Xavfsizlik qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik
.1. Mazkur Qoidalarning buzilishida aybdor bo’lgan foydali qazilmalarni yer osti usuli yordamida qazib olish ishlarini olib borayotgan korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslari, shuningdek ushbu korxona va tashkilotlar uchun loyihalash, konstruktsiyalash va boshqa ishlarni bajaruvchi muassasalarning muhandis-texnik xodimlari ushbu qoidabuzarlik avariya yoki baxtsiz hodisaga olib kelganligi yoki olib kelmaganligidan qat’iy nazar shaxsan javobgarlikka tortiladilar. Mansabdor shaxslar tomonidan qo’l ostidagilarni xavfsizlik qoidalari va ularning yo’riqnomalarini buzishga undovchi ko’rsatma yoki buyruqlar berilishi, "Sanoatkontexnazorat" Davlat inspektsiyasi organlari, texnik mehnat inspektsiyasi tomonidan to’xtatilgan ishlarni o’zboshimchalik bilan davom ettirilishi, shuningdek ushbu shaxslar tomonidan ularning ishtirokida qo’l ostidagilar mansabdor shaxslar yoki ishchilar yo’l qo’ygan qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralarining ko’rilmasligi qoidalarni qo’pol tarzda buzilishi hisoblanadi.
Qoidabuzarlikning xususiyati va ularning oqibatlariga qarab ko’rsatilgan barcha shaxslar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ishchilar tomonidan ishlarning xavfsiz usullari bo’yicha yo’riqnomalarda ko’rsatilgan ularning kasblariga doir xavfsizlik talablari bajarilmaganda ular qoidabuzarlikning xususiyatiga qarab O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Yakuniy qoida
Mazkur Qoidalar O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, Navoi tog’ metallurgie kombinati Davlat korhonasi, Olmalik tog’ metallurgiya kombinati Ochiq aktsiyadorlik jamiyati va O’zbekkýmir Ochiq aktsiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |