1-mavzu: Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Til va yozuv masalalari Reja


O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanini o‘qitishdan maqsad


Download 85.5 Kb.
bet2/4
Sana03.05.2023
Hajmi85.5 Kb.
#1423699
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy s

O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanini o‘qitishdan maqsad:
- turli uslublarda qo‘llanilayotgan so‘z va terminlarni tahlil qilish;
-mutaxassislikka oid matn, maqola va kurs ishlarini mazmunli va xatosiz yozish;
- matnlarning turlari va tuzilishini puxta bilish;
- mavzular bо’yicha dastlabki ilmiy ishlar va hujjatlarni savodli yozish haqida malakaga ega bо’lish;
- ilmiy, rasmiy, sо’zlashuv uslublariga xos nutqiy faoliyat va etiketni amalga oshirish;
- nutqning tarkibiy qismlari va nutq tuzish usullaridan xabardor bо’lish;
-aniq va tо’g‘ri, mantiqiy va ta’sirli nutq tuza bilish;
-nutqning kommunikativ sifatlarini tо’g‘ri qо’llay olish;
- taqdimot tayyorlashda nutq vositalari bо’yicha kо’nikmalarga ega bо’lishi;
- mutaxassisligiga oid mavzularda bog‘lanishli matn tuza olish va bunday matnlarni tarjima qilish;
- ixtisoslikka oid ilmiy atamalarni to‘g‘ri o‘qish, ma’nosini izohlay bilish, ular ishtirokidagi gaplarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzishni bilishi va amalda qo‘llay olishi;
- o‘z ixtisosligi bo‘yicha lug‘atlardan foydalangan holda maqola, turli rasmiy ish hujjatlarini tayyorlay bilish;
-Mustaqil ta’lim mavzulari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash.
Yozuv haqida umumiy tushuncha. Insoniyat tarixida yozuvning ixtiro qilinishining qanday ulkan ahamiyat kasb etganligini alohida ta’kidlashga hojat yo‘q. Agar odamlar taraqqiyotning ma’lum bosqichiga kelib, o‘zlariga zaruriy axborotni ma’lum bir ramziy belgilar yordamida qayd qilib olishga va shu tarzda uni saqlab va boshqalarga tarqatishga o‘rganmaganlarida edi, tamadduning umumiy ahvoli qaysi shaklga kelib qolishi mumkinligini tasavvur qilish ham qiyin. Shunisi aniqki, kishilik jamiyati hozirgidek taraqqiyot darajasiga erisha olmagan bo‘lar edi.
Yozuvning dastlabki ko‘rinishlari eramizdan avvalgi 4-ming yillikda paydo bo‘la boshlagan. Lekin bungacha ham axborotni qayd etish va saqlashning turli usullari mavjud bo‘lgan: ma’lum shaklda joylashtirilgan shox shabbalar, toschalar, va sanoq cho‘plari va ho kazolar tarzidagi eng soda axborot saqlash usullari asta sekinlik biloan murakkab shakldagi belgilar - ma’lum bir buyum yoki hodisani ifodalovchi tasvirlarga o‘tib borgan.
Masalan qadimgi Inklar tugunchalar yordamida axborotni qayd etishning o‘ziga xos uslubini ixtiro qilganlar. Buning uchun ular jundan tayyorlangan har xil rangdagi arqonlardan foydalanganlar. Bu arqonlarni turli xil ko‘rinishlarda tugib qo‘yib, tayoqchalarga bog‘lab qo‘yishgan. Xatlar ham shunday ko‘rinishlarda manzilga yuborilgan. Olimlar orasida tarqalgan ba’zi fikrlarga ko‘ra Inkalr bu usul bilan o‘z mahalliy qonunlarini, solnoma va she’riy misralarini «yozib» borganlar. Tugunchalar bilan «yozish» boshqa xalqlarda ham mavjud bo‘lgan, masalan, bunday usuldan qadimgi xitoyliklar va mo‘gullar ham foydalanishgan.
Lekin, haqiqiy ma’nodagi yozuv, odamlar axborotni qayd etish va tarqatish uchun maxsus ko‘rinishdagi grafik belgilardan foydalana boshlashgandagina paydo bo‘lgan deyish mumkin. Yozuvning eng qadimgi ko‘rinishi piktografik yozuvlardir. Piktogramma va bu turdagi yozuvda, so‘z borayotgan hodisa, buyum yoki voqea haqidagi sxematik tasvirlar, aynan rasmlar ketma-ketligi namoyon bo‘ladi. Tahmin qilinishicha piktografiya so‘nggi tosh davrida turli xalqlar o‘rtasida juda keng tarqalgan va asosiy axborot saqlash usuliga aylangan ekan. u uncha katta bo‘lmagan xabarlarni jo‘natishga va qisqaroq hikoyalarni yoizb olishga va qoldirishga butunlay yaroqli hisoblanadi. Bunday xat-xabar voqe’likning yoki fikrning juda ham yaqqol tasviri bo‘lib, uni o‘qish uchun maxsus bilim kerak bo‘lmagan. Lekin, biror bir mavhum tushuncha (masalan, jangovorlik, aql, yashi tush, osmon jilvasi kabi) haqida so‘z borganda, piktogrammaning imkoniyatlari birdaniga cheklanib qolgan. Sababi bunday tushunchani tasviriy ifodalashning imkoni yo‘q edi. Shu tufayli, yozuvning inson hayotiga kirib kelishidagi ilk bosqichlardayoq, piktogrammalar tarkibida endilikda maxsus tushunchalarni ifodalaovchi belgi yoki ramzlar - ideogrammalar paydo bo‘ldi. Masaslan tasvir tarkibidagi bir biriga qovushtirilgan qo‘l ramzi, biror narsani almashtirishni ifodalagan. Shu tarzda endilikda har bir ideogramma ma’lum bir piktorgammaga bog‘lanib, ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmunni yanada tushunarliroq qilib borgan. Asta sekinlik bilan piktogrammalar avvalgi yaqqolligini yo‘qtib bordi, lekin, yanada mazmundorlik va aniqlikka erisha boshladi. Bu jarayon bi necha ming yilliklarni talab etdi. Ideogrammaning eng yuksak ko‘rinishi ierogliflar ko‘rinishidagi yozuvning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Ierogliflarga asoslangan yozuv dastavval qadimgi Misrda paydo bo‘ldi. Keyinchalik ieroglifik yozuv uzoq sharqda - Xitoy, Yaponiya, va Koreya yarim orolida keng tarqaldi. Bu davlatlar hududidagi topilma ieroglif yoki ideogrammalardan eng g‘ayrioddiy va o‘ta murakkab shakllarni uchratish mumikin. Ular orqali qadimgi yaqin sharq kishilari eng mavhum va murakkab fikrlarni ham ifodalay olishgan ekan. lekin ierogliflarning o‘qish sirlarini bilmagan va maxsus tayyorgarlikdan o‘tmagan odamga bunday yozuvlarning umuman tushunarsiz bo‘lgani tayin. Yozishni o‘rganishni istagan har bir kimsa, minglab belgi va ramzlarni doimiy esda saqlashga majbur bo‘lgan. Shu tufayli qadimda juda kam sonly odamlargina yozishni va o‘qishni bilganlar.
Shuni ta’kidlash kerakki, ideografiyaning aynan o‘zidan iborat yozuv hech qachon mavjud bo‘lmagan. Masalan, qadimgi Misrda qandaydir tushuncha, buyum yoki so‘zni ifodaslovchi belgilar bilan birga, maxsus so‘z bo‘ginlarini va xatto alohida tovushlarni ifodalovchi belgilar qo‘llanilgan. Bunday belgilarga talab tushunarli: hamma narsani ham, birinchi navbatda esa odamlarning ismini tasvir vositasida tushunarli qilib ifodalab bo‘lmaydi.
Bunday hollarda Misrliklar so‘z-ierogliflarni harf-ierogliflarga aylantira boshlashdi. Bunda eng avvalo, ma’lum bir tovushga mos keluvchi biror belgi o‘yalb topilishi va bu belgini hamma bilishi kerak bo‘lardi. Masalan uy tasviri tushirilgan ieroglif, ikki tovushni ifodalovchi «xt» so‘ziga almashtirildi. Bu vaqtlarda fonetik ierogliflar - bo‘lajak harfglarning ahamiyati faqat mazmunni ifodalash uchun yordamchilik vazifasida bo‘lgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan ularning o‘rni tobora yuksalib borib, Misr yozuvining so‘nggi davrlariga kelib, asosiy rol o‘ynovchi belgi ramzlarga aylanib qolgan. Lekin fonografik (har bir belgi alohida bir tovushni ifodalaydigan) yozuvga Misrliklar baribir to‘liq o‘ta olishmadi. Bunday muhim takomillashtiruvni boshqa xalqlar amalga oshirishdi.
Odamlar o‘z nutqlarini oddiy elementlar - tovushlarga (fonemalar) ajratishni o‘rganishlariga ancha vaqt ketdi. Bungacha esa, nisbatan osonroq bo‘g‘inlarga ajratishni o‘zlashtirish zarur edi. Shu tufayli eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikda turli xalqlar orasida alohida bo‘gimlarni ifodalashga asoslangan maxsus bo‘ginli yozuv paydo bo‘ldi. Bunga misol qilib krit (minoya) yozuvi yoki mayalarning yozuvini keltirish mumkin. Faqat ikkinchi ming yillik so‘ngiga kelibgina qadimgi Finikiyaliklar harfiy-tovushli alifboni ixtiro qilishdi. Bu alifbo keyingi asrlar davomida ham ko‘plab xalqalar uchun namuna bo‘lib xizmat qildi. Finikiya alifbosi 22 ta undosh harfdan iborat bo‘lib, ularning har biri alohida tovushni ifodalagan. Bu alifboning kashf etilishi butun boshli bashariyat uchun juda katta ahamiyatga molik hodisa edi. Bu alifboga yordamida deyarli hamma so‘zni grafik ifodalash mumkin bo‘lardi va ideogrammalarga ham, ierogliflarga ham umuman hojat qolmasdi. Uni o‘rganish ham oson bo‘lib, oddiy fuqaroning xat-savodining ortishi va bu orqali mamlakatning umumiy qudratining yuksalishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi omil bo‘lib xizmat qildi. Yozuv butun jamiyatning ijtimoiy mulkiga aylandi. Hozirgi zamon alifbolarining ham beshdan to‘rt qismi Finikiya alifbosi asosida shakllanganligi haqidagi g‘oyani olimlar allaqachon ilgari surishgan. Finikiya yozuvining shakl o‘zgarishlaridan biri - Puni yozuvi asosida Liviya alifbosi va yozuvi paydo bo‘lgan. Xuddi shuningdek Finikiya alifbosi - qadimgi yahudiy, qadimgi aramey va qadimgi yunon alifbolarining poydevori hisoblanadi. o‘z navbatida, aramey yozuvi asosida - arab yozuvi, nabatey, fors va boshqa yozuvlar shakllangan.
Finikiya alifbosiga so‘nggi va eng muhim takomillashtiruvni qadimgi yunonlar kiritishdi - ular alifboga faqat undosh tovushlarni emas, balki unli tovushlarni ham kiritishni joiz deb topishdi va unli harflarni ham o‘z alifbolariga kiritib qo‘yishdi. Yunon alifbosi Yevropaning ko‘plab boshqa alifbolarining “ajdodi” hisoblanadigan lotin alifbosining ham asosini tashkil qilgan. Ma’lumingizkim, lotin alifbosi hozirgi zamon farang, ingliz, olmin, ispan alifbolarining ham asosi hisiblanadi. Shuningdek, koptik alifbo, arman, gruzin va slavyan qalifbolari ham ayna yunon alifbosining avlodlaridir.

O‘zbek xalqi o‘tmishda avesto, urxun-enasoy, sug‘d, xorazm, uyg‘ur yozuvlaridan foydalangan.Turkiy tillarga oid eng qadimiy yozma matnlar eramizning V asriga tegishli. V-VII asrlarda turkiy xalqlar orasida O‘rxun yozuvi (runik, dulbarjin) keng tarqalgan. XI asrdan O‘rxun yozuvi iste’moldan chiqib ketgan. O‘rxun yozuvi bilan bir davrda uyg‘ur yozuvidan foydalanilgan. Uyg‘ur yozuvi sug‘d yozuvi asosida shakllangan bo‘lib, XV asrgacha iste’molda bo‘lgan. “Qutadg‘u bilig”,”Hibbat ul- haqoyiq”, “Muhabbatnoma”, Lutfiy asarlarining uyg‘ur yozuvidagi nusxalari bor. Arab alifbosidagi eski o‘zbek yozuvi 8 asrdan boshlab qo‘llanilgan. 800 yil mobaynida bu yozuv uyg‘ur yozuvi bilan yonma-yon ishlatilib kelingan. 16 asrdan (shayboniylar)uyg‘ur yozuvi istemoldan chiqib ketgan.


O‘zbek xalqi 1930-yilgacha arab grafikasiga asoslangan turkiy yozuvdan foydalanib kelgan. 1930-yildan to 1940-yilga qadar xalqimiz lotin yozuvidan foydalangan, 1940-yilning may oyidan boshlab rus grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvi amalga tatbiq etildi.1929-yildan boshlab o‘zbek xalqi lotin alifbosiga asoslangan yozuvdan foydalana boshladi.
O‘zbek xalqi oromiy, so‘g‘d, o‘rxun-enasoy yozuvlaridan foydalangan.8 asrdan 1929 yilgacha arab yozuviga asoslangan eski o‘zbek yozuvidan foydalangan.
1993-yil, 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”Qonun qabul qildi.(Qonun 2 moddadan iborat bo‘lib, 1-moddasi 31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan iborat o‘zbek alifbosini joriy etish: 2-modda o‘zbek xalqining ma’naviy merosi bitilgan arab alifbosini va kirilitsani o‘rganish va ulardan foydalanish uchun sharoitlar saqlab qolinishi) 1995 yil, 6 mayda bu Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi. (4 xil o‘zgarish: 1) 1-moddadadagi “31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof) dan so‘zlari “26 ta harf va 3ta harflar birikmasi”so‘zlari bilan almashtirish; 2) C c Jj harflari mustaqil harf belgisi sifatida alifbodan chiqarilsin; 3) O‘, G‘, Ch, SH harflarining shakliy o‘zgarishi; A,I,G,G‘,Q,O‘,Z va CH harflar birikmasining yozma shakli A,I,G,G‘,Q,O‘,Z,CH berilishi
Hozir dunyo aholisining 30%i lotin yozuvidan foydalanadi
Hozirgi o‘zbek adabiy tili fonetik jihatdan markaziy dialektlarga asoslanadi. Mazkur dealektlarda 6 ta unli fonema bor.Yangi alifboda undosh tovushlar 20 ta harof va 3ta harflar birikmasi bilan ifodalanadi.
Grafika (grekcha grapho - "yozman" - so‘zidan olingan) tildagi tovushlarni ko‘rsatuvchi shakliy vositalar tizimidir. Har bir tovush uchun olingan maxsus shakl harf deyiladi, tovush ko‘rsatmaydigan shakl esa belgidir. Tildagi muayyan tartib bilan joylashtirilgan harflar va belgilar tizimi alfavit deyiladi. Alifbo arab alifbosidagi alif va be harflarini qo‘shilishidan hosil bo‘lishi natijasida yuzaga kelgan so‘z. Harflarning ma’lum tartibda joylashishi alifbo deyiladi.
Alifboni yod bilish kerak. Chunki kishilarning ism-familiyalari alifbo tartibida beriladi va tezroq topishda ahamiyatli.


Download 85.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling