1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish


Kasbiy kasalliklar profilaktikasi


Download 172.62 Kb.
bet33/36
Sana05.01.2022
Hajmi172.62 Kb.
#231662
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
xavsizlik metodichka

Kasbiy kasalliklar profilaktikasi

. Istisno hollarda, chang hosil bo’lishi bilan bog’liq ishlarda boshqa chang bilan kurashish vositalaridan foydalanish imkoniyati bo’lmaganda, «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi organlari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati bilan kelishilgan holda changga qarshi respiratorlardan foydalanish ruxsat etiladi.

CHangga qarshi respiratorlardan foydalaniladigan shaxtalarda respiratorlarni saqlash, tekshirish, tozalash va ta’mirlash uchun xonalar bo’lishi kerak. Respiratorlar har kuni tekshirilishi va, bundan tashqari, ularning sozligi har oy chang ventilyatsiya xizmati boshlig’i tomonidan tekshirilishi, tekshiruv natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak.

Ishlarni bajarish paytida chang hosil bo’ladigan barcha joylarda changlanishni tahlil qilish uchun silikoz xavfi bo’lgan zaboylarda – kamida bir chorakda ikki marta, boshqa zaboylar va chang hosil bo’ladigan joylarda – chorakda bir marta havodan namuna olinishi kerak.



Izoh: Silikoz xavfi bo’lgan tozalash zaboylarida changlanishni tahlil qilish uchun havo namunasi bir oyda bir marta olinishi kerak.

CHanglanishni tahlil qilish uchun havo namunasi olinadigan joylar chang ventilyatsiya xizmati boshlig’i tomonidan belgilanishi va shaxta bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Havo namunasi «Kon havosining changlanganligini aniqlash bo’yicha yo’riqnoma» ga muvofiq olinishi kerak.

Tibbiy ko’rikda bajariladigan ishlarda foydalanish uchun to’sqinlik qiladigan kasalliklar mavjudligi aniqlangan shaxslar vrachlar komissiyasi xulosasiga asosan zudlik bilan boshqa ishga o’tkazilishi kerak.


Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling