1-mavzu: Jismoniy rivojlanishni nazorat qilish va sport tibbiyoti predmetining maqsad va vazifalari


Download 249.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana27.12.2022
Hajmi249.73 Kb.
#1069076
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu

2. Sport tibbiyotining rivoji 
Mazkur masalani ikki nuqtai nazardan ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki 
sobiq ittifoq parchalanib ketgach, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lg a kiritdi va shu 
davrdan boshlab Respublikamizning fizkultura va sport ishlarida shiddatli jarayonlar yuz berdi. 
Oqibatda, ilgari deyarli dunyo miqyosida tanilmagan O’zbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari 
ichida katta odimlar bilan dunyo ahliga tanildi. 
Aytilganlarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida sport tibbiyoti fanini rivojini katta, ikkita 
davrga bo’lib o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi: 
1. Sobiq ittifoq davrida O ‘zbekistonda sport tibbiyotining rivoji; 
2. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida sport tibbiyotining taraqqiyoti. 
Sobiq sovet mamlakatida aholini jismoniy jihatdan tarbiyalanishning yangi tizimining 
aytarli darajadagi sog’lomlashtirish bo’yicha yo’nalishi, tibbiyotning yangi sohasini - jismoniy 
tarbiya bilan shug’ullanuvchilarning salomatligini shifokor tomonidan nazorat qilishni vujudga 
keltirdi va uni rivoj topishini ta’minladi. Tibbiyotning ushbu yo’nalishi ahamiyati to’g’risida ilk 
bor sog’liqni saqlash bo’yicha taniqli olim N.A. Semashko so’zlarida ochiq-oydin o’z ifodasini 
topgan. Shunga ko’ra, mamlakatimiz mehnatkashlarining salomatligini sog’lomlashtirish uchun 
jismoniy tarbiya va sportga oid vositalarni to’g’ri ishlatilishini ta’minlovchi davlat tizimi 
tariqasida ko’riladi. 
Shifokor nazoratini boshqarish, tibbiy xodimlarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, 
sog’liqni saqlash tashkilotlariga yuklatilgan. 
Quyida sport tibbiyotining vujudga kelishi va rivoj topishiga oid ma’lumotlar 
xronologik tarzda keltirilgan: 
1) 1920-yillarda shifokorlar nazorati xonalari dastlab, Davlat jismoniy tarbiya Markaziy 
instituti va Bosh harbiy jismoniy tarbiya institutida tashkil etildi; 
2) Sport tibbiyotining nazariy asoslari P.F.Lesgaft va V.V.Gorinevskiylarning mehnatlari 
evaziga vujudga keldi; 
3) 1923-yili P.F.Lesgaft mazkur institutning ilmiy-tibbiy bo’limini va keyinchalik esa, 1-
ilmiy nazorat kafedrasini boshqardi; 


4) 1928-yili I Umumittifoq spartakiadasida sportchilarda ommaviy nazorat o’tkazildi va 
natijada jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga ko‘rsatmalar va moneliklar, turli sport turlarida 
optimal yuklamalar aniqlanilib, odam tanasiga jismoniy mashqlarni ta’sirini hisobga olish, 
baholash jadvallari va standartlar ilk bor ishlab chiqildi; 
5) 1925-yili V.V.Gorinevskiy va G.K.Berzinlarning «Shifokor nazorati bo‘yicha 
boshqaruv» qo’llanmasi chop etildi. Keyingi yillarda esa, birinchi holatlar - qoidalar, yo’riqnoma, 
uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqildi; 
6) 1930-yili shifokor nazorati va sanitariya nazoratlari tomonidan mashg‘ulotlar 
o‘tkaziladigan joylar ustidan boshqarishni sog’liqni saqlash tashkilotlariga yuklatilganligi haqida 
maxsus qaror qabul qilindi; 
7) 1931-yili Shifokorlar malakasini oshirish Markaziy institutida B.A.Ivanovskiy 
boshchiligida jismoniy tarbiya instituti tashkil etilib, shifokor nazorati bo‘yicha mutaxassislarni 
tayyorlash jarayoni boshlandi. Keyinchalik shifokor nazorati sobiq sovet jismoniy tarbiya 
rivojining tutgan yo’li va talabiga binoan amalga osha bordi. Bu borada shifokor nazoratini tashkil 
etish jarayonida Z.P.Solovyov, B.A.Ivanovskiy, V.E.Ignatev va boshqalaming hissasi katta bo’ldi; 
8) Sobiq ittifoq bo’ylab «Vatan va mehnat himoyasiga bo’l tayyor!» majmuasini tatbiq 
etish, sport tibbiyotining rivojlanishi uchun jiddiy turtki bo‘ldi; 
9) 1940-yilning boshlaridayoq ko‘ngilli sport jamiyatlarida (DSO), sport inshootlari, o‘quv 
muassasalarida shifokor nazorati xonalarining keng ko’lamdagi tizimlari, Moskva, Leningrad
Xarkov va Tbilisidagi sport jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqot institutlari tarkibida shifokor nazorati 
bo‘limlari, tahlilxona va kafedralar ochildi; 
10) jismoniy tarbiya va sportning tibbiy muammolari bo’yicha, ilmiy-tadqiqot natijalari va 
ommaviy adabiyotlar keng ko’lamda nashr etila boshlandi. Xodimlarni tayyorlashning tashkiliy 
ishlari olib borildi; 
11) yangi bilimlar sohasining rivoji bo’yicha, ayniqsa katta ulush Markaziy ilmiy-tadqiqot 
jismoniy tarbiya institutining (SNIIFK) shifokor nazorati tahlilxonasining S.P.Letunov 
boshchiligidagi xodimlar guruhi tomonidan alohida hissa kiritildi; 
12) S.P.Letunov - «Zamonaviy sport tibbiyotining asoschisi», deb hisoblangan, chunki u 
ilk bor ushbu yo‘nalishni alohida fan tarzida nazarda tutgan holda, uning vazifalarini belgilab, 
uslubiy asoslarini, tadqiqotlar yo‘nalishini asoslab berdi; 
13) S.P.Letunov rahbarligida shifokor-pedagogik nazoratning majmuaviy uslubining 
poydevori yaratilgan, mashqiy chiniqqanlikning tashxisining tamoyillari amaliyotga kiritilgan
yoshga ko‘ra, shifokor nazoratini ishlab chiqish va malakali sportchilar ustidan nazorat 
boshlangan; 


14) 1949-yili Markaziy ilmiy-tadqiqot jismoniy tarbiya institutining shifokor nazorati 
tahlilxonasida «Sog’lom odamning klinikasi» ilk bor tashkil etilgan. Bu paytlarda shifokor 
nazoratining rivojida massaj maktabi, sog’lomlashtirish va davo jismoniy tarbiya maktabining 
asoschisi I.M.Sarkizov-Sorazini, fiziologlar A.N.Krestnikov, E.K.Jukov, N.V. Zimkin va 
boshqalar katta ahamiyat kasb etishdi; 
15) 1946-yili sobiq ittifoq Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport ishlari 
bo‘yicha Butunittifoq qo‘mitasi qoshida ilk marta shifokor nazoratining Ittifoq seksiyasi bo’limi 
tashkil etildi va u keyinchalik sobiq ittifoq sport tibbiyoti Federatsiyasiga aylantirildi; 
16) 1951-yili shifokor-jismoniy tarbiya dispanserlari tashkil etildi. Ushbu yangi turdagi 
muassasa kasalliklarni oldini olish va davolashga doir vazifalarni birlashtirdi. Oqibatda, shifokor 
nazorati va jismoniy tarbiya hamda sportni yuqori pog‘onaga ko‘tarib, mazkur ishga yangi 
xodimlarni jalb qilish, ular malakasini muntazam ravishda oshirish, amaliyotga ilmiy-tadqiqot 
natijalarini kiritish imkoni yaratildi; 
17) 1952-yili sport tibbiyoti Federatsiyasi Xalqaro sport tibbiyoti Federatsiyasiga a’zo 
bo’ldi (FIMS); 
18) sobiq ittifoq sportchilarini olimpiya harakatiga a’zo bo’lishi va ularni birinchi marta 
Olimpiya o’yinlarida ishtirok etishi (1951-yili Xelsinikida) sportning tibbiyot muammolariga 
taalluqli ilmiy-tadqiqot ishlarining keng ko’lamda boshlab yuborishga, shifokor nazoratini qayta 
qurollanishiga, bosh sportchilarni tibbiy jihatdan ta’minlanishi yangi shakllarni ishlab chiqishga 
imkon yaratdi; 
19) keyinchalik tibbiy xodimlar sportchilarni barcha Olimpiya o’yinlariga tayyorlash 
jarayonida faol ishtirok etishdi. Uning har bir bosqichi, tibbiyot oldiga yangi masalalarni 
(vazifalarni) va talablarni qo’ydi. Shifokor nazorati bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar ko’pgina 
muhim masalalarni yechishga jiddiy hissa qo’shdi. (6-ta). Ular quyidagilardan iborat; 
1) tanlov va qaysi sport turiga nisbatan qiziqish-intilish-moyillik bildirish; 
2) iqlim sharoitlariga moslashuv; 
3) yosh sportchilarni tayyorlash; 
4) sport qobiliyatini qayta tiklovchi va uni ko’taruvchi vositalarni ishlab chiqish; 
5) doping va boshqa illatlar bilan kurashish; 
6) majmuaviy nazorat tizimi va usullarni ishlab chiqish; 
Asta sekinlik bilan ilmiy-tadqiqotchilar va xodimlarni tayyorlash poydevori kengaya bordi. 
20) 1960-yili mamlakatda - Tartu universitetida ilk marta sport shifokorlarini tayyorlash 
bo’limi ochildi; 
21) 1967-yili Gsolifkda sport kardiologiyasi tahlilxonasi tashkil qilindi; 
22) 1969-yiIi Gsolifkda birinchi marta sport tibbiyoti kafedrasi ochildi; 


23) 1970-yilning boshlarida shifokor nazorati, vazifalarni kengayishi sababli, «SPORT 
TIBBIYOTI» degan yangi nom bilan atala boshlandi; 
24) 197l-yili sobiq ittifoq Sog’liqni saqlash vazirligining ilmiy tadqiqot institutida 
(NIIMZ), tibbiyot fanlari akademiyasi va pedagogika fanlar akademiyasida qator guruh va 
tahlilxonalar tashkil etildi; 
25) VNIFda ochilgan sport tibbiyoti bo’limidan tashqari, qo‘shimcha ravishda 
maxsuslashtirilgan tahlilxonalar jumladan, dopingga qarshi tashkil qilindi. 
26) 1986-yili sportning tibbiy-biologik muammolari bo’yicha Markaziy ilmiy-tadqiqot 
instituti faoliyat ko’rsata boshladi. 
Mamlakatda sport tibbiyotini boshqarish maqsadida quyidagilar tashkil etildi: 
1) sobiq ittifoqning sport qo’mitasi qoshida maxsus boshqarma; 
2) majmuaviy ilmiy guruhlar; 
3) tibbiyot (yig’ma guruhlarda) fanlari akademiyasining barcha sport turi bo’yicha 
jismoniy tarbiya va sportning tibbiy muammolari bilan shug’ullanadigan uchta (3 ta) muammo 
qo’mitalaridan tashkil topgan Ilmiy Kengash o‘z faoliyatini boshladi. 
Hozirgi paytda, sport tibbiyoti tibbiyotning taraqqiy etgan alohida sohasi bo’lib, o’zining 
vazifalari, tashkilotlari, moddiy va ilmiy maskanlarga poydevorlarga ega. 
Mamlakatda 500 ga yaqin shifokor-jismoniy tarbiya dispanserlari va 5000 tadan ortiq 
shifokor nazorati xonalari mavjud. 
Tibbiy-biologik sport fanlari bo‘yicha alohidalash (differensiatsiya); fiziologiya, 
morfologiya, biokimyo, sport gigienalari, ularning har birining rivoji yuqori darajada bo’lib, 
ularning vazifalari va ilmiy muammolarini aks ettiradi. Ushbu fanlarga oid ko‘rsatkichlarning 
yig’imi (sintezi), sportchining holatini baholash, unga tashxis qo‘yish va uning tanasiga ta’sir 
etuvchi vositalarni aniqlash, mavjud sharoitlarda, sport shifokori nazorati orqali amalga oshiriladi. 
Sport tibbiyoti texnika va uslubiy jihatdan qayta qurollanishi yuzaga keldi, eng oldingi 
zamonaviy tadqiqot usullari va sinamalar ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilmoqda. 

Download 249.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling