1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish


Download 172.62 Kb.
bet30/36
Sana05.01.2022
Hajmi172.62 Kb.
#231662
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
xavsizlik metodichka

3. Yer osti yong’inlarini o’chirish

3.1.Muhandis-texnik xodimlar, brigadirlar va ishchilar yong’in yoki uning biror belgisini sezishlari bilan tezda bu haqida shaxta bosh muhandisi yoki boshlig’iga, shaxta navbatchisi yoki dispetcherga xabar berishlari va avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq odamlarni xavf yuzaga kelgan qazilmalardan olib chiqish va mavjud barcha vositalar yordamida yong’inni bartaraf etish choralari ko’rishlari kerak.

3.2. Yong’in haqida xabar olingandan keyin shaxta bosh muhandisi yoki uning o’rnidagi texnik nazorat xodimi (shaxta dispetcheri) yetib kelgan Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi komandiri bilan birgalikda zudlik bilan avariyalarni bartaraf etish rejasida ko’zda tutilgan choralarni ko’rishi, odamlarni qutqarish va yong’inni bartaraf etish ishlari rejasini aniqlashtirishi va shunga muvofiq Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi komandiriga quyidagilar bo’yicha yozma topshiriqlar berishi kerak:

a) yong’inda qolgan, shuningdek xavf ostida qolishi mumkin bo’lgan odamlarni qutqarish choralari;

b) yonish mahsulotlarining boshqa uchastkalarga kirishini oldini olish choralari;

v) yong’inni o’chirish bo’yicha dastlabki tadbirlar.

Keyin esa yong’inni o’chirish usullari, talab etiladigan material va uskunalar, shuningdek ularni ish joyiga yetkazib berish yo’llari ko’zda tutilgan yong’inni bartaraf etish rejasi tuzilishi kerak.

3.3. Yong’in chiqqanda avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq havo oqimi yo’nalishining o’zgarishini va yonish mahsulotlarining belgilangan ventilyatsiya sxemasi bo’yicha toza havo oqimi o’tadigan qazilmalarga kirishini oldini olish choralari ko’rilishi kerak.

3.4. Yong’inni bartaraf etish chora-tadbirlarini bajarish uchun javobgarlik shaxta bosh muhandisi yoki uning o’rnidagi shaxsga yuklatiladi.

3.5. Yong’in sodir bergan uchastkalardan havo chiqayotgan qazilmalarda kashaklarni qurish paytida havodan namunani Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi respiratorchilari olishlari kerak.

3.6. Doimiy kashaklar qurish yoki vaqtinchalik kashaklarni kuchaytirish paytida quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:

a) kashaklar havoni o’tkazishi va tosh, g’isht, loyli churaklar, qumli qoplardan qurilishi kerak. Bevosita yong’in o’chog’ini to’suvchi kashaklar faqat yonmaydigan materiallardan qurilishi kerak. Kashaklarni guvalalardan qurish ruxsat etiladi. Kashaklarning nogermetikligi yoki boshqa nuqsonlar aniqlanganda, ular kuchaytirilishi (qaytadan suvalishi va qoplanishi, darzlarga tsement yoki loy yuborish va h.) kerak;

b) qurilgan har bir kashak uchun ijro eskizi tuzilishi va «Yong’in uchastkalarini kuzatish jurnali» ga kiritilishi kerak.

3.7. Havodan namuna olish, haroratni o’lchash va suv quyish uchun kashakning pastki, o’rta va yuqori qismlarida gaz rezьbada buraladigan tiqinli 35-100 mm diametrli uchta quvur o’rnatilishi kerak.

Ventilyatsiya shtrekidagi kashaklarda yerdan 1,0-1,2 m balandlikda bitta quvur o’rnatilishi kerak. Kashaklar uchastkani izolyatsiyalash bo’yicha barcha ishlar tugagandan keyin bekitiladigan teshiklar bilan jihozlanishi kerak. Teshiklarning o’lchami kamida 0,7x0,7m bo’lishi kerak.

3.1649. Kashaklar qurilgandan keyin ular muntazam ko’zdan kechirib turilishi kerak.

Yong’in uchastkasidan SO2, SO, SO2, yonuvchan uglevodorodlar miqdorini aniqlash uchun muntazam ravishda havo namunasi va sulьfat kislota miqdorini aniqlash uchun suv namunasi olinishi kerak. Kashakning orqasidan havo namunasini olishda tashqaridan havo so’rilishiga yo’l qo’yilmasligi kerak. Havodan namunani Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi respiratorchilari olishlari kerak. Namuna olinadigan joy Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi bilan kelishilgan holda shaxta bosh muhandisi tomonidan belgilanishi kerak.

Tahlil va boshqa o’lchovlar natijalari «Yong’in uchastkalarini kuzatish jurnali» ga qayd etilishi kerak.

3.8. Gazlangan atmosferada yong’inlarni bartaraf etish ishlari (kashaklar qurish, mahkamlash va h.) faqat kon-qutqaruvchilari tomonidan bajarilishi kerak.

Doimiy yo’nalishdagi toza havoda bajariladigan ishlar shaxta ishchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunda quyidagi ehtiyotkorlik choralari ko’rilishi kerak:

a) barcha ishchilarda o’z-o’zini qutqarish vositalari bo’lishi kerak;

b) ishlar bevosita nazorat xodimi kuzatuvi ostida bajariladi;

v) ishlar bajariladigan joy yaqinida birinchi yordam ko’rsatish vositalari (ingalyatorlar, jonlantiruvchi asboblar va h.) bilan jihozlangan va havodagi uglerod oksidi miqdorini tahlil qilish uchun muntazam havo namunasini olib turuvchi kon-qutqaruvchilari bo’linmasi bo’lishi kerak.

3.9. Gazlangan atmosferada ishlar faqat kon-qutqaruvchilari yoki qo’shimcha ko’ngilli kon-qutqaruv komandasi a’zolari tomonidan izolyatsiyalovchi respiratorlarda bajarilishi kerak.

3.10. Izolyatsiyalangan yong’in uchastkasida kon qazilmalarigi o’tib ketish xavfini tug’diradigan miqdorda suv va pulьpaning to’planib qolishiga ruxsat etilmaydi.

3.11. Yong’in o’choqlari va yong’in uchastkasini, shuningdek qazib olingan bo’shliqni ajratuvchi barcha kashaklar tartib raqamiga ega bo’lishi va kon ishlari rejalariga qayd etilishi kerak. Kashaklarni ko’zdan kechirishda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak:

a) kashaklarning sozligi;

b) qazilmagohlardagi kashaklarning oldidagi mahkamlash inshootining holati;

v) quvurlarning tiqin bilan bekitilish zichligi;

g) kashaklarga borish yo’llarining holati, ular ruda yoki kon jinslari bilan bekilib qolmasligi kerak;

d) kashaklarning harorati.

Yong’in uchastkasini foydalanish qazilmagohlaridan ajratuvchi kashaklar har sutkada, ba’zi hollarda (gazlarning miqdori keskin o’zgarganda) kamida bir smenada bir marta ko’zdan kechirilishi kerak.




Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling