1-mavzu. Kirish. Kompyuter grafikasi va dizayn haqida asosiy tushunchalar. Kompyutеr grafikasi paketlarining asosiy tushunchalari


ajratiladi: • Vizual maxsus effektlar (VFX)


Download 1.14 Mb.
bet14/17
Sana21.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1374201
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
kg daftar

ajratiladi:
Vizual maxsus effektlar (VFX) – optik effektlar (murakkab
tasvirga olish usullari yordamida yaratilgan effektlar), shu bilan
birga kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan effektlar.
Mexanik maxsus effektlar – (SFX) mexanik (fizik) effektlar
bo‘lib, tasvirga olish oldidan materiallarga qayta ishlov berishni
nazarda tutadi. Bularga modellar yasash, pirotexnika va texnik
moslamalardan, maxsus grimdan foydalashi kabilar kiradi.

Maxsus effektlar o‘zining turlari bo‘yicha asosiy to‘rt guruhga bo‘linadi:
1) Mexanik effektlar (qo‘g‘irchoqlar, turli xil mexanik mulyajlar va boshqa barcha mexanik qurilmalar, tasvirga olish maydonchasidagi (animatronikslar));
2) Optik (bu qismga kamera yordamida yaratiladigan effektlar, masalan: naplvlar, ikki karra yoki ko‘p marta ekspozisiyalash usullari, turli maskalar va xokazolar kiradi.);

3) Grim (pardoz) – (tasvirga olish maydonchasida xayoliy (fantastik)
qahramonning tashqi ko‘rinishi, kiyimlari ustida ish olib borish, turli
xildagi lateks niqoblar yaratishni o‘z ichiga oladi;
4) Raqamli (kompyuter) maxsus effektlar – kompyuter
yordamida amalga oshiriladigan maxsus effektlar. Ular o‘zida nisbatan
ancha keng bo‘lgan imkoniyatlarni qamrab olib, sun'iy yomg‘ir, shamol
yaratishdan tortib to qahramonlarning uch o‘lchamli modellarini
yaratishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi).

Bundan tashqari, maxsus ovoz va shovqin effektlari (Sound FX)


ham mavjud. Ular ham tasvirlarga nisbatan haqqoniylik xissini
kuchaytirib o‘ziga xos illyuziya uyg‘otish yo‘lida elekvositalardan
biri hisoblanadi.

Aksariyat hollarda kino yaratish jarayonida sanab o‘tilgan maxsus effektlar turlarining


barcha xillaridan turli nisbatda foydalaniladi. Ushbu fanda ko‘proq kompyuter maxsus
effektlari ko‘rib chiqiladi. Biroq bu ishning mohiyatini ochib berishda foydalanilgan
filmlarda maxsus effektlarning boshqa turlari ham foydalanilmagan degani emas.
Zamonaviy kompyuter effektlari ham bir necha yo‘nalishlarga bo‘linadi:

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling