1-mavzu: Jismoniy rivojlanishni nazorat qilish va sport tibbiyoti predmetining maqsad va vazifalari
Sport tibbiyoti vazifalarini soddaroq qilib izohlaganda, ular quyidagi amallarni o‘z
Download 249.73 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faol tashxis bo’limi
Sport tibbiyoti vazifalarini soddaroq qilib izohlaganda, ular quyidagi amallarni o‘z
ichiga oladi: 1) sportchilarning jismoniy holatini tashxis qilish; 2) sportchilarni yuklamalardan so‘ng reabilitatsiya qilish; 3) sportcha shikastlanishlarning oldini olish; 4) adaptogen (o‘simlik yoki hayvonot a’zolaridan olinadigan dori vositalari bo’lib, tananing umumiy quvvatini-tetikligini oshirib, uning noqulay sharoitlarga moslanishini kuchaytiradi) vositalarni yaratish; 5) ko‘p yillar mobaynida olib boriladigan mashqlarni samarali tashkil qilish; 6) mashqlarning optimal tartib va usullarini izlab topish; 7) sportchilarning jismoniy va asab holatlari ustidan nazorat olib borish; 8) xalqaro musobaqalar va olimpiadalarda qatnashuvchi yig’ma guruhlarni tayyorlash muammolarini o‘rganib, ularni hal etish. Yuqorida keltirilgan masalalar, bular sport tibbiyotining umumiy vazifalarini anglatadi. Bulardan tashqari, ko’pgina maxsus vazifalar bo’lib, ular sport tibbiyoti xizmati ishchilari - shifokorlar, olimlar, sog’liqni tashkil etuvchilar uchun ustuvor ahamiyat kasb etadi. Sport tibbiyoti hal etadigan vazifalardan jismoniy tarbiya instituti talabalari o’rganadigan fanning mazmuni kelib chiqadi. O’qituvchi va murabbiyning kasbiy tayyorgarligini inobatga olgan holda, sport tibbiyoti fanining mazmuni - mundarijasi quyidagi bo’limlardan iborat bo’ladi: 1) faoliy tashxis; 2) mashqlar va musobaqalarni tibbiy jihatdan ta’minlash; 3) ommaviy jismoniy tarbiya va sportdagi tibbiy nazorat; 4) mashqlar va musobaqalardan so’ng sport ish qobiliyatini tiklash; 5) sport xastaligi patologiyasi. Faol tashxis bo’limi, sport va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilar tanasining turli tizimining faol holati jihatlarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yordamida olingan ma’lumotlar asosida tanishtiradi (asosan tinch sharoitda, IV bobga qarang). Ushbu bo’limning ajralmas qismi bo’lib, faol tayyorgarlikni, jismoniy ish qobiliyatni va boshqa muhim sport amaliyotiga taalluqli turli faol sinamalar ko’rsatkichlarini aniqlash hisoblanadi (V bobga qarang). Faol tashxis bilan bevosita yaqinlikda uni mazmunan toidiruvchi, insonning jismoniy rivojini o‘rganish turadi (III bobga qarang). Download 249.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling