1-mavzu. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Rеja
Download 245.22 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu (-m)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy tadqiqotlarning zaminida
1 1-mavzu. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Rеja: 1. Fanning tarixiy tadqiqotlar tizimida tutgan o‘rni. Uning maqsadi, vazifalari. 2. Tarix ta’limida axborot tеxnologiyalarining o‘rni va ahamiyati. 3. Fanning uslubiy, ilmiy-nazariy asoslari. 4. Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Tayanch so‘z va iboralar: Tarix fani, raqamli tarix, tеxnologiya, axborot tеxnologiyalari, tarixiy tadqiqotlar. Adabiyotlar: 1. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017. 2. Aripov M. va boshq. Axborot texnologiyalari. – Т.: Noshir, 2009. 3. Бородкин Л.И. Digital history: применение цифровых медиа в сохранении историко-культурного наследия? // Историческая информатика. 2012. Т.1. № 1. –С.14-21. 4. Бородкин Л.И. — Историк и мир (больших) данных: вызовы цифрового поворота // Историческая информатика. – 2019. – № 3. – С. 14 - 30. 5. Володин А.Ю. Цифровая история (digital history): виртуальная реальность или исследовательская практика? // Стены и мосты II: Междисциплинарные и полидисциплинарные исследования в истории. –М.: 2014. –С.140-147. 6. Володин А.Ю. «Цифровая история»: ремесло историка в цифровую эпоху // Электронный научно-образовательный журнал «История», 2015. T.6. Выпуск 8 (41). 7. Хроленко А.Т. Современные информационные технологии для гуманитария: практ. рук. А.Т. Хроленко, А. В. Денисов. – М.: Флинта: Наука, 2010. 8. https://ru.wikipedia.org/wiki/Цифровая_история 9. https://ru.abcdef.wiki/wiki/Digital_history 2 10. https://openedu.ru/course/hse/DIGHIST/ Bugungi kunda tarix fani yangi bosqichga ko‘tarilib, uning sahifalarini yanada boyitish va kengaytirishda unga yangi innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish muhim rol o‘ynaydi. Jamiyatning barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarning fikrlash darajasining kengayishi, axborot olish imkoniyatining osonlashishi, tarix fanini o‘qitish jarayonida innovatsion texnologiyalar, jumladan raqamli texnologiyalar bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda. Ushbu fan tarixiy tadqiqotlar tizimida ham o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish orqali raqamli tarix fani bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu o‘rinda tarixiy tadqiqotlar masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, – tarixiy tadqiqotlar kognitiv (lotincha – cognitio — «bilish») faoliyatning o‘ziga xos turi sifatida tarixiy haqiqatning kognitiv modellashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, uning maqsadi ma’lum ilmiy vositalar va ilmiy-tadqiqot ishlari orqali yangi tarixiy bilimlarni olishdir. Tarixiy tadqiqotlar: 1) belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan yangi bilimlarni olishga qaratilgan nazariy va empirik jarayonlar tizimi; 2) yangi bilimlarni yaratishdan iborat bo‘lgan maxsus bilim faoliyati. Ilmiy-tadqiqotlar natijasida tarixiy bilimlar tarixiy haqiqatning turli modellarini tarixiy fan tilida ramziy shaklda ifodalangan rasmiy ravishda tuzilgan tasvirlar yoki tasavvurlar sifatida ifodalaydi. Tarixiy tadqiqotlarning zaminida Download 245.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling