1-mavzu: Jismoniy rivojlanishni nazorat qilish va sport tibbiyoti predmetining maqsad va vazifalari


Download 249.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana27.12.2022
Hajmi249.73 Kb.
#1069076
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu



1-MAVZU: Jismoniy rivojlanishni nazorat qilish va sport tibbiyoti predmetining 
maqsad va vazifalari. 
Fizkultura institutlarida o‘tiladigan tibbiy-biologik fanlar majmuasida - alohida ahamiyat 
sport tibbiyotiga tegishli. 
Tibbiyot - bu insonlar salomatligini mustahkamlash, saqlash, kasalliklami davolash va 
ularni oldini olish, umrini uzaytirishni maqsad qilib qo‘ygan ilmiy bilimlar va amaliy faoliyat 
tizimidir. 
Sport tibbiyoti - inson tanasiga jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari ta’sir 
etganida,salomatlikni, jismoniy rivojlanishni va faoliy imkoniyatlarni o‘rganuvchi tibbiyot 
sohasidir, yoki boshqacha aytganda, sport tibbiyoti umumiy tibbiyotning bir qismi bo’lib, sport 
mashg‘ulotlari paytida vujudga keladigan tanadagi xohishga binoan yoki patologik 
o‘zgarishlarning sabablarini o‘rganish hamda patologik o‘zgarishlarning oldini olish, ularni 
davolash va kerak boisa, zarur o‘zgartirishlarni kiritish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, sport 
tibbiyoti sportchilar erishadigan natijalari yaxshi bo’lish amallarini ishlab chiqadi. 
Sport tibbiyoti shuning bilan birga, jismoniy tarbiya haqidagi fanning muhim bo’limi 
bo’lib, aholining turli qatlamlariga optimal harakat, sport mashqlari va sport tartibini, sport 
mahoratini oshirishni asoslashda yordamlashadi. 
Sport tibbiyotining asosiy maqsadi - bu insonning barkamol bo’lib yetishishi, uning 
salomatligini saqlash va mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirish, hayotning faol, ijodiy davrini 
uzaytirish uchun jismoniy tarbiya va sportning vositalari hamda usullarini oqilona – unumli 
qo‘llashga ko‘maklashishdir. 
Murabbiy va shifokorning o‘quv-mashqiy jarayonini rejalash va o‘zgartirish bo‘yicha 
hamjihat bo‘lib shlashi, kundalik ish jarayonida murabbiylarni shifokor nazorati ma’lumotlarini ishlata 
bilish - mashg‘ulotlarni to ‘g‘ri tashkil etish va samaradorligi uchun muhim sharoitidir. 
Shunday qilib, sport tibbiyoti - sport fanining tibbiy-biologik qismi bo‘lib, murabbiylarni 
kasbiy tayyorlashga bevosita aloqadordir. 

Download 249.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling