1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish


Gaz va chang xavfi bo’lgan shaxtalar uchun qo’shimcha qoidalar


Download 172.62 Kb.
bet26/36
Sana05.01.2022
Hajmi172.62 Kb.
#231662
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
xavsizlik metodichka

4.3. Gaz va chang xavfi bo’lgan shaxtalar uchun qo’shimcha qoidalar

4.3.1. Gaz xavfi bo’lgan shaxtalarga hatto bitta plasti (qatlami) da bo’lsa ham metan, vodorod, serovodorod borligi aniqlangan shaxtalar kiradi.

4.3.2. Metan, vodorod, serovodorod borligi aniqlangan shaxtalar gazli rejimga o’tkazilishi kerak.

Bunday shaxtalarda ishlar «Ko’mir va slanets shaxtalarida xavfsizlik qoidalari» ga yoki «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi bilan kelishilgan holda vazirlik tomonidan tasdiqlangan maxsus tadbirlarga muvofiq bajarilishi kerak.

4.3.3. Metan, vodorod, serovodorod borligi aniqlangan shaxtalar gazning miqdoriga qarab 1-jadvaldagi ko’rsatmalarga muvofiq to’rtta toifaga ajratiladi.

1-jadval


Gazning miqdori bo’yicha shaxtaning toifasi

Qazib olinadigan o’rtacha sutkalik kon massasining 1 m³ ga to’g’ri keladigan bir sutkada ajralib chiquvchi yonuvchan gazlar (metan+vodorod) miqdori (nisbiy miqdor), m³

I

II

III



Yuqori toifali

7 gacha

7 dan 14 gacha

14 dan 21 gacha

21 va undan ortiq yoki suflyar chiqindilari xavfi bo’lgan shaxtalar




Izoh: SHaxtalarni gaz miqdori bo’yicha ajratayotganda 1 m³ vodorodni 2 m³ metanga ekvivelent sifatida qabul qilinishi kerak.

4.3 4. SHaxtaga yuboriladigan havo miqdori shaxtaning toifasiga qarab 2-jadvalga muvofiq belgilanadi.

2-jadval


Gaz bo’yicha shaxtaning toifasi

Qazib olinadigan o’rtacha sutkalik kon massasining 1 m³ ga to’g’ri keladigan minimal havo miqdori, m³/min.

I

II

III



Yuqori toifali

1,4

1,75


2,1

Havoning miqdori konda umumiy chiquvchi havo oqimi tarkibidagi yonuvchan gazlar (metan, vodorod) miqdori 0,75% dan oshmaydigan darajada bo’lishi, lekin qazib olinadigan o’rtacha sutkalik kon massasining 1 m³ ga kamida 2,1 m³/min to’g’ri kelishi kerak.


4.3.5. Bir nechta kaliy plastlari (qatlamlari) dan foydalaniladigan kaliy shaxtalarida, agar ularning ichida alohida gaz plastlari (qatlamlari) yoki uchastkalari bo’lsa, gazli rejim faqat shu alohida plastlar (qatlamlar) va uchastkalarga joriy etiladi va ular alohida tarzda shamollatiladi.

Gazli kaliy shaxtalarida plast (qatlam) shipidan qazilmaga gil qatlamlari o’pirilib tushgan hollarda smena boshlig’i zudlik bilan ishlarni to’xtatishi hamda qazilmani shamollatishni kuchaytirish va havo tarkibidagi gaz miqdorini tekshirish choralarini ko’rishi kerak. Bunday qazilmada ishlar qazilma zaboyidagi yonuvchan gazlarning umumiy miqdori 1% dan oshmasligi aniqlangandan keyingina tiklanishi mumkin.

Kaliy shaxtalarida gazni o’lchash ishlari texminimum topshirgan va shaxta qazilmalarini yaxshi biladigan gaz o’lchovchilar, kombayn mashinistlari yoki kon qutqaruvchilari tomonidan bajarilishi kerak.

SHip o’pirilib tushgan hollarda kameralardan havo namunasi qazilmagoh shipi yaqinidagi kamar oldida o’pirilib tushgan kon jinslari uyumidan olinishi kerak; bunda namuna kameraning butun kengligi bo’yicha olinishi kerak. Agar qazilmagohda «gumbaz» mavjud bo’lsa, ishlarni boshlashdan oldin u albatta tekshirilishi, shundan keyin ish joyidan havo namunasi olinishi kerak.

Kaliy shaxtalaridagi havoni o’lchash uchun karnalit plastlarda gaz o’lchovchilar navbatchiligi tashkil etilishi kerak. Havo namunasi karbonat kislota, kislorod, metan va vodorod bo’yicha analiz qilinadi.

Kvershlag zaboyi va boshqa qazilmalar gazli plast bilan kesishadigan joyga yaqinlashganda plastdan 10 m masofada qazilmalar kamida 5 m oldinda yuradigan oldinga intiluvchi skvajina bilan qazilishi kerak.

4.3.6. Oltingugurtli konlarning shaxtalari gaz (serovodorod) va chang miqdoriga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:

a) oddiy ish rejimli zaharli gaz va chang xavfi bo’lmagan shaxtalar;

b) ish sharoitlariga quyida keltirilgan qo’shimcha talablar qo’yiladigan zaharli gaz xavfi bo’lgan shaxtalar;

v) ish sharoitlariga quyida keltirilgan qo’shimcha talablar qo’yiladigan chang portlash xavfi bo’lgan shaxtalar;

Gaz va chang xavfi bo’lgan oltingugurt shaxtalariga tarkibidagi o’rtacha oltingugurtning miqdori kamida 12% bo’lgan ruda qazib olinadigan shaxtalar kiradi.

Zaharli gaz xavfi bo’lgan oltingugurt shaxtalari uchun quyidagi tadbirlarning bajarilishi shart hisoblanadi:

a) kapital va tayyolash qazilmagohlarini kovlashda – oldinga (5-10 m) burg’ilash usulidan foydalanish;

b) tarkibida erigan serovodorod bo’lgan shaxta suvlarini yopiq nov yoki quvurlarga chiqarish;

v) shaxta tushadigan ishchilarni respiratorlar bilan ta’minlash;

CHang portlash xavfi bo’lgan oltingugurt shaxtalari ruda tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab ikki guruhga ajratiladi:

I guruh - 12 dan 18% gacha

II guruh - 18% dan ortiq

CHang portlash xavfi bo’lgan shaxtalar uchun quyidagi tadbirlarning bajarilishi shart hisoblanadi:

I guruh shaxtalar uchun:

a) qazilma devorlaridan changni yuvish;

b) portlatish oldin zaboyni suvlash.

II guruh shaxtalar uchun:

a) zaboyni suvlash va muntazam ravishda qazilma devorlaridan oltingugurt changini yuvish;

b) saqlovchi PM yordamida elektr portlatish;

v) portlash xavfi bo’lmagan elektr uskunalaridan foydalanish.

Oltingugurt changi xavfi bo’lgan shaxtalardagi kon yo’llari uchun ballast sifatida faqat inert jinslar qo’llanilishi kerak.

Oltingugurt shaxtasining har bir zaboyi uchun shaxtaning bosh muhandisi shpurlarning joylashish sxemasi va PM zaryadlarining chegaraviy miqdorini tasdiqlashi kerak.

Bo’shliq yoki darzlarga to’g’ri kelgan shpurlar PM bilan zaryadlanmasligi kerak.

4.5.1. Yer osti qazilmagohlari yuzada o’rnatilgan uzluksiz ishlaydigan ventilyatorlar yordamida shamollatilishi kerak. Asosiy shamollatish tizimining yer osti yordamchi ventilyatorlarini ayrim hollarda «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi ruxsati bilan ishlab turgan shaxtalarda o’rnatish mumkin.

4.5.2 Stvolni kavlashda shamollatish uchun ventilyator qurilmasi yuzada stvoldan kamida 15 m masofada o’rnatilishi kerak.

Ventilyatsiya quvurlarini stvol zaboyidan orqaroqda o’rnatish masofasi hisob-kitoblar yordamida aniqlanishi va 15 m dan oshmasligi kerak; greyfer yordamida ortish paytida bu masofa 20 m gacha uzaytirilishi mumkin.

Quvurlar arqonlarga osiladi yoki mahkamlash inshootiga mahkamlanadi.

4.5.3. Ventilyator qurilmalari yerning yuzasida germetik bekitilgan shaxta, shtolnya og’izlari yaqinida o’rnatilishi kerak. SHamollatish havoni majburiy yuborish, tortish yoki majburiy-tortish usullari yordamida amalga oshiriladi. SHamollatishning majburiy-tortish usulida magistralь ventilyatorlarning ishlashi orqali shaxtaga kiradigan havoning miqdori tortuvchi ventilyatorlar yordamida shaxtadan chiqariladigan havo miqdoridan kam bo’lmasligi kerak.

Asosiy shamollatish tizimining asosiy va yordamchi ventilyator qurilmalari ventilyatsiya kanallari kamida bir oyda bir marta tekshirilishi va muntazam tozalab turilishi kerak. Asosiy ventilyator qurilmalari kanallarida ularni ko’zdan kechirish, tozalash, shuningdek havoning miqdori, depressiya va h. larni o’lchashga imkon beruvchi yo’llar bo’lishi kerak.

Stvollar bilan tutash joylarda to’siq panjaralar o’rnatilishi kerak.

Izoh: Qirqib olinadigan tosh qazib olinadigan shaxtalarda asosiy shamollatish ventilyatorlarini shtolnyalarning og’izi yaqinida yer ostida, flangali shamollatish sxemasida esa quduq va shurflarning tagida joylashtirish ruxsat etiladi.

4.5.4. Asosiy ventilyator qurilmalari ikkita mustaqil ventilyator agregatlaridan tashkil topishi, ulardan biri zahirada bo’lishi kerak.

Yangi va rekonstruktsiya qilinayotgan qurilmalar uchun ventilyatorlar bir xil turda va o’lchamda bo’lishi kerak.

Gazsiz shaxtalarda zahira dvigatelli bitta ventilyator agregatini o’rnatish ruxsat etiladi.

4.5.5. Asosiy ventilyator 30 minutdan ortiq vaqt mobaynida to’xtaganda gazsiz shaxtalardagi odamlar ushbu ventilyatorning shamollatish sxemasiga ulangan tupik kon qazilmagohlari zaboylaridan toza havo oqimiga olib chiqilishi kerak. Bu uchastkalarda portlatish ishlari to’xtatilishi kerak.

4.5.6. Asosiy ventilyator 2 soatdan ortiq vaqt mobaynida to’xtaganda barcha ish joylaridan odamlar yuzaga olib chiqilishi kerak. Zaboylar tegishlicha shamollatilgandan keyin va smena nazorati xodimlari tomonidan gaz analizatorlari yordamida puxta tekshirilgandan so’ng ishlarni davom ettirishga ruxsat etiladi.

4.5.7. Asosiy ventilyator qurilmalari qazilmagohga kiradigan ventilyatsiya oqimini ko’pi bilan 10 minut ichida o’zgartirish imkonini beradigan reversiv qurilmalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Bunda reverslangandan keyin qazilmalardan o’tadigan havo miqdori ventilyator normal debitining kamida 60% ni tashkil etishi kerak.

4.5.8. Reversiv qurilmalarning sozligi bosh mexanik, energetik va chang-ventilyatsiya xizmati boshlig’i tomonidan qazilmagohlardagi havo oqimini o’zgartirmasdan bir oyda bir marta tekshirilishi kerak. Reversiv qurilmalarning ishlashini va ventilyatorlarning reversiyasini tekshirish, o’zgartirilgan havo oqimini avariyalarni bartaraf etish rejasida ko’zda tutilgan sxema bo’yicha o’tkazib, shaxtaning bosh muhandisi rahbarligida chang-ventilyatsiya xizmati boshlig’i, shaxta mexanigi (energetiki) tomonidan RTKI va HKQX vakillari ishtirokida olti oyda bir marta ishdan tashqari paytda «Ventilyator reversiv qurilmalarining ishlashini tekshirish bo’yicha yo’riqnoma» (3-ilova) ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

Havo oqimini reverslash natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va avariyalarni bartaraf etish rejasiga ilova qilinadi.

4.5.9. Asosiy ventilyator qurilmalari kamida bir sutkada bir marta shaxtaning bosh (katta) mexanigi tayinlagan xodimlar tomonidan ko’zdan kechirilishi kerak. Bundan tashqari, ventilyator qurilmalari kamida bir haftada bir marta shaxta bosh (katta) mexanigi yoki uning yordamchisi va ventilyatsiya bo’yicha mas’ul shaxs tomonidan ko’zdan kechirilishi kerak. Ko’zdan kechirish natijalari «Ventilyator reversiv qurilmalarining ishlashini tekshirish bo’yicha yo’riqnoma» da keltirilgan shakldagi jurnalga qayd etilishi kerak.

4.5.10. Asosiy shamollatish tizimining har bir asosiy va yordamchi ventilyator qurilmasiga maxsus o’qitilgan va malaka komissiyasiga imtihon topshirgan mashinist tomonidan xizmat ko’rsatilishi kerak. Asosiy ventilyator qurilmasida mustaqil ishlash uchun mashinist kamida 5 kun mobaynida tajribali mashinist qo’l ostida stajirovkadan o’tgandan keyin qo’yiladi.

Ventilyator qurilmasining mashinistsiz ishlashiga quyidagi talablar bajarilgandagina ruxsat etiladi:

a) ventilyator qurilmasi ventilyator unumdorligini va u yuzaga keltiradigan depressiyani muntazam qayd qilib boruvchi o’zi yozadigan asboblar, shuningdek ventilyator qurilmasi ishidagi belgilangan parametrlar (unumdorlik, depressiya, podshipniklar, elektr dvigatellari va ventilyatorlarning harorati) dan og’ishlar to’g’risida uzoqdan turib boshqarish pulьtiga signal beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak;

b) ventilyator elektr dvigatelini uzoqdan turib ishga tushirish va to’xtatish va ventilyatsiya oqimini uzoqdan turib reverslash ta’minlangan bo’lishi kerak;

v) ventilyator qurilmasini uzoqdan turib boshqarish va nazorat qilish pulьti dispetcherlik punktida, bunday punkt bo’lmaganda esa shaxta tepasidagi telefon aloqasiga ega doimiy xizmat ko’rsatiladigan statsionar qurilma xonalaridan birida joylashgan bo’lishi, u yerda signal apparatlarining ishlashi va qabul qilinayotgan barcha signallarni jurnalga qayd qilinishi ustidan doimiy kuzatuv ta’minlangan bo’lishi kerak;

g) ventilyator qurilmasini uzoqdan turib boshqarish va nazorat qilish apparatlari 720 soat ishlashi mobaynida dastlabki sanoat tekshiruvidan o’tkazilishi kerak;

Ushbu ish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi va kon boshqarmasi (shaxta) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanashi kerak.

Agar ventilyatsiya qurilmasi ishidagi barcha o’zgarishlarni boshqaruv pulьtidan ustidan uzoqdan turib nazorat qilish imkoniyati ta’minlangan bo’lsa, avtomatlashtirilgan ventilyator qurilmalarining, asosiy shamollatish tizimi qurilmalaridan tashqari, «a» bandda ko’rsatilgan o’zi yozadigan asboblarsiz ishlashiga ruxsat etiladi.

4.5.11. Ventilyator qurilmasi binosida doimiy va zahira (ko’chma yoritkichlar) yoritish tizimi bo’lishi, ular toza va tartibli saqlanishi kerak.

Uzoqdan turib boshqarilganda ventilyator qurilmasi binosi yopiq bo’lishi kerak. Binoda shovqindan izolyatsiyalangan kabinada shaxta tepasidagi markaziy kommutatorga bevosita ulangan chaqiruv signal qurilmasi bilan jihozlangan telefon o’rnatilgan bo’lishi kerak.

Havoni so’ruvchi ventilyatorlarning flangali joylashuvida, chiqindi va suflyarlar xavfi bo’lgan shaxtalardan tashqari, ventilyatorlar xonasini pechь bilan isitish ruxsat etiladi. Binoda ventilyatorni reverslash sxemasi, ventilyatorning individual tavsiflari va mashinist uchun ventilyator qurilmasini boshqarish pulьtiga xizmat ko’rsatish bo’yicha yo’riqnoma osib qo’yilgan bo’lishi kerak.

Ventilyator uzoqdan turib boshqarilganda ventilyator mashinisti yoki boshqaruv pulьti navbatchisi «Ventilyatorning ishlashini qayd qilish jurnali» ni yuritishlari shart.



Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling