paxta yoki zig`ir tolali gazlama bo'lagi, chizmachilik asboblari: 1 m
li uzun
lineyka, masshtab lineykasi va uchburchak chizg`ichlar; knopkalar; 50-
raqamli oq ip; ignalar; BF-2 yelimi va uchi to'mtoq pichoq.
11.Mavzu: Gazlama koldiklaridan keng iste’mol buyumlarini yasash.
Oshxona anjomlari. Gazlama koldiklaridan
unumli foydalanishning
axamiyati, oshxona anjomlari turlari
Oilada ayollarga eng kerakli hunarlardan biri-bu tikish-bichishni bilishdir.
Bu hunar orqali biror buyumning-kiyimni tikish bezash bilan birga, qolgan
gazlama bo`laklaridan esa ro`zg`orda ishlatiladigan biror buyum tayyorlash
mumkin. YOshlarga gazlama qoldiqlaridan tayyorlanadigan buyumlarni o`rgatish
orqali ularga nafaqat bilim
beriladi, balki iqtisodiy tarbiya ham berib boriladi.
Gazlama qoldiqlari bilan ishlash, bir tomondan, iflosgarchilikni oldini olsa,
ikkinchi tomonddan yoshlarni sabr-toqatga, nazokatga, bo`sh vaqtdan unumli
foydalanishga undaydi. Tayyorlanayotgan buyumning badiiy echimini xal qilish
orqali esa ularda ijodkorlik qobiliyatlari rivojlanadi.
Bizni o`rab turadigan muhit qulay hamda go`zal bo`lishi kerak. SHuning
uchun nafaqat xona
anjomlarini, balki oshxona anjomlarini ham badiiy did bilan
tayyorlashimiz zarur.
Oshxona uchun komplekt anjomlarga: parda, dasturxon va salfetkalar,
sochiq, choynak uchun istigich, choynak ushlagich, fartuklar kiradi. Bularni
tayyorlash uchun och rangdagi zig`ir, paxta tolali matolardan foydalansa bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: