1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish
- Mavzu. Kon – qazish ishlarida xavfsizlik qoidalari
Download 172.62 Kb.
|
xavsizlik metodichka
6 - Mavzu. Kon – qazish ishlarida xavfsizlik qoidalari
61. Qazilmagohlarni mahkamlash uchun qo’llaniladigan materiallar davlat standartlari talablariga javob berishi kerak. 62. Barcha kon qazilmagohlarini mahkamlash o’z vaqtida va ular uchun tasdiqlangan mahkamlash va shiplarni boshqarish pasportlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Mahkamlash va shiplarni boshqarish pasportlari namunaviy bo’lishi, lekin ularda har qaysi bajariladigan qazilma bo’yicha konkret sharoitlar aks ettirilishi kerak. Mustahkamlash inshooti orqasidagi barcha bo’shliqlar bekitilishi yoki tosh tashlab mustahkamlanishi kerak. Pasportlar uchastka boshlig’i tomonidan «SHaxtalarda kon qazilmagohlarining mahkamlash va shiplarni boshqarish pasportlarini tuzish bo’yicha yo’riqnoma» (2-ilova) ga muvofiq ishlab chiqiladi va shaxta boshlig’i yoki bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi. Kon-geologiya va ishlab chiqarish sharoitlari yomonlashganda qazilmagohlarda kovlash ishlari pasport qayta ko’rib chiqilgunga qadar to’xtatilishi kerak. Uchastka ishchilari va muhandis-texnik xodimlari ishlarni bajarish boshlangunga qadar mahkamlash va shiplarni boshqarish pasportlari bilan tanishishlari va buni imzolari ilan tasdiqlashlari kerak. 63. Agar qaziladigan joy mustahkam va doimiy muzloq jinslardan tashkil topgan bo’lib, qazilmagoh shakli gumbazsimon va kesimlarining o’lchamlari tasdiqlangan pasportlarga muvofiq bo’lsa, mahkamlamasdan kovlash va qoldirish mumkin. Yuzadan kovlanadigan barcha qazilmagohlarning og’izlari mahkamlanishi shart. Mahkamlanadigan uchastka uzunligi loyihada belgilanadi. Qiya va vertikal qazilmagohlarning o’zaro va gorizontal qazilmalar bilan tutash joylari u yerdagi jinslarning mustahkamligidan qat’iy nazar; gorizontal qazilma tutashuvlari esa ulardagi jinslar nomustahkam va o’rtacha mustahkamlikda bo’lganda mahkamlanishi kerak. Skreperlash, elash va qavat osti gorizontlarida gorizontal, qiya va vertikal qazilma tutashuvlarini mahkamlash zaruriyati kon-geologiya sharoitlariga qarab loyihada yoki mahkamlash pasportida belgilanishi kerak. 64. Qazilmagohlarning ko’ndalang kesimlari yer osti qazilmalarining namunaviy kesimlariga muvofiq bo’lishi kerak. Qazilmagohlarning minimal ko’ndalang kesimlari quyidagicha belgilanadi:
b) balandligi kamida 1,8m² bo’lgan ventilyatsiya va oraliq shtreklari va nishabliklari, shuningdek drenaj shaxtalarining qazilmagohlari uchun kamida 3,0m²; v) ventilyatsiya qo’zg’atuvchilari, tenglashtirgichlar va h. lar uchun kamida 1,5m²; 65. Yuk tashiladigan barcha gorizontal qazilmagohlarda ularning to’g’ri chiziqli uchastkalarida mahkamlash inshooti, qazilmagohlarda joylashgan uskunalar, quvurlar va poezd gabaritining eng ko’p chiqib turuvchi cheti o’rtasida kamida 0,7m (odamlar erkin o’tishi uchun), boshqa tomondan esa yog’och, metall va rama konstruktsiyali temir-beton va beton mahkamlash inshootida kamida 0,25 m va monolit beton, tosh va temir-beton mahkamlash inshootida kamida 0,2m masofa (oraliq) bo’lishi kerak. Odamlar erkin o’tishi uchun qoldirilgan masofa (oraliq) ning ko’rsatilgan kengligi qazilma balandligi bo’yicha kamida 1,8m da saqlanishi kerak. Yuk konveyer yordamida tashiladigan qazilmagohlarda o’tish joyining kengligi bir tomondan kamida 0,7m, ikkinchi tomondan esa kamida 0,4m bo’lishi kerak. Konveyer lentasining tepa yuzasidan qazilma tepasi yoki shipigacha masofa kamida 0,5m, tortqi va uzatma kallaklar yaqinida esa kamida 0,6m bo’lishi kerak. Odamlar uchun erkin o’tish joylari qazilmagohning butun uzunligi bo’yicha faqat bir tomonda ko’zda tutilishi kerak. Ikki yo’l oralig’i (ikkita parallel to’g’ri yo’l o’qlari o’rtasidagi masofa) kengligi qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanayotgan elektrovoz (vagonetka) lar o’rtasidagi oraliq elektrovoz (vagonetka) gabaritining eng ko’p chiqib turuvchi cheti bo’yicha kamida 0,2m bo’lishini hisobga olgan holda belgilanishi kerak. Ushbu paragrafda ko’rsatilgan oraliqlar burilishlarda ham saqlanishi kerak. Qazilmagoh tuprog’i odamlar erkin o’tishi joyi tomonidan tekislanishi yoki to’shama yotqizilishi kerak. Eshiklar va ulagich (ventilyatsiya, yong’inga qarshi va h.) lar o’rnatilgan joylarda poezd gabariti va eshik tuynugi (yondori) ning devori o’rtasidagi oraliq kamida 0,5m bo’lishi kerak. Agar odamlar o’tishi uchun kamida 0,5m kenglikdagi maxsus eshiklar bo’lsa, erkin o’tish joyi tomondan poezd gabariti va eshik yondori o’rtasidagi oraliq 0,2m gacha qisqartirilishi mumkin. Izoh: Yer osti qazilmagohlarida o’zi yurar uskunalardan foydalanish «Er osti konlarida ichki yonuv dvigatelli mashinalardan xavfsiz foydalanish bo’yicha yo’riqnoma» talablari bilan tartibga solinadi. 66. Ikki yo’lli qazilmagohlarda kapital yuk ortish va tushirish punktlari (bunkerlar, rudani tushirish, kon jinslarini tushirish joylari) yaqinidagi vagonetkalarni ulash va uzish, manyovrlash ishlari bajariladigan joylarda, shuningdek kletь stvollarining bir yo’lli (yukli va bo’sh poezdlar harakatlanadigan tarmoqlar) stvol oldi qazilmagohlarida mahkamlash inshooti yoki qazilmagohlarda joylashtiriladigan uskunalar va quvurlardan poezd gabaritining eng ko’p chiqib turuvchi chetigacha masofa qazilmagohning ikkala tomonidan kamida 0,7m bo’lishi kerak. Ikki yo’lli qazilmagohlarda yo’llar o’rtasida odamlar o’tish joylarini qurish ruxsat etilmaydi. Barcha qazilmagohlarda poezdga odam chiqadigan joylarda poezdning butun uzunligida kamida 1,0m kenglikda erkin o’tish joyi bo’lishi kerak. 67. Qo’zg’atuvchilarning, shu jumladan kovlanayotganlarining, yuriladigan bo’limlari ruda yoki material bo’limlaridan to’siq bilan ajratilishi va ularda soz holatdagi polka va narvonlar bo’lishi kerak. Izoh: Mazkur talab qo’zg’atuvchilarni KPV turidagi kovlash komplekslari, osma kletlar bilan va sektsiyali portlatish usuli yordamida kovlashga joriy etilmaydi. Qo’zg’atuvchilarni osma kataklar yordamida kovlash paytida katak ichidagi kon kovlovchi ishchilar va lebyodka mashinisti o’rtasida ikki tomonlama ishonchli aloqa bo’lishi kerak. 68. SHurf va shaxtalarning og’izlari atrofidagi taxtasupa va bo’sag’alar muntazam ravishda kon jinslari, qor va muzdan tozalanishi kerak. Kon jinslari, ruda va materiallar qazilmagohlarning og’izlaridan ularning qazilmagohga tushib ketishiga yo’l qo’ymaydigan masofada taxlanishi kerak. 69. Agar yaqin-atrofda almashtirish uchun mahkamlash materiallari zahirasi bo’lmasa, nomustahkam jinslarda kon qazilmagohlarini kovlash ta’qiqlanadi. 70. Kon kovlash komplekslari yordamida qazilmani kovlash ishlari «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi bilan kelishilgan maxsus yo’riqnomalarga muvofiq bajarilishi kerak. Download 172.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling