1-mavzu. Kirish. Kompyuter grafikasi va dizayn haqida asosiy tushunchalar. Kompyutеr grafikasi paketlarining asosiy tushunchalari


Download 1.14 Mb.
bet11/17
Sana21.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1374201
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
kg daftar

CorelDRAW muharriri
CorelDRAW - bu Kanadaning Corel korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan vektor grafik muharriri.
CorelDRAW to'plami, shuningdek, Corel PhotoPaint rastr grafik muharriri va ekrandan tasvirlarni olish uchun Corel Capture kabi boshqa dasturlarni o'z ichiga oladi. Corel Trace rastr grafiklari uchun vektorlashtirish dasturi mustaqil dastur sifatida paketga kiritilgan.
CorelDRAW Graphics Suite Microsoft Windows
(7; 8; 10) va macOS (10.14; 10.13 yoki 10.12 oxirgi
nashri) uchun mavjud

Kodlashtirishning vektorli usulida geometrik shakllar, egri va to‘g‘ri chiziqlar, aylana, kvadrat, ellips, qism tasvirlar kompyuter xotirasida matematik formula kabi geometrik abstraksiyalar ko‘rinishida saqlanadi. Masalan, aylana shaklini kodlashtirish uchun u alohida piksellar ko‘rinishida bo‘lishi shart emas. Uning radiusi, markaziy nuqta koordinatalari va rangining xotirada saqlanishi yetarli bo‘ladi. To‘rtburchak uchun esa uning tomonlari uzunligi, joylashuv o‘rni va rangini xotirada saqlash lozim. Matematik formulalar yordamida turli xildagi shakllarni izohlash mumkin. Murakkab shakllarni chizishda bir nechta oddiy shakllardan foydalaniladi.



Adobe Illustrator - bu logotiplar, diagrammalar, grafiklar va vektor tasvirlarni yaratish uchun ishlatiladigan mashhur professional dastur. Ilovada ishlash uchun sizga ozgina malaka kerak bo'ladi, chunki yaxshi, yuqori sifatli tasvirni yaratish uchun siz hech bo'lmaganda asosiy narsalarni o'zlashtirishingiz kerak. Vektorli tasvirlarning asosiy afzalligi shundaki, tasvir sifatini yo'qotmasdan tasvirni xohlaganingizcha kattalashtirish mumkin. Bundan tashqari, vektor rasmlari rastrga qaraganda ancha kam joy egallaydi.

__________
7-mavzu. Rastrli grafikaning o’ziga xosliklari.
Rastr elementlari markazlari orasidagi bo‘shliqlarni kamaytirish orqali bir xil rangni, masalan, qora rangni hosil qilish mumkin. Bu usul amplitudali modulatsiyalash deb ataladi.
Chastotali modulatsiyalash usulida ton intensivligi yonma-yon joylashgan bir xil o‘lchamli nuqtalar orasidagi masofa o‘zgarishi bilan tartibga solinadi. Boshqacha qilib aytganda, chastotali modulatsiyalangan rastrlarda har xil intensivli rastr yacheykalarda boshqa-boshqa sonli nuqtalar mavjud bo‘ladi. Chastotali modulatsiya usuli optimal usul bo‘lib, tasvirlar aniqroq hosil bo‘ladi.

Stoxastik rastrlar usuli deb ataluvchi rastrlashda tasvir chastotali modulatsiyaga qaraganda aniqroq hosil bo‘ladi. Bu usulda muayyan rastr yacheykasida talab qilinadigan tasvrni hosil qilish uchun nuqtalar soni hisoblanadi. Keyin esa yacheyka ichida shu nuqtalar oraliqlari bir xil bo‘lmagan holda joylashtiriladi. Shuning uchun bu usulda rastr liniaturasi tushunchasi o‘z kuchini yo‘qotadi. Bu usul bilan ishlash uchun maxsus resurslar mavjud bo‘lishi kerak va u poligrafiyada qo‘llaniladi.

Ton intensivligi (yorug‘ligi) 256 bosqichdan iborat bo‘ladi. Yuqori bosqich inson ko‘ziga ta’sir qilsa, past bosqichda tasvir yaxshi hosil bo‘lmaydi. 256 bosqichga erishish uchun rastr yacheykasining kattaligi 256 = 16 x 16 nuqta bo‘lishi kerak.
Odatda, lazerli printerlar uchun 65–100 lpi, gazetalar uchun 65– 85 lpi, jurnal va kitoblar uchun 85–133 lpi, tijorat-reklamalar uchun 133–300 lpi liniaturadan foydalaniladi.

Tonli tasvir sifatini dinamik diapazon (D) degan tushuncha orqali aniqlanadi.


Odatda, optik muhitlar uchun (yorug‘lik o‘tkazuvchi) dinamik diapazon noldan to‘rtgacha, yorug‘likni qaytaruvchi tekislik uchun noldan ikkigacha bo‘ladi.

Rastrrli grafika bo‘yicha hosil qilinadigan tasvirlar yuqori aniqlik va ranglar jilosidan foydalanishni talab qiladi. Ammo bunday tasvirlarning aniqligini oshiruvchi «ruxsat»ning kattalashuvi fayl hajmining keskin oshishiga olib keladi. Masalan, 10 x 15 santimetrli fotosurat 200–300 dpi ijozatli tasvir TIFF formatda 4 Mbayt hajmga ega. A4 formatli rangli surat 120–150 Mbayt bo‘ladi.

Agar maxsus choralar ko‘rilmasa, rastrli tasvirlarni kattalashtirish tasvirining asl holati buzilishiga olib kelishi mumkin. Chunki rastrli grafikada tasvirni aniq sondagi nuqtalar (piksellar) hosil qiladi. Shaklni kattalashtirganda nuqtalar sonini oshirish mumkin bo‘lmaganligi sababli ba’zi bir buzilishlar hosil bo‘lishi mumkin.

Bu hol ro‘y bermasligi uchun original (asl) tasvirni oldindan raqa- mlashtirish kerak bo‘ladi. Bu usulga o‘xshash boshqa usul, ya’ni ma’lum diapazonda piksellashtirish effektini kamaytiruvchi stox- astik rastrlashni qo‘llash kerak bo‘ladi va, nihoyat, masshtablashtirishda interpolatsiya usuli oraliq qo‘shimcha nuqtalarni qo‘shish orqali tasvir kattaligini oshirish keng qo‘llaniladi.





Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling