1-mavzu: Jismoniy rivojlanishni nazorat qilish va sport tibbiyoti predmetining maqsad va vazifalari


Mashqlar va musobaqalarni tibbiy jihatdan ta’minlash bo’limi


Download 249.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana27.12.2022
Hajmi249.73 Kb.
#1069076
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu

Mashqlar va musobaqalarni tibbiy jihatdan ta’minlash bo’limi murabbiy va 
shifokoming birgalikda ishlash muammolariga bag’ishlangan (VI bobga qarang). Bu yerda, mashq 
jarayonlarini boshqarish maqsadida, tibbiy axborotlarni qo’llash, musobaqalarni o‘tkazish 
sharoitlarini optimizatsiyalash hamda antidopjng va jinsiy tegishlilikni nazorat qilish masalalari 
ko‘rib chiqiladi. 
Ommaviy jismoniy tarbiya va sportdagi tibbiy nazorat bo’limida (VII bobga qarang) 
jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarning yoshi ya jinsiy jihatlari, aholining turli qatlamlari 
bilan hal etiladigan vazifalarni (musobaqalarga tayyorlanish, turizm bilan shug‘ullanish, 
sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va h.k.) bajaruvchilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarni 
optimallashtirish haqida axborotlar keltirilgan. Keyingi paytlarda, ommaviy jismoniy tarbiyadagi 
o’zini-o‘zi nazorat qilishga alohida ahamiyat berilmoqda. 
Mashqlar va musobaqalardan so’ng sport ish qobiliyatini tiklash bo‘limi sport 
tibbiyotining nisbatan yangi bo’limi (VIII bobga qarang) bo iib , dastavval alohida muammo 
tarzida sport tibbiyotida (VNIIFK) iboralangan. Hozirgi paytda keng ko’lamda tarqalib
muntazam-doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. 
Sport xastaligi patologiyasi sport mashg’ulotlari bilan bevosita bogiangan bo’lib, (odatda 
noto‘g‘ri tashkil qilingan) murabbiy va o‘qituvchiga sportchilaming aniq shikastlanishlari va 
kasalliklari haqida tushuncha beradi. 


Bugungi kunda sport tibbiyoti klinik tibbiyot bilan integratsiyalashib, ya’ni bir butun 
bo’lib, amaliyotga sportchilarning sihatsalomatiik holatini tashxislash maqsadida, mazkur 
jarayonga yangi texnologiyalarni kiritmoqda. 
Yuqorida aytilganlarni nihoyalab, quyidagi xulosaga kelish mumkin: sport tibbiyotining 
mohiyati, kasalliklar tashxisi, ularni davolash va oldini olishni nazarda tutgan tibbiyot va boshqa 
klinik fanlardan jiddiy ravishda farq qiladi. 

Download 249.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling