1-mavzu: kalendar reja tuzish


Download 72.5 Kb.
bet3/4
Sana05.05.2023
Hajmi72.5 Kb.
#1429488
1   2   3   4
Bog'liq
1-Amaliy

Q =
bu erda: V –bajariladigan ish hajmi, natural ko‘rsatkichlarda;
VM - birlik ishni bajarish uchun vaqt me’yori (ENiRdan olinadi); Tsmish smenasining davomiyligi,soat ( Tsm = 8,2 soat).
Ishchilarga va moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va ularni kalendar rejalarda to‘g‘ri aks ettirish muhim ahamiyatga ega. Bu ko‘rsatkichlar aksariyat hollarda kalendar rejalarning tushuntirish xatlarida jadval yoki grafik ko‘rinishida beriladi. Ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj esa taqvimiy reja chizmasining ostki qismiga «Ishchilarning harakatlanish grafigi» tarzida ham aks ettiriladi.
Materiallar sarfi mavjud me’yorlarni (QMQ IV-qismdan olinadi) bajariladigan ish hajmiga ko‘paytirish orqali hisoblab topiladi va tushuntirish xatida alohida jadval ko‘rinishida aks ettiriladi.
Taqvimiy rejalarni siklogrammalar ko‘rinishida ishlab chiqilishi prof. M.S.Budnikov tomonidan taklif qilingan. Siklogrammalar bir xil turdagi ob’ektlarni barpo qilishda qulay bo‘lib, qurilish oqimining vaqt va fazoda rivojlanishini yaqqol ifodalash imkoniyatini beradi. Siklogrammalarda ishlarning texnologik o‘zaro bog‘lanishni ifodalash, ishlarning xususiy frontlarini ularning o‘zlashtirish tartibida ko‘rsatish mumkinligi, ularni chiziqli grafiklarga nisbatan samaraliroq ekanligidan dalolat beradi.Biroq, alohida ob’ektlari bo‘yicha ishlar hajmi notekis taqsimlangan ob’ektlar qurilishni tashkil qilganda siklogrammalarning afzalligi pasayadi va ulardan foydalanish qiyinlashadi. Bundan tashqari siklogrammada ishlarning tavsiflari keltirilmaydi.
Taqvimiy rejani to‘rsimon grafik (model) ko‘rinishida ifodalashni D.E.Kelli va M.R.Uolker taklif qilganlar.
To‘rsimon grafikda murakkab ob’ektni barpo qilish tartibini yaqqol ko‘rinishda ifodalash mumkin. Bundan tashqari ishlar ko‘rsatkichlarining har qanday chetlanishlari osonlikcha ko‘zga tashlanadi, ixtiyoriy vaqtda qurilishning ahvoli haqida ma’lumot olishga qulay.
To‘rsimon grafiklarning kamchiligi, ularda ishlarning texnologik ketma-ketligining turli variantlarini modellashtirish imkoniyatlari yo‘q. Bundan tashqari ularda ishlarning tavsiflari keltirilmaydi. Masshtabsiz ko‘rinishida qurilganda grafik usulda mehnat va moddiy resurslarga bo‘lgan talabni ko‘rsatish mumkin emas.
Taqvimiy rejalarning qay darajada to‘g‘ri tuzilganligi, ularning samaradorligi va umuman olganda ularning sifat ko‘rsatkichi quyidagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga qarab baholanadi:
1. Bino va inshootning yoki binolar majmuasining taqvimiy reja bo‘yicha qurilishi davomiyligi. Bu ko‘rsatkichni QMQdan olingan me’yoriy davomiylik bilan solishtiriladi.
2. Bino va inshoot qurilishi uchun umumiy va nisbiy mehnat sarflari miqdori. Bunda nisbiy mehnat sarfi umumiy mehnat sarfining bino hajmiga (foydali yoki ishchi maydoniga) taqsimlash orqali aniqlanadi.
3. Ishlarni bajarishda mehnat unumdorligini (natural ko‘rsatkichlarda). Bu ko‘rsatkich bajariladigan qurilish- montaj ishlarining hajmini (m3, m, tn yoki so‘mda ifodalangan) umumiy mehnat sarfiga (kishi-kun) bo‘lish orqali aniqlanadi.
4. Ishchilar sonining muqimlik (yoki notekis o‘zgarishi) koeffitsienti. Bu ko‘rsatkich smenadagi maksimal ishchilar sonini (Rmax) o‘rtacha ishchilar soniga (Ro‘r) nisbati kabi aniqlanadi:

Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling