1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish


Download 172.62 Kb.
bet35/36
Sana05.01.2022
Hajmi172.62 Kb.
#231662
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
xavsizlik metodichka

Tibbiy yordam
1. Yer ostida ishlaydigan barcha ishchilar suv o’tkazmaydigan pishiq idishga solingan individual bog’lov paketlari bilan ta’minlanishi kerak. Texnik nazorat xodimlari va brigadirlarda ish paytida bunday paketlardan kamida ikkitasi bo’lishi kerak. Yer ostida ishlaydigan ishchilar va texnik nazorat xodimlari birinchi tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha o’qitilishlari kerak.

2. Har qaysi shaxtada birinchi yordam aptechkalari yuzadagi barcha tsexlarda, uy kiyimlari uchun yechinish xonalarida, shaxta usti binoda, stvololdi maydonda (tibbiy punkt bo’lmaganda) va ishlar bajariladigan joylar yaqinida joylashgan kameralarda bo’lishi kerak. Agar aptechka shaxta stvolida joylashgan bo’lsa, uning kaliti stvolchida, aptechka kamerada joylashgan bo’lsa – kalit kamera navbatchisida bo’lishi kerak.

3. Yer osti tibbiy punktlari bo’lmagan shaxtalarning stvololdi maydonlarida tez tibbiy yordam mashinasiga o’rnatish uchun moslashtirilgan zambillar bo’lishi kerak.

4. Yuzada shaxta stvoli yaqinida birinchi tibbiy yordam punkti tashkil etilgan bo’lishi kerak. Tibbiy punktning tashkil etilishi sog’liqni saqlash organlari bilan kelishiladi.

5. Yer ostida ishlaydigan ro’yxatdagi ishchilar soni 300 - 600 dan ortiq bo’lgan shaxtalarda birinchi tibbiy yordam punktlari stvololdi maydonlar hududida yoki shaxta qanotlarida joylashgan bulishi kerak. Yer osti birinchi tibbiy yordam punktlari birinchi yordam ko’rsatish uchun zarur barcha jihozlar, dori-darmonlar va bog’lash materiallari bilan jihozlangan bo’lishi kerak.

6. Birinchi tibbiy yordam punktlarida korxona kommutatori bilan telefon aloqasi bo’lishi kerak.

7. Ish paytida jabrlanganlar yoki kutilmaganda kasal bo’lib qolganlarni birinchi tibbiy yordam punktiga, birinchi tibbiy yordam punktidan davolash muassasasiga yetkazish uchun har bir shaxtada maxsus transport vositasi – sanitariya avtomobili bo’lishi kerak. Undan boshqa maqsadlarda foydalanish ta’qiqlanadi. Jabrlanganlarni qish paytida tashish uchun har bir avtomobilь issiq kiyim va issiq odeyalo bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. SHaxtadagi ishlovchilar soni 1000 tagacha bo’lganda bitta tez yordam mashinasi, 2000 tagacha bo’lganda 2 mashina va qo’shimcha har 2000 kishi uchun yana bittadan mashina bo’lishi kerak.

Mazkur bo’limda ko’rsatilgan chetga chiqishlardan tashqari doimiy muzloq joylardagi qazish chuqurligi 100 m gacha, unumdorligi bir yilga 50 ming tn kon massasi va foydalanish muddati 2 yilgacha bo’lgan ochiq konlarda 56 va 57-bandlarning ikkinchi chiqish joyini mexanizatsiyalashtirilgan ko’tarish qurilmasi bilan jihozlash bo’yicha talablaridan chetga chiqqan holda ishlarni olib borish ruxsat etiladi.




Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling