1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish


Download 172.62 Kb.
bet29/36
Sana05.01.2022
Hajmi172.62 Kb.
#231662
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
xavsizlik metodichka

3. Umumiy talablar

3.1. Foydalanishda bo’lgan, qurilayotgan va rekonstruktsiya qilinayotgan barcha shaxtalarda kon qazilmalarida yong’in chiqishini oldini oladigan, shuningdek ularni tez bartaraf etish yoki lokallashtirish imkonini beradigan yong’inga qarshi tadbirlar bajarilishi kerak.

Yong’inga qarshi tadbirlar to’liq bajarilmagan yangi shaxtalar, gorizontlar, uchastkalar va bloklarni foydalanishga qabul qilish ta’qiqlanadi.

Yong’inga qarshi tadbirlar yangi yoki rekonstruktsiya qilinayotgan shaxtalarning loyihalariga, ishlab turgan va tayyorlanayotgan gorizontlarda kon ishlarini rivojlantirish rejalariga kiritilishi kerak.

3.2. Toza havo yuboriladigan stvollar, shtolnyalar, shuningdek shurflarda kopyorlar va shaxta usti binolar yonmaydigan materialdan qurilishi kerak.

Quyidagilar yonmaydigan materiallar bilan mahkamlanishi kerak:

a) toza havo yuboriladigan stvollar, shtolnyalar, shuningdek shurflarning og’izlari yuzadan kamida 10 m uzunlikda;

b) toza havo yuboriladigan stvollar, shtolnyalar, shuningdek shurflarning gorizontlar va stvololdi maydonlar qazilmalari bilan tutashuvlari kesishadigan gorizontal va qiya qazilmalarning tutash devorlaridan har tomonga kamida 10 m uzunlikda va shaxta stvoli bo’ylab – maydonning stvololdi qismi balandligida;

v) kapital nishabliklar, bremsberglar va ulardagi yurish yo’llari og’izlari va ushbu qazilmalarning otkatka va ventilyatsiya shtreklari bilan tutashuvlari kesishadigan qazilmalarning tutash devorlaridan har tomonga kamida 10 m uzunlikda.

Izoh: 1. Ishlab turgan shaxtalarda va shtolnyalarda yog’ochdan yasalgan kopyor va shaxta usti binolarni maxsus ishlab chiqilgan va trest (kombinat, ruda boshqarmasi) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yong’inga qarshi tadbirlar bajarilganda qoldirish ruxsat etiladi.

2. Drenaj shaxtalarga ushbu band talablari joriy etilmaydi.

3.3. Toza havo yuboriladigan shaxta va shurflarning og’izlarida metall lyadalar, shtolnyalarning og’izlarida esa metall eshiklar bo’lishi kerak. Bu qurilmalar qazilma kesimini oson va zich bekitishi va soz holatda saqlanishi kerak.

3.4. Barcha ventilyator binolari hamda asosiy ventilyator qurilmalari va bosim bilan havo beradigan yordamchi ventilyator qurilmalarining ventilyatsiya kanallari, shuningdek barcha kalorifer kanallar va ularning qazilmalar bilan tutashuvlari 10 m uzunlikda yonmaydigan materialdan qurilishi kerak. Ventilyatsiya kanallarida ular yopilganda tashqaridagi havoning shaxtaga kirishiga yo’l qo’ymaydigan mustaqil uzatmali ikkita metall klapan (zaslonka) o’rnatilishi kerak.

SHaxtalarning toza havo yuborish uchun mo’ljallangan ko’tarish stvollari og’izi yonmaydigan materialdan qurilgan va derazalariga panjara o’rnatilgan, ichkariga oson ochiladigan eshikli alohida binoga chiqadigan ventilyatsiya kanali bilan jihozlanishi kerak. SHaxta stvolida zina bo’linmasi bo’lganda ventilyatsiya yo’li unga ulangan bo’lishi kerak. Ushbu bino boshqa bino va inshootlardan SNiP II-89-80 «Sanoat korxonalarining bosh rejalari» da ko’zda tutilgan masofada joylashishi kerak.

Ushbu ventilyatsiya kanali (yo’li) ning shaxta stvoli zina bo’linmasi bilan tutashuvi shaxta og’zidan ventilyatsiya kanali (yo’li) shipigacha kamida 4 m chuqurlikda joylashishi kerak.

Ventilyatsiya yo’li zahira chiqish joyi vazifasini bajarishi va balandligi kamida 1,8 m va kengligi 1,4 m bo’lishi kerak.

Izoh: Agar kopyor va shaxta usti bino olovga chidamli materiallardan qurilgan va yer osti qazilmagohidan yuzaga kamida ikkita chiqish joyi bo’lsa, drenaj shaxtalarda zina bo’linmasining ventilyatsiya yo’li (kanali) bilan ulanmasi qurilmasa ham bo’ladi.

3.5. Moylash va artish materiallari bo’lgan shaxta usti binolar va xonalarda, shuningdek elektr mashina kameralarida, elektr podstantsiyalari va elektrovoz deposida, mahkamlash inshooti turidan qat’iy nazar, chekish va ochiq olovdan foydalanish ta’qiqlanadi. Bu haqida ko’rinadigan joylarda e’lonlar osib qo’yilishi kerak.

3.6. Yog’och va ko’mir omborlari, yonuvchan va o’z-o’zidan alanganuvchi jins va ruda otvallarini shaxta usti bino va inshootlariga 100 m dan yaqin masofada joylashtirish ta’qiqlanadi.

Qozonxona shlaklari, yonuvchan va o’z-o’zidan alanganuvchi jins va ruda otvallarini yonish mahsulotlari shaxta kirmasligi uchun shamolning qaysi tomonga ko’proq esishini hisobga olgan holda joylashtirish kerak.

3.7. Yer osti shaxtalarida burg’ilash bolg’alarini yuvish va tozalash ishlarini yonmaydigan materiallardan maxsus qurilgan, metall eshiklar bilan jihozlangan va yong’inga qarshi vositalar bilan jihozlangan kameralarda bajarish ruxsat etiladi.

3.8. Yer osti shaxtalarida vagonetkalarni moylash ishlarini faqat yonmaydigan mahkamlash inshootlari bilan mahkamlangan va yong’inga qarshi vositalar bilan jihozlangan maxsus ajratilgan joylarda bajarish ruxsat etiladi. Vagonetkalarni shaxta usti binolarda moylashga moylash ishlari bajariladigan joyning devorlari va poli temir bilan qoplangan va tegishli yong’inga qarshi vositalar mavjud bo’lgandagina ruxsat etiladi.

3.9. Moylash, artish materiallari va kerosin bekitiladigan metall idishlar (bochkalar, bidonlar, yashiklar) da shaxta bosh mexanigi tomonidan belgilangan, lekin har qaysi materialning sutkalik ehtiyojdan ortiq bo’lmagan, miqdorda saqlanishi kerak.

Moylash materiallari saqlanadigan va quyiladigan xonalarning poli yonmaydigan materialdan yasalgan, ustida qum sepilgan bo’lishi kerak. Qum ifloslanishi bilan yig’ishtirib olinishi va almashtirilishi kerak.

Ishlatilgan artish materiallari bekitiladigan metall yashiklar yoki chelaklarga tashlanishi va ularda shaxtadan chiqarilishi kerak.

Vagonetkalar, mashinalar, mexanizmlar va h. larni moylash faqat maxsus yopiq moslamalar (maslyonka, dozalash pipetkasi va h.) yordamida bajarilishi kerak.



Izoh: Kon qazilmagohlarida suyuq yoqilg’i, moylash materiallarini bir haftalik ehtiyojdan ortiq bo’lmagan miqdorda «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi bilan kelishilgan loyiha bo’yicha ushbu shaxta uchun qurilgan maxsus omborxonalarda saqlash ruxsat etiladi.

3.10. Gazsiz yer osti shaxtalari va shaxta usti binolarda payvandlash va avtogen ishlarini bajarish, shuningdek kavsharlash lampalaridan foydalanish «Er osti qazilmagohlari va shaxta usti binolarda payvandlash va gaz-olovli ishlarni bajarish bo’yicha yo’riqnoma» (8-ilova) ga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Muzlab qolgan quvurlarni isitish uchun latta va artish materiallarini yoqish ta’qiqlanadi. Qazilmagoh, lyuk va bunkerlarni ichiga yonib turgan yonuvchan materiallarni tashlab ko’zdan kechirish ta’qiqlanadi.



Izoh: Tuz shaxtalarida va kaliy shaxtalarining gazsiz uchastkalarida elektr (gaz) payvandlash ishlarini, agar ular toza va yog’och mahkamlash inshootlari bo’lmagan ish joyida bajarilsa, texnik nazorat xodimining ishtirokisiz amalga oshirish ruxsat etiladi.

3.11. Har bir shaxta, shtolьnya yong’inga qarshi qurilmalar bilan jihozlangan, shuningdek «SHaxtalarni yong’indan himoyalash bo’yicha yo’riqnoma» (9-ilova) ga muvofiq yong’inga qarshi tegishli uskuna va materiallar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.

Yog’och kopyorlar suv sepish tizimi bilan jihozlangan bo’lishi kerak.

3.12. Yong’inga qarshi materiallar, uskuna va moslamalarni saqlash uchun quyidagilar tashkil etilgan bo’lishi kerak:

a) har bir shaxta qoshida shaxta usti binodan ko’pi bilan 100 m masofada joylashgan va shaxta (shtolnya) stvoli bilan relьsli yo’llar orqali bog’langan omborxonalar;

yong’inga qarshi uskuna va materiallarni shaxta usti binoda joylashtirish ta’qiqlanadi. Omborxonani shaxta usti binoning yig’ma temir-betondan qurilgan izolyatsiyalangan xonasida joylashtirish ruxsat etiladi;

b) har bir ishlab turgan shaxta gorizontida yer osti omborxonalari.

Omborxonalarning har biri «SHaxtalarni yong’indan himoyalash bo’yicha yo’riqnoma» da belgilangan miqdorda o’t o’chirish vositalari, materiallari , asbob va jihozlari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.

3.13. Yer osti va yuzada joylashgan omborxonalardagi materiallarning mavjudligi va sifati uchun shaxsan shaxta boshlig’i javobgardir.

3.14. Yong’inga qarshi omborxonalardagi materiallardan avariyalarni bartaraf etish bilan bog’liq bo’lmagan ehtiyojlar uchun foydalanish ta’qiqlanadi. Yong’in va boshqa avariyalarni bartaraf etishda omborxonalardan sarflangan materiallar o’rni bir sutka ichida to’ldirilishi kerak.

3.15. Barcha yong’inga qarshi omborxonalar qulflangan va plombalangan bo’lishi kerak. Yong’inga qarshi materiallar omborxonalari (yuzada va yer ostida joylashgan) ning kalitlari shaxta boshlig’ining xonasida va shaxtaning dispetcherlik punktida ko’rinadigan joyda, oynali yashikda saqlanishi kerak. Avariya sodir bo’lganda omborxona qulflari buzib ochish ruxsat etiladi.

3.16. Tashqi o’t o’chirish vodoprovodi bo’lmagan shaxtalarda, yuzada sovuqdan himoyalangan yong’inga qarshi maxsus suv havzalari qurilishi va doim suv bilan to’ldirilgan holda saqlanishi kerak. Ularning sig’imi hisob-kitoblar orqali belgilanadi.

CHuqur gorizontlarni kavlashda yong’inga qarshi suv havzasi sifatida ishlatilmaydigan yuqori gorizontlarning suvni chiqarish qurilmalari suv yig’gichlaridan, shuningdek korxona bosh muhandisi tomonidan belgilanadigan miqdorda doimiy suv zahirasiga ega ishchi gorizontlardan foydalanish ruxsat etiladi.

Suv havzalari shaxtalargi diametri kamida 100 mm bo’lgan quvurlardan qurilgan o’t o’chirish vodoprovodi orqali ulanishi kerak. Suv havzasi yaqinida unumdorligi va bosimi shaxtani yong’indan himoyalash loyihasida belgilangan nasoslar (ishchi va zahira) o’rnatiladi. Nasoslar joylashgan binolar qishda isitilishi kerak.

3.17. Havo oqimi kiradigan qazilmagohlarda stvololdi maydonlar yaqinidagi barcha gorizontlarda ventilyatsiya oqimi bo’ylab oson yopiladigan yonmaydigan materialdan ikki qavatli eshiklar bo’lishi kerak. Har qaysi alohida holatda eshik o’rnatiladgan joylar loyihada belgilanadi, bunda eshiklar o’rtasidagi masofa kamida 10 m bo’lishi kerak.

3.18. Avariyalarni bartaraf etish rejasida ko’zda tutilgan joylarda oldindan tirqishlar va erkin o’tish joylarining Qoidalarida talab etilgan kattaligini ta’minlovchi tosh yoki beton kashaklar o’rnatilishi kerak.

Kashaklar o’rnatiladigan joylar va o’rnatish muddatlari, ularning soni Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi bilan kelishilishi va shaxta bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Har qaysi kashak yaqinida zarur hollarda izolyatsiyalanadigan uchastkaga nisbatan tashqi tomondan tegishli o’lchamlardagi tokchalar (avariyaviy kameralar) qurilishi, ularda tuynuklarni bekitish uchun yetarli miqdorda g’isht, qum, tuproq va taxtalar saqlanishi kerak.

3.19. O’z-o’zidan yonishga moyil ruda konlarini qazib olishda O’zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi tomonidan tasdiqlangan «Mis-kolchedan konlarida profilaktik suv quyish va endogen yong’inlarni o’chirish bo’yicha yo’riqnoma» da ko’zda tutilgan tadbirlar bajarilishi kerak.

3.20. Kolchedan konlarini qazib olishda quyidagilar ta’qiqlanadi:

a) tozalash zaboylarida sulьfid ruda bo’laklar uyumlarini qoldirish;

b) bekituvchi material sifatida o’z-o’zidan yonishga moyil materiallardan foydalanish;

v) yong’in bartaraf etilgunga qadar yong’in uchastkasi ostidagi tseliklarni olib tashlash;

g) qazib olingan bo’shliqda loyihada ko’zda tutilmagan ruda tseliklarini qoldirish.

3.21. Kolchedan shaxtalarida barcha ishchilar rudaning o’z-o’zidan yonishini aniqlash usullari, o’z-o’zidan yonish natijasida yuzaga kelgan yong’in bilan kurashishning asosiy usullari va kalchedan yong’inlarida o’z-o’zini qutqarish usullari bilan tanishtirilgan bo’ilishlari kerak.

3.22. Oltingugugrt konlarida portlatish ishlarini bajarishda yong’in chiqishi ehtimolini oldini maqsadida zaboylar va portlatilgan ruda shamollatilgandan keyin texnik nazorat xodimlari tomonidan ko’zdan kechirilishi kerak.

3.23. O’z-o’zidan yonishga moyil ruda konlari qazib olinadigan har qaysi konda ishlab chiqarish ko’lamiga to’g’ri keladigan miqdorda burg’ilash va loydan tozalash uskunalari bo’lishi kerak.

3.24. Yong’in o’chog’iga ega shaxtalarda ventilyatorlar to’xtab qolganda yoki belgilangan ventilyatsiya rejimi buzilganda kon qazilmalarida ishlayotgan ishchilar zudlik bilan yuzaga olib chiqilishi kerak. Ventilyatorlar ishga tushirilgandan keyin yoki ventilyatsiya rejimi tiklangach shaxta yaxshilab shamollatilishi, texnik nazorat xodimlari tomonidan tekshirilishi, havoning tarkibi tahlil qilinishi kerak. Ijobiy tahlil natijalari olingandan keyingina ishchilar kon qazilmalariga tushirilishi mumkin.




Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling