1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish


Download 172.62 Kb.
bet34/36
Sana05.01.2022
Hajmi172.62 Kb.
#231662
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
xavsizlik metodichka

Sanitariya-maishiy xonalar

1. Har qaysi shaxtada Sog’liqni saqlash vazirligi me’yorlariga muvofiq erkaklar va ayollar uchun alohida sanitariya-maishiy xonalarga ega ma’muriy-maishiy kombinat bo’lishi kerak. Kombinatlar shaxta binolari yaqinida joylashishi va ular bilan sovuqdan himoyalangan yopiq o’tish yo’llari orqali ulanishi kerak.

SHaxta qurilishi boshlanganda dushxona va garderoblar qurilishi kerak.

Yuvinish uchun shaxta suvidan faqat tuman Sanitariya-epidemiologiya nazoratining ruxsati bilan foydalanish mumkin.

Yaqin joylashgan mayda shaxtalar guruhi uchun bitta maishiy kombinatdan foydalanishga shaxtalardan ishchilarni maxsus jihozlangan transport (avtobus) da olib kelish sharti bilan ruxsat etiladi.

2. Sanitariya-maishiy xonalarda dahliz, uy kiyimlarini saqlash uchun mo’ljallangan bo’linmaga ega yechinish xonasi, dushxona, maxsus kiyimlarni saqlash uchun mo’ljallangan bo’linmaga ega yechinish xonasi, ayollarning shaxsiy gigiena xonasi, mexanik kir yuvish xonasi, maxsus kiyim va maxsus poyabzalni tuzatish ustaxonasi, ho’l maxsus kiyimni quritish xonasi, sartaroshxona, dezinfektsiya kamerasi, maxsus kiyimni changdan tozalash, poyabzalni tozalash va yuvish qurilmasi o’rnatilgan xona, isitiladigan hojatxonalar, farroshlar jihozlari saqlanadigan xona va sog’liqni saqlash organlarining talablari bo’yicha nurlatish xonasi. Maxsus kiyimlar saqlanadigan bo’linmalardagi joylar soni yuzada band bo’lgan, shuningdek qora ishlarda band bo’lgan barcha ro’yxatdagi ishchilar soniga, uy kiyimlari uchun esa – ko’rsatilgan toifadagi muhimroq smenalarda band bo’lgan ishchilar soniga to’g’ri kelishi kerak.

3. Yechinish xonasi va dushxonalarning o’tkazish imkoniyati eng ko’p ishchi ishlaydigan smena yuvinish va kiyinish uchun ko’pi bilan 45 minut sarflashini ta’minlashi kerak.

4. Dushxonalar har bir yuvinuvchiga 120 l iliq (37°S haroratli) suv hisobidan issiq va sovuq suv bilan ta’minlanishi va rostlovchi kranli aralashtirgichlarga ega bo’lishi kerak. Rostlovchi kranlarda «SOVUQ», «ISSIQ» ko’rsatgichlari bo’lishi va har xil rangga bo’yalgan bo’lishi yoki tegishli yozuvlar bo’lishi kerak. Bug’ va issiq suv quvurlari izolyatsiyalangan va kamida 2 m balandlikda to’silgan bo’lishi kerak.

5. Yechinish xonalarida umivalnikli va avtomatik tarzda yuvib oqizadigan unitazli hojatxonalar bo’lishi kerak.

6. Dushxona va maxsus kiyim saqlanadigan bo’linmali kitsinish xonasining poli va shipi suv o’tkazmaydigan materialdan qurilgan bo’lishi kerak. Bu xonalarda pol va devorlarni yuvish uchun shlangli kranlar o’rnatilgan bo’lishi kerak.

7. Barcha sanitariya-maishiy xonalarda amaldagi me’yorlarga muvofiq ventilyatsiya bo’lishi kerak.

8. Uy kiyimlari va maxsus kiyimlari saqlanadigan bo’linmada shkaflar yoki poyabzal uchun alohida moslamali ochiq ilgichlar o’rnatilgan bo’lishi kerak.

9. Har qaysi shaxtada zaruriyat tug’ilganda, lekin kamida bir oyda ikki marta maxsus kiyimlarni yuvish va poyabzal, maxsus kiyimlarni tuzatish ishlari bajarilishi kerak.


Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling