1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish


-15 –Konchilik korxonalarida avariya va yong’inning oldini olish va bartaraf etish


Download 172.62 Kb.
bet27/36
Sana05.01.2022
Hajmi172.62 Kb.
#231662
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
xavsizlik metodichka

14 -15 –Konchilik korxonalarida avariya va yong’inning oldini olish va bartaraf etish
Avariya va avariyalarning asosiy turlarini bartaraf etish rejasini tuzishdan maqsad avariyani bartaraf etish rejasini o`z vaqtida to`g’ri tuzish uchun javobgarlikdan iborat. Avariyani bartaraf etish rejasining tezkor qismini ishlab chiqish. Xodimning avariyani bartaraf etish rejasi bilan tanishishi. Avariyani bartaraf etishda lavozimli shaxslar, avariyada qatnashuvchilar o`rtasida vazifalarning taqsimlanishi. Avariyani bartaraf etish rejasiga muvofiq o`quv xavf signalini (trevogasini) o`tkazish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar.

Kondagi yong’inlar to`g’risida umumiy ma`lumotlar. Yong’inning yuzaga kelish sabablari. Yong’in xavfining geologik kon-texnik omillari. O`z-o`zidan yonish o`choqlarini aniqlash. O`z-o`zidan yonish o`choqlarining oldini olish va bartaraf etish. Konchilik korhonalarida ekzogen yong’inlarning oldini olish va yong’inga qarshi himoyalanish. Yong’inni o`chirishning` asosiy vositalari va yong’inga qarshi jihozlar.

1.1.Ochiq konlardagi ishlab chiqarish xonalari, jihozlari, shuningdek yonuvchi va

tez alanga oladigan moddalar omborlari qurilishi va yonginga qarshi himoya vositalari bilan jihozlash qurilish me’yorlari va qoidalari tasnifi va amaldagi nizomlarga ko’ra yongin xavfsizligi toifasiga muvofik amalga oshirilishi, ularning miqdorlari esa amaldagi «Sanoat korxonalari uchun yongin xavfsizligi namunaviy qoidalari» talablariga javob berishi lozim.

1.2.Barcha ishlab chiqarish va yordamchi xonalar, qurilmalar, inshootlar va omborlar yongin uchirishning birlamchi vositalari va yongin jihozlari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim, ularning joylashgan o’rni va soni Davlat yongin nazorati organlari bilan kelishilgan holda ochiq kon bosh muhandisi tomonidan belgilanadi.

1.3. Ochiq kon ishlab chiqarish xonalari, omborlari, inshootlari va kon-transport jihozlarining yonginga qarshi himoyasi ochiq kon bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yo’riknomalarga muvofik amalga oshirilishi lozim, bu yo’riknomalar himoya qilinayotgan ob’ektlarning har bir turi uchun konkret yonginga qarshi tadbirlarni o’z ichiga oladi va yongin o’chirish birlamchi vositalari va yongin jihozlarining soni va saqlash joyini belgilaydi.

Ko’rsatilgan yo’riknomalar yongin xavfsizligi nazorati organlari bilan kelishilgan bo’lishi kerak.

1.4. Ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan yo’llar yongin mashinalarining o’tishi uchun yaroqli bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish sharoitlariga ko’ra kelish yo’llarining qurilishi talab etilmaydigan binolarga o’t uchirish mashinalarining kelishi binoning har ikkala tomonidan uning uzunligi bo’ylab eni 6 m bo’lgan tekislangan maydon bo’ylab amalga oshirilishi lozim.

O’tish qismining burchagidan yoki erkin tekislangan hududdan bino devorlarigacha bo’lgan masofa 25 m dan ko’p bo’lmasligi kerak.

O’t o’chirish mashinalarining o’tishi uchun tekislangan hududlar toza, chet predmetlar bilan qalashtirilmasligi, suvlarni chiqarib tashlash uchun yuzaga ega bo’lishi, qumli va changli tuproklarda esa o’t ekilgan va shagal tosh yoki toshqol sepilgan bo’lishi kerak.

1.5.Sanoat ob’ektlarida payvandlash va boshqa yongin ishlarini (gazpayvandlash, gaz orqali kesish va elektr payvandlash ishlari) olib borishda amaldagi yongin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi kerak.


Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling