1-Mаvzu. Kirish. Fanning vazifasi, maqsadi. Kimyoning asosiy qonunlari. Reja


Energiya bir turdan ikkinchisiga o‘tayotganda to‘liq saqlanib qoladi va yo‘qolmaydi. 2


Download 444.37 Kb.
bet11/16
Sana02.01.2022
Hajmi444.37 Kb.
#189577
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1 МАВЗУ fc5e8d4c48241985eb0b1c8301031d18

1.Energiya bir turdan ikkinchisiga o‘tayotganda to‘liq saqlanib qoladi va yo‘qolmaydi.

2.Energiyasi kamroq bo‘lgan holatlarning turg‘unligi yuqoriroq, shuning uchun ular energiyasi yuqoriroq bo‘lgan holatlarga nisbatan avzalroqdir.

Ko‘rib chiqilayotgan to‘rtta sistema 1.3 rasmda tasvirlangan.

●Yerdan ko‘tarilgan massa (1.3a rasm). Jism ko‘tarilganda uning potensial energiyasi ortadi (energiya jismning holati bilan belgilanadi). Jism polga (yerga) tushayotganda uning ortiqcha potensial energiyasi kinetik energiyaga aylanadi (bu energiya harakat bilan belgilanadi). Jism poldan balandda bo‘lganda uning potensial energiyasi yuqori va butun sistemaning stabilligi kamroq. Jism pastga tushayotganda potensial energiyaning kamayishi hisobiga butun sistemaning stabilligi ortadi, chunki potensial energiyaning bir qismi kinetik energiyaga o‘tadi.

● Ikkita shar spiralga mahkamlangan (1.3v rasm). Sharlar bir-biridan uzoqlashtirilganda prujina cho‘ziladi va bunda sistemaning potensial energiyasi ortadi. Sharlarni qo‘zg‘olmas holatdan ozod qilinganda potensial energiyaning bu o‘zgarishi kinetik energiyaga o‘tadi. Ikkita shar va cho‘zilgan prujinadan iborat sistemaning stabilligi kamroqdir (katta potensial energiyaga ega).





A. Gravitatsion sistema. Ma’lum massali jism ko‘tarilganda uni potensial energiyasi kattaroq bo‘ladi va jism polga tushayotganda uning bir qismi kinetik energiyaga o‘tadi.

B. Prujinaga maxkamlangan 2 shardan iborat sistema. Prujina cho‘zilgan holatda potensial energiya yuqoriroq. Prujinani siqqanda sharlarning harakati bilan u kinetik energiyaga o‘tadi.

● Ikkita qarama-qarshi zaryadlangan zarrachalar (1.3s rasm). Ikkita qarama-qarshi zaryadlangan zarrachalar bir-biridan uzoqda bo‘lganda sistemaning potensial energiyasi ortadi (chunki elektrostatik kuchlar ushbu zarrachalarni birlashtirishga intiladi) va bu ortiqcha energiya zarrachalarning bir-biriga harakati tufayli intensiv energiyaga o‘tadi, bunda sistema barqarorroq holatga o‘tadi, chunki potensial energiya kamayadi.



● Yonilg‘ini yondirish va bunda hosil bo‘ladigan mahsulotlar (chiqayotgan gazlar). Ayrim zarrachalar boshqalariga nisbatan kattaroq potensial energiyaga ega. Masalan, benzin va kislorod ulardan hosil bo‘lgan gazlarga nisbatan kattaroq kimyoviy potensial energiyaga ega. Bu farq kinetik energiyaga o‘tadi, u esa avtomobilni harakatga keltiradi. Xuddi shunday, iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va havo bilan, buning natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilar orasidagi potensial energiyaning farqi bizning harakatlanishimiz, o‘sishimizni, temperaturani va normal hayot faoliyatini ta’minlaydi.


C. Qarama-qarshi zaryadlangan zarrachalar sistemasi. Zarrachalar ajratilgan holatda potensial energiya yuqori, zarrachalar yaqinlashganda uning bir qismi kinetik energiyaga o‘tadi.





    1. Download 444.37 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling