1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish


- Mavzu. Transport (tashish) mashinalarni boshqarishda hamda ularga xizmat ko`rsatishidagi xavfsizlik


Download 172.62 Kb.
bet18/36
Sana05.01.2022
Hajmi172.62 Kb.
#231662
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
xavsizlik metodichka

9- Mavzu. Transport (tashish) mashinalarni boshqarishda hamda ularga xizmat ko`rsatishidagi xavfsizlik
2.9.4.1.Temir yo’lli, zanjirli va g’ildirakli harakatda ko’p cho’michli ekskavatorni yo’li va relьsidagi qiyalik va radiuslar, shuningdek qadamlovchi ekskavatorga ham, ekskavatorni texnik pasportida ruxsat etilgan chegarada belgilanishi kerak.

Relьsli yo’l eni va qiyaligi o’zgarishini nazorat qiluvchi qurilma har oyida bir marta karьer (korxona) metrologiya xizmati tomonidan tekshirilishi, natijalari maxsus jurnalga yozilishi kerak.

Aytilgan qurilmalar nosoz bo’lsa yoki mavjud bo’lmasa, ekskavatorni temir yo’lda harakatlanib ishlashi taqiqlanadi.

2.9.4.2. Strelasi cho’zilmaydigan rotorli ekskavatorlarda rotor strelasini belgilangan harakat tezligi va burilish bo’rchagini ta’minlaydigan avtomatik qurilma bilan jihozlangan bo’lishi kerak.

2.9.4.3. Ko’p cho’michli ekskavatorlar cho’mich ramasi, rotor strelasi va konveyerni ko’tarish, turish balandligi yoki burilish burchagi ekskavatorni pasportida ko’zda tutilgandan katta bo’lishidan saqlaydigan qurilmaga ega bo’lishi kerak.

Ekskavator mashinisti kabinasida avariya signali shchiti, shuningdek rotor strelasi harakat tezligi va burilish bo’rchagi, ekskavatorni harakatlanish tezligi, ekskavatorga keladigan kuchlanish va quvvat yuzasidan nazorat qiluvchi asboblar o’rnatilgan bo’lishi kerak.



2.9.4.4. Ko’p cho’michli ekskavator ishlayotgan paytda odamlarni yuklanayotgan vagon yonida va ularni orasida, yuklash va tushirish lyuklari, konveyerlar, qayta yuklaydigan qurilmalari ostida va ekskavatorni harakatlanish qurilmasi ramasi tagida turishlari taqiqlanadi.

2.9.4.5. Ko’p cho’michli ekskavator bilan yangi kirishcha qazishdan oldin smena boshlig’i yoki kon ustasi zaboyni ko’rikdan o’tkazishi va qulash prizmasini hisobga olgan holda kirishcha enida ekskavatorni ish fronti bo’ylab begona narsalarni (daraxt tanasi, metall buyumlar va boshqalarni) olib tashlash choralarini ko’rishi kerak.

2.9.4.6. Ko’p cho’michli ekskavator bilan quyi joyni kavlashga, kavlanadigan qalinlikda qulamaydigan jinslar bo’lishi sharti, qiyalik va ekskavatorni ishchi maydonchasi barqarorligi ta’minlanganda ruxsat etiladi.

2.9.4.7. Rotorli ekskavatorlar konveyerlar va uyumlagichlar bilan kompleks bo’lib ishlayotgan paytda, shuningdek ko’p cho’michli ekskavator konveyerlar yuklayotganda boshqaruv blokirovkalash kerak.

Ta’mirlash va sozlash ishlari bajarilayotganda har bir mexanizmni alohida qo’l bilan boshqarish nazarda tutilishi kerak.




Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling