1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish
-Mavzu Konchilik korxonalarida mehnat xavfsizligini oldindan aytish tahlili va uning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari
Download 172.62 Kb.
|
xavsizlik metodichka
16-Mavzu Konchilik korxonalarida mehnat xavfsizligini oldindan aytish tahlili va uning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari
Mehnat xavfsizligi sohasida ilmiy-tehnikaviy taraqqiyot. Shikastlanishni tahlil qilishning texnik, tizimli, yuz berishi mumkin bo`lg`an usullari. Shikastlanishni tahlil qilishning amaldagi tahlil usullarini qo`llash sohalari. Xavfsiz mehnat sharoitlarini oldindan aniqlash maqsadi. Konchilik korhonalarida xavfsiz mehnat sharoitlarini oldindan aniqlash. Xavfsizlik omillari bo`yicha xavfsiz sharoitlarni oldindan aniqlash usullari va ishlab chiqarish tuzilmasini tuzish. Ijtimoiy munosabatlar va ularning mehnatni muhofaza qilishga ta`siri. Ishlab chiqarish brigadalarini shakllantirish va barqaror tarkibni ta`minlash. Jamoa a`zolarining mehnat qilish va ijtimoiy faollligini oshirish. Mehnat tarbiyasi va intizomni mustahkamlash. Xodimni mehnat xavfsizligiga tayyorlash. Mehnat muhofazasi bo`yicha axborotlarni tashkil qilish. Mehnat muhofazasining iqtisodiy jihatlari. .1. Har bir foydali qazilma konlarini qazib olish, ishlab turgan konlar, shaxta yoki gorizontlarni rekonstruktsiya qilish loyihasida chang bilan kasbiy zararli omil sifatida kurashishga doir tadbirlar majmuasi ko’zda tutilgan maxsus bo’lim bo’lishi kerak. Bloklar, lavalar va boshqa tozalash zaboylarini loyihalashda loyihalarda suv ta’minoti sxemasi, chang bilan kurashish uskunalarining joylashishi, chang bosish vositalarining ro’yxati va ularning ishlash rejimi ko’zda tutilishi kerak. .2 CHang biln kurashish bo’yicha chora-tadbirlar majmuasi ta’minlanmagan yangi va rekonstruktsiya qilingan shaxta va gorizontlarni foydalanishga kiritish ta’qiqlanadi. 3. Barcha ishlab turgan va qurilayotgan shaxtalarda chang ventilyatsiya tizimi va chang bilan kurashish bo’yicha tadbirlar rejasi bo’lishi kerak. 4.. Ishlab turgan va qurilayotgan shaxtalarda barcha chang hosil bo’ladigan joylarda kon havosining changlanishini 11-jadvalda keltirilgan chegaraviy yo’l qo’yiladigan kontsentratsiyalar darajasigacha kamaytirish bo’yicha tadbirlar amalga oshirilishi kerak. 5. SHaxtalarda ishlab turgan qazilmagohlar va ish joylarining havosi tarkibidagi chang miqdori belgilangan me’yorlardan oshmasligi kerak. SHaxta stvolida va stvololdi maydonda kon qazilmagohlariga yuboriladigan havoga chang tushishiga yo’l qo’yilmasligi kerak. SHaxta va ish joylariga tarkibidagi changning miqdori belgilangan sanitariya me’yorlaridan 30% dan ortiq bo’lgan havoni yuborish ta’qiqlanadi. Tarkibidagi chang miqdori yuqori bo’lgan shaxta va ish joylariga yuboriladigan havo oldin tozalanishi kerak. Yangi loyihalayotgan konlarda havoni skipli ko’tarish qurilmalari, ag’dariladigan kletlar bilan jihozlangan stvollar orqali va konteynerli qiya stvollar orqali yuborishni ko’zda tutish ta’qiqlanadi. Istisno hollarda havoni yuqorida ko’rsatilgan stvollar orqali yuborish kon qazilmagohlariga tarkibidagi chang miqdori belgilangan sanitariya me’yorlaridan 30% dan ortiq bo’lmagan havo yuborilishini ta’minlovchi chang tutish vositalaridan foydalanish sharti bilan ko’zda tutilishi mumkin. Skipli ko’tarish qurilmalari, ag’dariladigan kletlar bilan jihozlangan stvollar orqali va konteynerli qiya stvollar orqali yuboriladigan havoning tarkibidagi chang miqdorini kamaytirish bo’yicha tadbirlar «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasining mahalliy organlari bilan kelishilishi kerak. 11-jadval.
6. Barcha shaxtalarda maxsus «Havo namunalarini changlanish bo’yicha tahlil qilish natijalarini hisobga olish jurnali» yuritilishi kerak. 7. Tozalash qazilmalariga havoni ruda tushirish inshootlari va ruda tushirish voronkalari orqali yuborish ta’qiqlanadi. Havo ventilyatsiya qo’zg’algichlari yoki zich bekitilgan ventilyatsiya yoki yurish bo’linmalariga ega qazilmalar orqali yuborilishi kerak. 8. Kon mashina va mexanizmlaridan shovqin va vibratsiya intensivligini kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilmasdan foydalanish ta’qiqlanadi. SHovqin va vibratsiyani kamaytiruvchi qurilmalari nosoz yoki yechib olingan uskunalardan foydalanish ruxsat etilmaydi. 9. Foydalanish jarayonida chang hosil bo’ladigan barcha kon uskunalari soz holatdagi chang tutish qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Er osti qazilmagohlarida chiqindi gazlarni samarali neytrallaydigan qurilmagohlari bo’lmagan ichki yonuv dvigatelli mashinalardan foydalanish ta’qiqlanadi. 10. Har bir shaxtada chang bilan kurashishda suv yuborishni ta’minlovchi vodoprovod bo’lishi kerak. CHang bilan kurashish uchun sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda shaxta suvidan foydalanish ruxsat etiladi. Bunda shaxta suvi oldin mexanik aralashmalardan tozalanishi, bakteriologik ifloslanishlarni bartaraf etish uchun xlorlanishi va neytrallanishi kerak. Asosiy otkatka qazilmagohlarining devorlari va shipi vaqti-vaqti bilan oqlanishi kerak. 11. CHang va gazlarni bosish uchun portlatish ishlarini olib borishda maxsus vositalar (tuman hosil qiluvchi qurilmalar, suv pardalari va h.) ishlatilishi kerak. 12. SHpur va quduqlarni havo changlanishini chegaraviy yo’l qo’yiladigan kontsentratsiyalar miqdorigacha kamaytirishni ta’minlovchi ishonchli changni bosish va tutish vositalarisiz yuvmasdan burg’ilash ta’qiqlanadi.
Download 172.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling