1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish


Download 172.62 Kb.
bet22/36
Sana05.01.2022
Hajmi172.62 Kb.
#231662
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
xavsizlik metodichka

6.2. Temir yo’l transporti

6.2.1. Karьer temir yo’l transporti (orasi 1520 mm iz) ko’chma tarkibi, inshootlari va qurilmalari mohiyati va undan foydalanish amaldagi «O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari», «O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha yo’riqnoma» va «O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida ishora berish bo’yicha yo’riqnoma» talablarining mazkur Qoidalarga zid bo’lmagan qismlariga muvofiq bo’lishi kerak.

Har bir karьerda mahalliy sharoitida qo’llashni hisobga oluvchi «Karьerda temir yo’l transportidan foydalanish qoidalari» ishlab chiqilishi va korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Tor izli temir yo’l transportining karьerda ishlashi korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspektsiyasi organlari bilan kelishilgan yo’riqnomalar bilan belgilanishi kerak.

6.2.2. Tushirilgan yoki ortishga tayyorlab yo’l chetiga terib qo’yilgan yuklar qurilishlarning yaqinlashish gabaritlarini buzmaydigan qilib taxlangan va mahkamlangan bo’lishi kerak.

Balandligi 1200 mm gacha bo’lgan yuklar (yo’l ishlari uchun to’kiladigan ballastdan tashqari) chetdagi temir iz kallagining tashqi chegarasidan kamida 2,0 mm masofada, yuklarning undan katta balandligida esa kamida 2,5 mm masofada joylashishi kerak.

6.2.3. Yo’lni yuqori tizilmalari amaldagi Qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq bo’lishi kerak. Karьer va uyumlarda ballasti bo’lmagan temir yo’llardan foydalanish taqiqlanadi.

Harakatlanish yo’llari uchun ballast sifatida mahalliy materiallardan (gil, torf, o’simlik tuprog’i va boshqalari bundan mustasno) foydalanishga ruxsat etiladi.

Harakatlanish yo’llarini tutash birikmalaridagi boltlarni soni kamda to’rtta bo’lishi kerak.

6.2.4. Strelkalar bilan markazlashtirilgan boshqarish qo’llaniladigan stantsiya va postlarni qordan, jinslar va boshqalardan tozalash avtomatik, mexanizatsiyalashgan usul yoki qo’lda kamida ikki shaxs tomonidan bajarilishi kerak.

Qorong’i paytda, shuningdek tuman va bo’ronlarda strelkani tozalashga oid ishlar bajariladigan joyga relьs kallagidan kamida 0,5 m balandlikda, kelishi kutilayotgan poezdga qaratib fonarь o’rnatish kerak.

6.2.5. Poezdlar harakati jadal va manevr ishlari katta bo’lgan temir yo’llarni kesib o’tish joylariga o’ziturar ogohlantiruvchi belgilar bilan to’silgan yoki qorong’i paytda yoritiladigan piyodalar o’tadigan tonneli, ko’prik yoxud yo’laklar qurilishi kerak.

6.2.6. Belgilanmagan joylarda temir yo’llardan o’tish taqiqlanadi.

6.2.7. Karьerda temir yo’llarni kesib o’tish joylarini qurish amaldagi Qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq bajarilishi, ularni tansiflari «Temir yo’llar kesib o’tish joylarini (kesishuv) qurish va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha yo’riqnoma» bilan aniqlanishi, quriqlash tartibi esa korxona ma’muriyati tomonidan o’rnatilishi kerak. Karьerni doimiy temir yo’llariga namunaviy kesishuv qurilishi, vaqtinchalik temir yo’llar kesishuvi transport harakati xavfsizligini ta’minlashi va quyidagicha:

a) yo’lni harakatlanish qismiga mos bo’lgan eni: yuk ko’tarish qobiliyati 10 t gacha bo’lgan avtoag’dargichlar uchun bir polosali yo’lda kamida 3,5 m va ikki polosali yo’lda kamida 6,5 m; yuk ko’tarish qobiliyati 10 t va undan ortiq bo’lgan avtoag’dargichlar uchun bir polosali yo’lda kamida 4,0 m va ikki polosali yo’lda kamida 7,0 m bo’lishi kerak;

b) gorizontal maydoncha yoki 0,010 gacha bo’lgan qiyalik; shakl og’ishi chekka relьsdan 5 m masofada o’rnatiladi; yo’lni qiyaligi kesishuvga kelgan joyda 0,050 dan ortiq bo’lmasligi kerak;

v) butun to’shama;

g) kesishuv burchagi kamida 60 gradus;

d) namunaviy ogohlantiruvchi belgilar;

e) elektrlashtirilgan yo’llar uchun gabarit darvozalar chekka relьsdan kamida 14 m masofada bo’lishi kerak.

6.2.8. Avtoblokirovli uchastkadagi qo’riqlanmaydigan kesishuvlar avtomatik kesishuv signalizatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.

6.2.9. Kesishuvlar bo’ylab o’ta og’ir va nogabarit yukni olib o’tishga karьer bosh muhandisi ruxsati bilan texnik nazorati shaxsi kuzatuvida ruxsat etiladi. Katta yuk ko’taradigan avtoag’dargichlar va karьerni boshqa texnikalari doimiy harakatlanadigan kesishuvlar relьsga zarar yetkazishni oldini oladigan to’shamalarga ega bo’lishi kerak.

6.2.10. Temir yo’llarni kesib o’tish bilan elektr uzatish, aloqa liniyalari, neftquvurlar, suvquvurlar va boshqa yerosti, hamda ustidagi qurilmalarni o’tkazish ishi, shu ish bajariladigan korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan, va yo’l egasi bilan kelishilgan loyihaga binoan bajarilishiga yo’l qo’yiladi.

6.2.11. Elektrlashtirilgan temir yo’llarda yukko’tarish kranini strelasi ko’tarilgan holda harakatlanishi taqiqlanadi, kontakt tarmoqlari o’chiriligan va naryad bo’yicha kran ishlar bajarilgan hollar bundan mustasno.

6.2.12. Yuk ko’tarish qurilmasi bilan jihozlanmagan mashina va mexanizmlar bilan temir yo’lni olish va yotqazish taqiqlanadi.

6.2.13. Tegishli ravishda mahkamlanmagan relьs bug’inlarini temir yo’l platformalarida tashish taqiqlanadi.

6.2.14. Zaboy temir yo’llari korong’ida yoritiladigan, signallar bilan to’silgan saqlagich tirgaklar bilan tugashi kerak.

6.2.15. Kranlarni, yo’lsiljitgichlarni va boshqa mexanizmlarni, zaboy va uyumlardagi tupiklarni (yo’llarni) ishlamaydigan qismida ularga harakat tarkibini urilishi yoki ularning yo’lni ishchi qismiga chiqib ketishidan saqlaydigan qurilma bilan to’smasdan qoldirish taqiqlanadi.

6.2.16. Tutuvchi va muhofalovchi tupiklarni harakat tarkibi bilan band qilish taqiqlanadi.

6.2.17. Vagonlarni oldinga qo’ygan holda poezdni yurgizishga, oldingi vagonda poezd haraktlanadigan tomonga qaragan, konduktor turishi lozim bo’lgan tormoz maydonchasi mavjud bo’lsagina ruxsat etiladi.

Ixtisoslatirilgan texnologik poezdlarni vagonlarni oldinga qo’ygan holda konduktorsiz yurgizishga, oldingi vagonda (dumpkarda) tormoz yo’li masofasiga eshitiladigan va ko’rinadigan, tegishli tovushli, qorong’i paytda esa nurli signallar mavjud bo’lishi sharti bilan yo’l qo’yiladi. Bunday hollarda to’xtash joyidagi manyovr ishlarida tuzuvchi (manyovr rahbari) vazifasini, shu maqsadlar uchun maxsus o’qitilgan mashinist yordamchisiga yuklashga ruxsat etiladi.

6.2.18. Dumpkarlarga yuk ortish pasportga muvofiq bajarilishi kerak. Vagonni bir tomonlama, gabaritidan ortiq, shuningdek yukko’tarish qobiliyatidan ortiq yuklashga yo’l qo’yilmaydi.

Temir yo’lning elektrlashtirilgan uchastkasida temir yo’l dumpkarlari yoki boshqa sig’imlarga bir cho’michli ekskavatorlar bilan yuk ortishga, karьer bosh muhandisi (texnik rahbari) tomonidan tasdiqlangan ishlarni xavfsiz olib borish usullariga oid tadbirlar amalga oshirilganda, va quvvat tarmog’ining kontakt simiga cho’mich tegishidan himoya mavjud bo’lganda yo’l qo’yiladi. Ekskavatorlarni aytilgan himoya bilan jihozlash O’zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspektsiyasi organlari bilan kelishilgan bo’lishi kerak.

6.2.19. Qiyalikda vagonlar tarkibi qoldirilsa tormoz tortilgan, g’ildiraklar tagiga tormoz boshmog’i qo’yilgan bo’lishi kerak.

Ajratilgan vagonning karьer yo’llarida nishabga qarab o’z-o’zidan harakatlanib ketishidan saqlash uchun, uni ishonchli tormozlash kerak.

6.2.20. Yuk ortish (yuk tushirish) jarayonida temir yo’l tarkibini uzatish va harakatlantirish faqat ekskavator mashinistining ruxsat etuvchi signali bo’yicha bajarilishi kerak.



Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling