastlab, Davlat jismoniy tarbiya Markaziy instituti va Bosh harbiy jismoniy tarbiya institutida tashkil etildi; 2) Sport tibbiyotining nazariy asoslari P.F.Lesgaft va V.V.Gorinevskiylarning mehnatlari evaziga vujudga keldi; 3) 1923-yili P.F.Lesgaft mazkur institutning ilmiy-tibbiy bo’limini va keyinchalik esa, 1- ilmiy nazorat kafedrasini boshqardi; 4) 1928-yili I Umumittifoq spartakiadasida sportchilarda ommaviy nazorat o’tkazildi va natijada jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga ko‘rsatmalar va moneliklar, turli sport turlarida optimal yuklamalar aniqlanilib, odam tanasiga jismoniy mashqlarni ta’sirini hisobga olish, baholash jadvallari va standartlar ilk bor ishlab chiqildi; 5) 1925-yili V.V.Gorinevskiy va G.K.Berzinlarning «Shifokor nazorati bo‘yicha boshqaruv» qo’llanmasi chop etildi. Keyingi yillarda esa, birinchi holatlar - qoidalar, yo’riqnoma, uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqildi; 6) 1930-yili shifokor nazorati va sanitariya nazoratlari tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joylar ustidan boshqarishni sog’liqni saqlash tashkilotlariga yuklatilganligi haqida maxsus qaror qabul qilindi; 7) 1931-yili Shifokorlar malakasini oshirish Markaziy institutida B.A.Ivanovskiy boshchiligida jismoniy tarbiya instituti tashkil etilib, shifokor nazorati bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash jarayoni boshlandi. Keyinchalik shifokor nazorati sobiq sovet jismoniy tarbiya rivojining tutgan yo’li va talabiga binoan amalga osha bordi. Bu borada shifokor nazoratini tashkil etish jarayonida Z.P.Solovyov, B.A.Ivanovskiy, V.E.Ignatev va boshqalaming hissasi katta bo’ldi; 8) Sobiq ittifoq bo’ylab «Vatan va mehnat himoyasiga bo’l tayyor!» majmuasini tatbiq etish, sport tibbiyotining rivojlanishi uchun jiddiy turtki bo‘ldi; 9) 1940-yilning boshlaridayoq ko‘ngilli sport jamiyatlarida (DSO), sport inshootlari, o‘quv muassasalarida shifokor nazorati xonalarining keng ko’lamdagi tizimlari, Moskva, Leningrad, Xarkov va Tbilisidagi sport jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqot institutlari tarkibida shifokor nazorati bo‘limlari, tahlilxona va kafedralar ochildi; 10) jismoniy tarbiya va sportning tibbiy muammolari bo’yicha, ilmiy-tadqiqot natijalari va ommaviy adabiyotlar keng ko’lamda nashr etila boshlandi. Xodimlarni tayyorlashning tashkiliy ishlari olib borildi; 11) yangi bilimlar sohasining rivoji bo’yicha, ayniqsa katta ulush Markaziy ilmiy-tadqiqot jismoniy tarbiya institutining (SNIIFK) shifokor nazorati tahlilxonasining S.P.Letunov boshchiligidagi xodimlar guruhi tomonidan alohida hissa kiritildi; 12) S.P.Letunov - «Zamonaviy sport tibbiyotining asoschisi», deb hisoblangan, chunki u ilk bor ushbu yo‘nalishni alohida fan tarzida nazarda tutgan holda, uning vazifalarini belgilab, uslubiy asoslarini, tadqiqotlar yo‘nalishini asoslab berdi; 13) S.P.Letunov rahbarligida shifokor-pedagogik nazoratning majmuaviy uslubining poydevori yaratilgan, mashqiy chiniqqanlikning tashxisining tamoyillari amaliyotga kiritilgan, yoshga ko‘ra, shifokor nazoratini ishlab chiqish va malakali sportchilar ustidan nazorat boshlangan; 14) 1949-yili Markaziy ilmiy-tadqiqot jismoniy tarbiya institutining shifokor nazorati tahlilxonasida «Sog’lom odamning klinikasi» ilk bor tashkil etilgan. Bu paytlarda shifokor nazoratining rivojida massaj maktabi, sog’lomlashtirish va davo jismoniy tarbiya maktabining asoschisi I.M.Sarkizov-Sorazini, fiziologlar A.N.Krestnikov, E.K.Jukov, N.V. Zimkin va boshqalar katta ahamiyat kasb etishdi; 15) 1946-yili sobiq ittifoq Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport ishlari bo‘yicha Butunittifoq qo‘mitasi qoshida ilk marta shifokor nazoratining Ittifoq seksiyasi bo’limi tashkil etildi va u keyinchalik sobiq ittifoq sport tibbiyoti Federatsiyasiga aylantirildi; 16) 1951-yili shifokor-jismoniy tarbiya dispanserlari tashkil etildi. Ushbu yangi turdagi muassasa kasalliklarni oldini olish va davolashga doir vazifalarni birlashtirdi. Oqibatda, shifokor nazorati va jismoniy tarbiya hamda sportni yuqori pog‘onaga ko‘tarib, mazkur ishga yangi xodimlarni jalb qilish, ular malakasini muntazam ravishda oshirish, amaliyotga ilmiy-tadqiqot natijalarini kiritish imkoni yaratildi; 17) 1952-yili sport tibbiyoti Federatsiyasi Xalqaro sport tibbiyoti Federatsiyasiga a’zo bo’ldi (FIMS); 18) sobiq ittifoq sportchilarini olimpiya harakatiga a’zo bo’lishi va ularni birinchi marta Olimpiya o’yinlarida ishtirok etishi (1951-yili Xelsinikida) sportning tibbiyot muammolariga taalluqli ilmiy-tadqiqot ishlarining keng ko’lamda boshlab yuborishga, shifokor nazoratini qayta qurollanishiga, bosh sportchilarni tibbiy jihatdan ta’minlanishi yangi shakllarni ishlab chiqishga imkon yaratdi; 19) keyinchalik tibbiy xodimlar sportchilarni barcha Olimpiya o’yinlariga tayyorlash jarayonida faol ishtirok etishdi. Uning har bir bosqichi, tibbiyot oldiga yangi masalalarni (vazifalarni) va talablarni qo’ydi. Shifokor nazorati bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar ko’pgina muhim masalalarni yechishga jiddiy hissa qo’shdi. (6-ta). Ular quyidagilardan iborat; 1) tanlov va qaysi sport turiga nisbatan qiziqish-intilish-moyillik bildirish; 2) iqlim sharoitlariga moslashuv; 3) yosh sportchilarni tayyorlash; 4) sport qobiliyatini qayta tiklovchi va uni ko’taruvchi vositalarni ishlab chiqish; 5) doping va boshqa illatlar bilan kurashish; 6) majmuaviy nazorat tizimi va usullarni ishlab chiqish; Asta sekinlik bilan ilmiy-tadqiqotchilar va xodimlarni tayyorlash poydevori kengaya bordi. 20) 1960-yili mamlakatda - Tartu universitetida ilk marta sport shifokorlarini tayyorlash bo’limi ochildi; 21) 1967-yili Gsolifkda sport kardiologiyasi tahlilxonasi tashkil qilindi; 22) 1969-yiIi Gsolifkda birinchi marta sport tibbiyoti kafedrasi ochildi; 23) 1970-yilning boshlarida shifokor nazorati, vazifalarni kengayishi sababli, «SPORT TIBBIYOTI» degan yangi nom bilan atala boshlandi; 24) 197l-yili sobiq ittifoq Sog’liqni saqlash vazirligining ilmiy tadqiqot institutida (NIIMZ), tibbiyot fanlari akademiyasi va pedagogika fanlar akademiyasida qator guruh va tahlilxonalar tashkil etildi; 25) VNIFda ochilgan sport tibbiyoti bo’limidan tashqari, qo‘shimcha ravishda maxsuslashtirilgan tahlilxonalar jumladan, dopingga qarshi tashkil qilindi. 26) 1986-yili sportning tibbiy-biologik muammolari bo’yicha Markaziy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyat ko’rsata boshladi. Mamlakatda sport tibbiyotini boshqarish maqsadida quyidagilar tashkil etildi: 1) sobiq ittifoqning sport qo’mitasi qoshida maxsus boshqarma; 2) majmuaviy ilmiy guruhlar; 3) tibbiyot (yig’ma guruhlarda) fanlari akademiyasining barcha sport turi bo’yicha jismoniy tarbiya va sportning tibbiy muammolari bilan shug’ullanadigan uchta (3 ta) muammo qo’mitalaridan tashkil topgan Ilmiy Kengash o‘z faoliyatini boshladi. Hozirgi paytda, sport tibbiyoti tibbiyotning taraqqiy etgan alohida sohasi bo’lib, o’zining vazifalari, tashkilotlari, moddiy va ilmiy maskanlarga poydevorlarga ega. Mamlakatda 500 ga yaqin shifokor-jismoniy tarbiya dispanserlari va 5000 tadan ortiq shifokor nazorati xonalari mavjud. Tibbiy-biologik sport fanlari bo‘yicha alohidalash (differensiatsiya); fiziologiya, morfologiya, biokimyo, sport gigienalari, ularning har birining rivoji yuqori darajada bo’lib, ularning vazifalari va ilmiy muammolarini aks ettiradi. Ushbu fanlarga oid ko‘rsatkichlarning yig’imi (sintezi), sportchining holatini baholash, unga tashxis qo‘yish va uning tanasiga ta’sir etuvchi vositalarni aniqlash, mavjud sharoitlarda, sport shifokori nazorati orqali amalga oshiriladi. Sport tibbiyoti texnika va uslubiy jihatdan qayta qurollanishi yuzaga keldi, eng oldingi zamonaviy tadqiqot usullari va sinamalar ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilmoqda. Download 249.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling