1-Mavzu: kirish. B


Rio-di Janeyro konferensiyasi


Download 23.55 Kb.
bet2/3
Sana21.08.2023
Hajmi23.55 Kb.
#1668887
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu

Rio-di Janeyro konferensiyasi! Аtrof-muhit muhofazasi sohasida eng muhim voqea – 1992-yil 13-14 iyun kunlari Braziliyaning Rio-di-Janeyro shahrida boʼlib oʼtgan BMTning “Аtrof-muhit va rivojlanish”ga doir konferensiyasi (АMRK) hisoblanadi. Chunki, uning ishida dunyoning 170 dan ziyod, jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligidan 7 davlat vakillari ishtirok etgan va 130 davlatlar esa hukumat boshliqlarini yuborgan. Konferensiyaning maqsadi - davlatlarning barqaror rivojlanishi va tinch-totuv yashashini taʼminlash uchun ekotizimlarga tushadigan bosimni kamaytirishdir. Konferensiya ishtirokchilari ikkinchi ming yillikning toʼqnashuvida umuminsoniy vazifalardan boʼlmish quyidagi uch asosiy hujjatni: 1) Аtrof-muhitni muhofaza qilish va rivojlanishga doir Rio Deklaratsiyasi; 2) Oʼrmonlardan oqilona foydalanishni saqlash va uni oʼzlashtirish mezonlari toʼgʼrisidagi Bayonot; 3) Va XXI asr kun tartibini ishlab chiqdilar. Rio-92 Konferensiyasida qabul qilingan muhim hujjat “XXI asr kun tartibi”dir. Ushbu yuz yillik dastur 4 boʼlim, 4 bob va umumiy hajmi 300 varaqdan ortiq kapital xalqaro hujjatdir. Unda 2000-yil va undan keyingi yuz yil ichida, Konferensiyada, taklif etilgan takliflardan kelib chiqqan holda, qoʼyilgan maqsadga erishish uchun atrof-muhit muhofazasi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasida barcha insoniyat kuch va gʼayratining asosiy yoʼnalishi batafsil va atroflicha taʼriflangan. Uning har bir bobida atrof-muhit muhofazasiga doir oʼrtaga tashlangan savollarni yechish yoʼllari va rivojlanish sohalari koʼrsatilgan. “Rio Deklaratsiyasi”da jamiyat va tabiat qonunlarining uygʼunlashtirish mezoni hamda ijtimoiy-ekologik-iqtisodiy muammolarning oʼzaro birligi va davlatlarning mazkur masalalarning yechimini topishdagi majburiyatlari aks ettirildi. Rio-92-da qabul qilingan muhim hujjatlardan yana biri “Oʼrmonlardan unumli foydalanish, ularni saqlash va oʼzlashtirish prinsiplari toʼgʼrisidagi bayonnoma”si edi. Bu bayonnoma inson va jamiyatning oʼrmonlarga nisbatan munosabat huquqlari va uni tabiatning bebaho inʼomi ekanligi haqidagi hujjatidir. Mazkur yer deb atalmish sayyorada oʼrmonlar va uning resurs imkoniyatlarini saqlash, oʼrmonlarning hamma turlarini nazoratsiz kesishlardan tiyish va ularni tugatishni toʼxtatishni global darajada hal qilishda muhim xalqaro hujjat boʼlib qoldi.

Download 23.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling