1-Mavzu: kirish. B


Download 23.55 Kb.
bet3/3
Sana21.08.2023
Hajmi23.55 Kb.
#1668887
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu

Yoxannesburg Sammiti - barqaror rivojlanishning globallashuvi. Nufuzli “Аtrof-muhit va rivojlanish” Konferensiyasining 10 yilligini sarb-hisob qilish maqsadida, yaʼni “Rio-10”dan soʼng, 2002-yilning 26-avgustidan to 4-sentyabrigacha Janubiy Аfrika Respublikasining Yoxannesburg shahrida BMTning “Barqaror rivojlanish” rukni ostida Butunjahon Sammiti (BRBS) boʼlib oʼtdi. Rio-92 (АMRK)dan farqli oʼlaroq ushbu Sammit davlatlar va xalqaro hamjamiyatning barqaror rivojlanishiga doir jiddiy va dolzarb masalalarni muhokama qilish va ularning yechimini topishga intilish uchun chaqirilgan edi. Sammitda ijtimoiy hayotning ekologik muammolari davlat va mintaqalarning bir maromda rivojlanishida, ularning ijtimoiy-iqtisodiy moʼtadilligini taʼminlovchi eng muhim elementi sifatida koʼrib chiqildi. Butunjahon Sammitining boshqa shunga oʼxshash uchrashuvlardan farqi shunda ediki, unda ishtirok etayotgan davlatlar va hukumat boshliqlari, nodavlat va xalqaro tashkilotlari, sanoat va biznes vakillarining koʼpligi va xilma-xilligidir. Markaziy Osiyo davlatlaridan Butunjahon Sammiti da Qozogʼiston, Tojikiston, Qirgʼiziston, Oʼzbekiston va Turkmaniston delegatsiyalari qatnashdi. Butunjahon Sammiti qarorlarini bajarish rejasi prinsiplari barqaror rivojlanishning uch tarkibiy qismi: iqtisodiy oʼsish, ijtimoiy rivojlanish va atrof-muhit muhofazasi talablariga javob beradi. Barqaror rivojlanishning asosiy vazifalari va talablari quyidagilar:
Qashshoqlikni yoʼqotish;
Ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning barqaror boʼlmagan modellarini oʼzgartirish;
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning tabiiy resurslar bazasini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish.
Tayanch tushunchalar:
Barqaror, fan, Rio-di Janeyro, konferensiyasi, taraqqiyot, dеmokratiya, jamiyat, rivojlanish.
Download 23.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling