1-mavzu: kirish. Fanning mohiyati va uni ishlab chiqarishdagi o‘rni


Download 0.68 Mb.
bet10/67
Sana10.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1187039
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   67
Bog'liq
mehnat tex xarita

Mahalliy isitishelektrik, gazli yoki boshqa turdagi issiqlik manbaidan (ko‘mir, o‘tin va b.) foydalanuvchi isitish jihozlari yordamida amalga oshiriladi va ular asosan asosiy ishlab chiqarish binolaridan uzoqda joylashgan binolarda hamda mashina va traktorlarning kabinalarida ishlatiladi. Markaziy isitish suv, bug‘, suv-bug‘ va havo bilan
ishlovchi qurilmalarga bo‘linadi.
Suv bilan isitish qurilmalari foydalanish jihatidan eng qulay va oddiy hisoblanadi. Markaziy suv bilan isitish tizimlarida issiqlik ta-shuvchi sifatida qaynoq suvdan foydalaniladi. Isitish jihozlari sifatida esa silliq va qovurg‘asimon quvurlar hamda radiatorlar ishlatiladi.
Ushbu shakldan ma’lumki, qaynoq suv bug‘ qozonidan ochiq kengaytiruvchi idishga kelib tushadi va u isitish jihozlaridan yuqorida o‘rnatilgan bo‘ladi. Keyin esa, suv o‘z oqimi bilan isitish jihozlariga, isitish jihozlaridan esa qaytib yana qozonga tushadi. Kengaytiruvchi idish suvni qaynashi natijasida kengayishini muvozanatlashtiradi hamda trubalarni ishdan chiqishdan saqlaydi. Bundan tashqari, bu idish yordamida tizimga kirib qolgan havo chiqarilib yuboriladi.
Suvning bunday sirkulatsiyalanish shakli tabiiy yoki gravitatsion tizim deb ataladi. Bunday tizim suv qaynatish qozonlaridan eng uzoq joylashgan isitish jihozlarigacha bo‘lgan masofa 50 metrdan ortiq bo‘lmagan hamda qozon bilan eng pastda joylashgan isitish jihozi orasidagi vertikal masofa 3 m.dan kam bo‘lmagan hollarda ishlatiladi. Chunki shunday bo‘lgan taqdirdagina tabiiy suv aylanish jarayoni amalga oshadi.


Nazorat savollari

  1. Ishlab chiqarish sanitariyasi nima?

  2. Mehnat sharoitlari necha tur omillarga ajratiladi?

  3. Mehnat gigiyenasi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O‘zbekiston Respubiikasining Konstitutsiyasi. Toshkent, «O‘zbekiston», 1992-у.


2. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, «Sharq», 1998 у.
3. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. Toshkent, 1996-у.
4. O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni. Toshkent, l 993-у.
Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi
1.1.O`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi modeli.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling