1-mavzu: kalendar reja tuzish
k = O‘rtacha ishchilar soni esa quyidagi formuladan hisoblab topiladi: R
Download 72.5 Kb.
|
1-Amaliy
k =
O‘rtacha ishchilar soni esa quyidagi formuladan hisoblab topiladi: Ro‘r = bu erda: Q – umumiy mehnat sarfi, kishi /kun T - qurilishning rejaviy davomiyligi, kun Ishchilar sonining muqimlik koeffitsienti 1,0-1,5 oralig‘ida bo‘lsa, taqvimiy reja maqsadga muvofiq tuzilgan deb hisoblanadi, aks holda taqvimiy rejani qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. Taqvimiy rejaning shakli quriluvchi ob’ektning hususiyatlariga muvofiq kelishi va u haqida to‘la ma’lumot berishi lozim. Taqvimiy rejalar ko‘pincha kerakli ma’lumotlari jadval shaklida keltirilgan chiziqli grafiklar ko‘rinishida tuziladi. Taqvimiy rejalarni chiziqli grafik ko‘rinishida ifodalashni G.L.Gant taklif qilgan bo‘lib, u qurilishining soddaligi, foydalanishda qulayligi va yaqqol ko‘zga tashlanishi bilan ajralib turadi. Alohida ishlarni bajarishning taqvimiy muddatlari qat’iy texnologik ketma-ketlikka rioya qilish shartidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda navbatdagi ishlarni bajarish uchun ish frontini mumkin qadar minimal muddatlarda taqdim etish lozimligi e’tiborga olinadi. Ayrim hollarda ishlarning frontini taqdim etish muddatlari ikkita ketma-ket ishlar o‘rtasida texnologik tanaffuslarga rioya qilish zaruriyati tufayli ortib ketadi. Masalan, yuqorida yotuvchi temirbeton konstruksiyalarning montaj qilinishi, faqat tayanch konstruksiyalarining yaxlit quyma choklari zaruriy mustahkamlikka (kamida R28 ning 70% gacha) erishganidan so‘ng amalga oshirilishi mumkin. Zarur hollarda texnologik tanaffuslarning muddatlari yanada jadalroq usullarni qo‘llash yo‘li bilan ham qisqartirilishi mumkin. Xususan, yaxlit quyma choklarni qurishda sementning boshqa turi va sinfidan foydalanish, elektr energiyasi yordamida qizdirish yoki betonning qotishini tezlashtiriuvchi boshqa usullarni qo‘llash mumkin. Ishlarning texnologik ketma-ketligi asosan bino va inshootlarning loyihaviy echimiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ichki elektr tarmoqlarini o‘tkazish sovuqchilik, bo‘yoqchilik va elektr-montaj ishlarining texnologik kema-ketligini aniqlaydi. YAshirin elektr tarmoqlarini o‘tkazish suvoqchilik va bo‘yoqchilik ishlaridan oldin, ochiq elektr tarmoqlarini o‘tkazishda esa suvoqchilik ishlari elektr tarmoqlarni o‘tkazishdan oldin bajariladi. Yilning fasli va qurilish hududining iqlimiy sharoitlari ham bir qator ishlarni bajarish ketma ketligiga ta’sir qiladi. YOzgi mavsumda mumkin qadar er ishlarining, beton, temirbeton ishlarining asosiy hajmlarini rejalashtirish lozim, chunki ularning qishki mavsumda bajarilishi mehnat sarfi va ishlarning tannarxini sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Agar pardozlash ishlari kuzgi - qishki mavsumga to‘g‘ri kelsa, unda oyna qo‘yish va binoning isitish tarmoqlari va jihozlarini qurish ishlarining tugallanishi pardozlash ishlarini o‘z vaqtida boshlanishini ta’minlashi lozim. Agar ichki va tashqi suvoqchilik bo‘yicha ishlarning hajmi yilning iliq mavsumida bajarilishi mumkin bo‘lsa, u holda odatda birinchi navbatda ichki suvoqchilik ishlari bajariladi, chunki bu keyingi ishlarni bajarish uchun ish frontini ochib beradi. Biroq, bu davr ichida tashqi va ichki suvoqchilik ishlarini to‘liq bajarish mumkin bo‘lmasa, u holda sovuq tushmasligidan oldin tashqi suvoqchilik ishlarini bajarishni tezlashtirish lozim. Ishlarni bunday tashkil qilganda tashqi suvoqchilik ishlari to‘liq tugashi bilan bir vaqtning o‘zida kuzgi - qishki mavsumda ichki suvoqchilik ishlarini bajarishga kerakli sharoitlar mavjud bo‘ladi va suvoqchilar uzluksiz ish frontiga ega bo‘ladilar. Biroq chiziqli grafik ko‘rinishida ifodalanganda qurilish ishlab chiqarishining dinamikasi to‘laligicha aks ettirilmaydi va ishlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarning ko‘p xilligi to‘la ko‘zga tashlanmaydi. Download 72.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling