1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish


- Mavzu. Transport (tashish) mashinalarni boshqarishda hamda ularga xizmat ko`rsatishidagi xavfsizlik


Download 172.62 Kb.
bet23/36
Sana05.01.2022
Hajmi172.62 Kb.
#231662
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
Bog'liq
xavsizlik metodichka

11 - Mavzu. Transport (tashish) mashinalarni boshqarishda hamda ularga xizmat ko`rsatishidagi xavfsizlik
6.3. Traktor va avtomobilь transporti
6.3.1. Karьerda avtomobilь transportidan foydalanishda «Yo’l harakati qoidalari», «Avtomobilь transporti xodimlari uchun mehnat muhofazasi bo’yicha qoidalar», «Kon qazib oluvchi korxonani yo’l transportidan foydalanishda ishlarni bexatar olib borish qoidalari» va boshqa avtomobilь transportidan xavfsiz foydalanish bo’yicha me’yoriy hujjatlarning mazkur Qoidalarga zid bo’lmagan qismlariga amal qilish kerak.

6.3.2. Avtomobilь yo’llarining plani, shakli, harakat qismini eni va bo’ylama qiyaligi amaldagi «Qurilish me’yorlari va qoidalari» talablari va harakat xavfsizligini hisobga olgan holda loyiha bilan belgilanadi.

Yo’llar to’kma va betlari qattiq gruntlardan qo’tarilishi kerak. Bu maqsad uchun torf, chim va o’simlik qoldig’idan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.

Transheyalarga boradigan vaqtinchalik (foydalanish muddati ko’pi bilan bir oy bo’lgan) yo’llar qurilishi, ular bo’ylab transport harakatlanganda eni kamida 1,5 m bo’lgan erkin o’tish joyi bilan bajarilishi kerak.

6.3.3. Yo’llardagi cho’ziq qiyaliklarda (0,06), kamida 50 m uzunlikda 0,02 qiyalik bilan va cho’ziq qiyalikning ko’pi bilan har 600 m ga maydonchalar quriladi.

Bunday maydonchalarni qurish zaruriyati qo’llaniladigan avtomobillar va yo’l-qurilish mashinalardan foydalash, ularni tavsifi va tayyorlovchi-zavod tavsiyalariga ko’ra karьer (kon) avtomobilь yo’llarining loyihasi (pasporti) bilan belgilanadi.

6.3.4. Avtoyo’llarni bo’ylama qiyaligi va plandagi egrilik radiusi amaldagi Qurilish me’yorlari va qoidalari, avtoag’dargichlarni pasportidagi tavsiflari va tayyorlovchi-zavod tavsiyalarini hisobga olgan holda nazarda tutiladi.

6.3.5. Karьer konturi ichidagi yo’llarning o’tish qismida (zaboy yo’llaridan tashqari) Qurilish me’yorlari va qoidalari muvofiq bo’lishi va qulash prizmasidan tuproq devor yoki himoya devori to’silgan bo’lishi kerak. Yo’llarni muzlashdan saqlash uchun, ularni qimyoviy modda bilan ishlashga ruxsat etiladi.

6.3.7. Ko’p yuk oladigan avtomobillarni boshqarish huquqiga o’qish uchun jinsi erkak, avtomobilni boshqarish huquqiga oid «S» toifali guvohnomasi, shunday avtomobillarni boshqarish bo’yicha kamida 2 yillik haydovchilik staji bo’lgan shaxslarga ruxsat etiladi.

O’qish ushbu texnologik avtomobillarni tuzilish xususiyatlarini o’rganish va ularni ochiq kon ishlarida boshqarish bo’yicha amaliy usullarini o’zlashtirishni nazarda tutuvchi, hamda O’zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspektsiyasi organlari bilan kelishilgan o’quv rejasi va dasturiga muvofiq ravishda korxona o’kuv markazidagi (o’quv-kurs kombinati, o’kuv punktidagi) maxsus kurslarda, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’tkazilishi kerak.

Tayyorlanib imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan haydovchilarga, ular boshqarish huquqiga ega bo’lgan avtomobillar rusimini ko’rsatish bilan belgilangan shakldagi guvohnoma beriladi.

Elektromexanikaviy transmissiyali avtomobillarni boshqarish uchun, elektr xavfsizligi bo’yicha kamida ikkinchi malaka guruhiga ega bo’lgan haydovchilarga, ruxsat etiladi.

Konchilik ishlari mexanizatsiyasining kontransport vositalarini va yordamchi mashinalarni, ular negizida tayyorlanganlarni (greyderlar, zanjirli va g’ildirakli bulьdozerlar, vibrokatlar, frontal yuklagichlar, avtomobillar, shataklagichlar va boshqalari) boshqarish uchun, O’zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspektsiyasi organlari bilan kelishilgan o’quv rejasi va dasturiga muvofiq ravishda korxona o’kuv markazidagi (o’quv-kurs kombinati, o’kuv punktidagi) ta’lim kursini o’tgan, hamda mexanizatsiyaning kontransport vositalari va yordamchi mashinalarni tegishli rusumlarini boshqarish huquqiga oid guvohnomasi bo’lgan shaxslarga ham ruxsat etiladi.
Karьerda ishlaydigan transport vositasi haydovchilari avtoxo’jalik ma’muriyati bilan birgalikda karьer ma’muriyati tomonidan xavfsizlik texnikasi bo’yicha yo’riqlanishi lozim, hakarat yo’nalishi bilan tanishganlaridan keyin ularga karьerda ishlash huquqini beradigan guvohnoma berilishi kerak. Hakarat yo’nalishi bilan transport vositasi haydovchilarini amaliy tanishtirish, ular stajirovka o’tayotgan vaqtda amalga oshirilishi kerak.

6.3.8. Loyiha yoki konchilik ishlari bilan ko’zda tutilmagan yo’llar, tik yo’llar va boshqalarini transport vositalari hakaratlanishi uchun qurish, shuningdek ulardan foydalanish taqiqlanadi.

6.3.9. Boshqa korxona va tashkilotlarga tegishli avtomobilь, traktor, tyagach, yuklash mashinasi va boshqa transport vositalarining karьerga bir marta o’tishi uchun, karьer ma’muriyati ruxsati bilan maxsus jurnalga yozgan holda haydovchi (mashinist) xavfsizlik texnikasi bo’yicha yo’riqni o’tganidan keyin, zarur bo’lganda karьer vakili kuzatuvida ruxsat etiladi.

6.3.10. Karьer yo’llarda avtomobillar va yo’l-qurilish mashinalarini harakat tezligi va tartibi mahalliy sharoitlar, tayyorlovchi-zavod, karьer ma’muriyati tavsiyalarini hisobga olgan holda transport tashkiloti (bo’linmasi) bilan kelishuvga binoan belgilanadi, transport vositalari harakati esa Yo’l harakati qoidalarida ko’zda tutilgan belgilar bilan boshqariladi. Bunda belgilar o’lchamlari propotsional ravishda kattalashtirilishi mumkin.

Yo’l harakati qoidalarida ko’zda tutilmagan, ammo transport tashkilotini texnik rahbari bilan kelishilgan va karьerni texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan izohiy manyovr sxemasi va ko’rsatgichlarining yuk ortish punkti va ishchi maydonchalarda qo’llanilishiga yo’l qo’yiladi.

6.3.11. Transport tashkiloti (bo’linmasi) bilan kelishilgan karьer (bo’linma) ma’muriyati qaroriga binoan karьerda chap tomonli harakatni tashkil etishga yo’l qo’yiladi. Bunday hollarda karьerga boradigan yo’llar shlagbaumlar bilan yopilishi, uni yonida karьerda ishlash huquqini beradigan guvohnoma barcha transport vositalari haydovchilarida mavjudligi tekshirish, haydovchilar esa o’ng tomonli harakat tegishli belgilar, yozuvlar, svetoforlar va boshqalari bilan chap tomonli bilan almatirilgani haqida ogohlantirilishlari kerak.

6.3.12. Karьerdagi harakatni boshqaradigan belgilar transport vositalari harakatlanadigan tomonga qo’yilishi kerak.

6.3.13. Karьerni avtomobilь yo’llaridagi texnologik avtotransportning harakati quvib o’tishsiz bajarilishi kerak. Karьerda har xil texnik tezlikdagi transport vositalaridan foydalanilganda yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sharti bilan 2-toifa va undan yuqori yo’llarda quvib o’tishga ruxsat etiladi.

6.3.14. Foydalaniladigan transport vositalari texnik soz bo’lishi kerak. Yo’l harakati qoidalariga rioya etish, avtomobilь, yo’l-qurilish mashinasi va boshqa kon texnikalarini texnik holati yuzasidan nazorat avtoxo’jalik korxonasining texnik nazorat shaxslari tomonidan, karьerda shartnoma asosida ishlayotgan pudrat tashkiloti avtotransportdan foydalanganda esa, shu tashkilotning muhandis-texnik xodimlari (pudratchilar) tomonidan ta’minlanishi kerak.

6.3.15. Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish tayyorlovchi-zavod tavsiyalariga muvofiq ravishda tashkil etilishi kerak.

6.3.16. Karьerda avtoag’dargichlari ishlaydigan avtotransport korxonasida (tashkilotida) transport vositalari avtoxo’jalikdan liniyaga chiqishidan oldin va qaytganda texnik holatini nazorat qilish uchun zarur asbob, moslama va jihozlar bilan ta’minlangan texnik-nazorat punktlari tashkil etilgan bo’lishi kerak.

6.3.17. Ko’p yuk oladigan avtomobillar (yuk ko’tarish qobiliyati 10 t dan ortiq bo’lgan avtoag’dargichlar va yordamchi mashinalar, ular negizida tayyorlanganlar) haydovchilarini, shuningdek yo’l-qurilish mashinalari va konchilik ishlari mexanizatsiyasining yordamchi vositalari (greyderlar, bulьdozerlar, vibrokatlar, frontal yuklagichlar va boshqalari) mashinistlarini har smenada avtoxo’jalikka qaytarmasdan maxsus ajratilgan va jihozlangan (karьer ma’muriyati tashkil etgan) karьer maydonchasida almashtirishga ruxsat etiladi. Ko’p yuk oladigan avtoag’dargichlar va yo’l-qurilish mashinalarini texnik sozligi:

a) texnik xizmat ko’rsatish yoki ta’mirlashdan keyin liniyaga chiqarishdan oldin avtoxo’jalikni mansabdor shaxslari tomonidan;

b) smenani tugatgan haydovchi (mashinist) bilan, va ish boshlayotgan haydovchi (mashinist) bilan birgalikda, qaysiki avtomobilь va yo’l-qurilish mashinasi texnik holati, berish vaqtini yo’l varaqasi va bort jurnalida ko’rsatilgan holda imzolanib tekshirilishi kerak.

Ko’p yuk oladigan avtomobilь va yo’l-qurilish mashinasi texnik holatini tekshirish va har smenada avtoxo’jalikka qaytarmasdan haydovchilarni (mashinistlarni) almashtirish tartibi avtotransport korxonasi rahbari tomonidan tasdiqlangan yo’riqnoma bilan belgilanishi kerak.

6.3.18. Avtoag’dargichlarini karьerda ishlatishga yo’l qo’ymaydigan nosozliklar ro’yxati avtomobillarni konstruktiv xususiyatlari va ishlatish sharoitlarini hisobga olgan holda avtotransport korxonasi bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi. Ro’yxatda harakati xavfsizligiga ta’sir etuvchi tizim, agregat, uzel va detallar, shu jumladan boshqarish ruli, tormozlar, g’ildiraklar, shinalar, tashqi yoritish asboblari, nurli va tovushli signalizatsiya, oynatozalagich va boshqalari sozligini tekshirishni ko’zda tutilishi kerak

6.3.19. Harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi agregat, uzel va detallarni no’qsonga tekshirish ishlari kapital ta’mirlash o’tkazilayotgan paytda, ishlatish jarayonida esa tayyorlovchi-zavod tomonidan nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak. Bunday agregat, uzel va detallarni ro’yxati tayyorlovchi-zavod tomonidan belgilanadi.

6.3.20. Yuk ko’tarish qobiliyati 15 t dan ortiq bo’lgan nosoz avtoag’dargichlarni shataklash shuning uchun maxsus jihozlangan shataklagich bilan amalga oshirilishi kerak.

6.3.21. Buzilgan avtomobilь va yo’l-qurilish mashinasi avtoyo’lning o’tish qismida majburiy to’xtatishda haydovchi (mashinist) avariya signalizatsiyani ulashi yoki avariyali to’xtatish belgilarini qo’yishi, transport vositasini o’z-o’zidan harakatlanishi, avtoyo’lning o’tish qismidan chetlanishiga yo’l qo’ymaslik va yo’l harakatining boshqa ishtirokchilariga halaqit bermaslik choralarini imkon darajasida ko’rishi kerak.

6.3.22. SHinani montaj qilish ishlari zaruriy mexanizm va to’siqlar bilan jihozlangan alohida bino yoki uchastkalarda amalga oshirilishi kerak. SHinani montaj qilish ishlarini bajaruvchi xodimlar o’qitilgan va yo’riqlangan bo’lishi kerak.

6.3.23. Muzlab qolgan va yopishgan kon massalaridan kuzovni tozalash maxsus jihozlangan joylarda mexanik, gidravlik va boshqa vositalar bilan bajarilishi kerak

6.3.24. Avtomobillarga (avtopoezdlarga) ekskavatorlar (yuklagichlar) bilan yuk ortish quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

a) yuk ortilishini kutib turgan avtomobilь (avtopoezd) ekskavator (yuklagich) cho’michining harakat radiusi chegarasidan tashqarida turishi va faqat mashinstning ruxsat beruvchi signalidan keyin yuk ortishga o’tishi kerak;

b) yuk ortishga turgan avtomobilь (avtopoezd) tormozlangan bo’lishi kerak;

v) avtomobilь (avtopoezd) kuzoviga yuk ortish faqat yon yoki orqa tomondan bajarilishi kerak, avtomobilь kabinasi ustidan cho’michini o’tkazish taqiqlanadi;

g) yuk ortilgan avtomobilь (avtopoezd) faqat mashinstning ruxsat beruvchi signalidan keyin harakat qilishi kerak.

6.3.25. Karьer avtomobili kabinasi yuk ortish paytida haydovchi xavfsizligini ta’minlaydigan maxsus himoyabon bilan yopilgan bo’lishi kerak. Maxsus himoyabon yo’q bo’lsa yuk ortishdan oldin avtomobilь haydovchisi kabinadan tushishi va mashinst tomonidan yuk ortish tugagani haqida signal berilishigacha cho’michining harakat radiusi chegarasidan tashqarida turishi kerak.

6.3.26. Karьerda avtomobilь ishlayotganda quyidagilar taqiqlanadi:

a) avtomobilning kuzovni ko’tarib harakatlanishi (texnologik yo’llar va ishchi maydonchalarga jinslar to’kkan holda ta’mirlash hollari bundan mustasno);

b) elektr uzatish liniyalari tagida ta’mirlash va yuk tushirish;

v) yuk ortish joyiga qarab orqaga yurish bilan 30 m dan ortiq masofaga harakatlanish (transheya qazish hollari bundan mustasno);

g) maxsus saqlash panagohi yo’q tuproq bo’ylab o’tkazilgan kabellar ustidan o’tish;

d) avtomobilni o’z-o’zidan harakatlanishiga yo’l qo’ymaydigan choralarni ko’rmasdan ularni qiya va tik joylarda qoldirish;

e) avtomobilni qiya joyda harakatlanishi hisobiga dvigatelni ishga tushirish.

6.3.27. Barcha hollarda avtomobilь orqaga yurish bilan harakatlanishi paytida uzluksiz tovush signali berilishi, yuk ko’tarish qobiliyati 10 t va undan ortiq bo’lgan avtomobilь orqaga yurish bilan harakatlanish paytida esa tovush signal avtomatik ulanishi kerak.

6.3.28. Karьerda neftь mahsuloti bilan ishlaydigan konchilik, transport va yo’l-qurilish mashinalariga yoqilg’i quyish, zaruriy xavfsizlik choralariga rioya qilgan bajarilishi kerak. Yoqilg’i quyish joylari «Yo’l harakati qoidalari»ga binoan yo’l belgilari bilan ko’rsatilishi va «Statsionar, konteynerli va ko’chma avtoyonilg’i quygich shahobchalardan texnik foydalanish qoidalari» talablariga mos bo’lishi kerak.

6.3.29. Yoqilg’i quyish joyidan (joylaridan) xavfsiz foydalanish bo’yicha mas’ul shaxslar karьerning texnik rahbari bilan kelishuvga binoan avtotransport korxonasi bo’yicha buyruq bilan tayinlanadi.

6.3.30. Qaramog’ida elektr tarmog’i va kabelь liniyasi bo’lgan tashkilotlarning yozma roziligisiz elektr tarmoqlarini quriqlanadigan hududlarida:

- avtoyonilg’i quygich shahobchalarini, yoqilg’i-moylash va boshqa oson alangalanuvchi materiallarni joylashtirish;


  • konchilik va yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish;

  • yo’l yuzasiga nisbatan umumiy balandligi yuk bilan yoki yuksiz 4,5 m dan ortiq

bo’lgan mashina va mexanizmni o’tkazish;

- tuproq tekislash, shuningdek 0,3 m dan ortiq chuqurlikda yer kavlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.



Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling