1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish


- -Mavzu. Konlarni er osti va ochiq usulda qazishda


Download 172.62 Kb.
bet8/36
Sana05.01.2022
Hajmi172.62 Kb.
#231662
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
xavsizlik metodichka

3 - -Mavzu. Konlarni er osti va ochiq usulda qazishda
2.1.1. Transheyalar o’tkazish, pog’onalarni qazish, uyumlarni to’kish va shu kabi konchilik ishlari, shuningdek yuklash punktlaridagi ishlar, korxona (karьer) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan, jihozlar joylashishini, ishlarni bajarish tartibini, xavfsizlik choralarini, ish maydonchalari, pog’ona va uyumning ruxsat etilgan o’lchamlarini, shuningdek pog’ona va uyumning yuqori hamda pastki chetiga nisbatan jihozning masofasini belgilaydigan pasportga muvofiq ravishda olib borilishi kerak. Pasportlar konchilik mashinalarida va karьer ma’muriyatida bo’lishi kerak. Ishlar ijrochilari va rahbarlari Pasport bilan imzo chekib tanishtirilishi kerak. Tasdiqlamagan pasportlar bilan yoki undan chetlangan xolda konchilik ishlarini olib borish taqiqlanadi.

2.1.2. Pasport bilan ko’zda tutilmagan vaziyatlar paydo bo’lganda, ish to’xtalishi kerak va ishlar rahbari tomonidan ishni xavfsiz bajarish tartibi va choralari to’g’risidagi qaror qabul qilinganidan keyin ishlarni boshlash mumkin. Vaziyat yana takrorlangan taqdirda pasportga qo’shimcha va o’zgatirishlar kiritilishi kerak.

2.1.3. Pog’ona va uyumdagi qulash prizmasining o’lchami karьerni marksheyderlik xizmati xodimlari tomonidan belgilanadi va konchilik ishlari uchun pasport va loyihalar ishlab chiqish bilan band bo’lgan mutaxassislar, xamda karьerdagi konchilik ishlari rahbarlariga e’tiboriga doimo yetkazilishi kerak.

2.1.4. Pog’onalar, karьer bortlar va uyumlarning konstruktsiyalari loyixa bilan aniqlanadi va zarur bo’lganda jinslarning fizik-mexanik xossalarini o’rganish va marksheyderlik kuzatuvlar natijasi ma’lumotlariga ko’ra foydalanish jarayonida to’g’rilanishi kerak.

Pog’onalar xisobdan chiqarilganda karьer bortining loyiha bilan belgilangan umumiy qiyalik burchagiga rioya etilishi lozim.



2.1.5. Saqlagich supachalar gorizontal yoki karьer borti tomoniga qarab qiya xolatda bo’lishi va jins bo’laklari, xamda begona predmetlardan doimo tozalanishi kerak. Konchilik ishlari rejasiga ko’ra supachalar bo’ylab ishchilar xarakatlansa, ularda to’siqlar bo’lishi kerak.

2.1.6. Saqlagich supachalarning eni, ularni mexanizatsiyaviy tozalash imkonini ta’minlashi kerak. Loyixaga muvofiq ravishda bo’ylama nishabli qiya supachalar, shu jumladan transport supachalari bilan qo’shilganlarini qo’llashga ruxsat etiladi.

2.1.7. Vaqtincha ishlatilmaydigan karьer bortlarni shakllantirish va ularda konchilik ishlarini qaytadan boshlash tartibi loyixada ko’zda tutilgan bo’lishi kerak.

Foydali qazilmalarni yer osti usuli yordamida qazib oladigan har bir korxona (tashkilot) da quyidagilar bo’lishi kerak:

- foydali qazilmalarni qazib olish maqsadida yer qa’ri boyliklaridan foydalanish uchun litsenziya (maxsus ruxsatnoma);

- tasdiqlangan qazib olish loyihasi;

- kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnoma;

- yerdan foydalanish huquqi to’g’risida dalolatnoma;

- xavfsizlik sertifikati;

- shaxta yoki uning navbatini foydalanishga qabul qilish to’g’risida davlat komissiyasining dalolatnomasi;

- kon ishlarini olib borish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsatnoma);

- belgilangan marksheyderlik va geologiya hujjatlari;

- «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi bilan kelishilgan kon ishlarini rivojlantirish rejasi;

- kon ishlarini xavfsiz olib borishni ta’minlovchi texnik vositalar;

- kon ishlarini boshqarish va ularni xavfsiz olib borishni ta’minlovchi xodimlar.

Qazib olish loyihalariga ularning tarkibiy qismi sifatida xavfsizlik texnikasi bo’yicha tadbirlar kiritilishi kerak.

10. foydali qazilmalarni qazib olish maqsadida yer qa’ri boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi va uning egasiga tog’-kon korxonasi (shaxtalar, konlar) ni loyihalash, kon ajratmasini olish va yer ajratmasi berilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

11. SHaxtalarning loyihasi, shu jumladan konlarni tajriba-sanoat yo’sinida qazib olish loyihalari, o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan va «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi bilan kelishilgan loyihalash uchun topshiriqqa asosan ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqiladi, va mazkur Qoidalar talablariga javob berishi kerak.

Agar kon-geologiya va kon-texnik sharoitlar o’zgarsa va bu asosiy loyiha yechimlari va shaxtalarning texnologik parametrlarini qayta ko’rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqarsa, loyihalash uchun yangi topshiriq asosida loyiha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan qayta ishlab chiqilishi va o’rnatilgan tartibda qayta tasdiqlanishi kerak.

Agar aniqlangan o’zgarishlar asosiy loyihaviy yechimlarning qayta ko’rib chiqilishini talab etmasa, loyiha tashkiloti bilan kelishilgandan keyin korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan loyihalar bo’yicha shaxtalarning ayrim texnologik parametrlari o’zgartirilishi mumkin.

Agar aniqlangan o’zgarishlar asosiy loyihaviy yechimlar va shaxtalarning texnologik parametrlarini qayta ko’rib chiqilishini talab etmasa, ishlar korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan lokal loyihalar bo’yicha olib borilishi mumkin.

12. Foydali qazilma konlarini, shu jumladan kelib chiqishi texnogen bo’lgan konlarni, qazib olish uchun kon ajratmalari foydali qazilmalarni qazib olish maqsadida yer qa’ri boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya egasiga «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi tomonidan beriladi.

Kon ajratmasi amaldagi «Foydali qazilma konlarini qazib olish uchun kon ajratmalarini berish tartibi to’g’risida nizom» ga muvofiq korxonani qurish, rekonstruktsiya qilish yoki kengaytirish boshlangunga qadar rasmiylashtirilish kerak.

Kon ajratmasi chegaralaridan tashqarida foydali qazilma konlarini qazib olish ta’qiqlanadi. Korxonaning unga berilgan kon ajratmasini boshqa korxonaga berishi ruxsat etilmaydi.

13. Foydali qazilma konini yoki uning bir qismini tajriba-sanoat yo’sinida qazib olish kon ajratmasini olmasdan, foydali qazilmalarni qazib olish maqsadida yer qa’ri boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya, «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi organlari bilan kelishilgan va korxonaning rahbari tomonidan tasdiqlangan kon ishlarini rivojlantirish loyihasi va rejalari asosida amalga oshiriladi.

14. Tog’-kon korxonasini qurish uchun yer uchastkasini ajratish (er ajratmasi) kon ajratmasi olingandan keyin qurilish ko’zda tutilayotgan tumanning davlat hokimiyati organlari qarori bilan rasmiylashtiriladi, va dalolatnoma bilan, shuningdek topografik rejada yer ajratmasi chegaralarini ko’rsatgan holda tegishli qaydlar kiritib, tasdiqlanadi.

15. Kon va yer ajratmasi loyihalari loyiha tashkiloti yoki korxona tomonidan tayyorlanishi kerak.

16. Yangi qurilgan yoki rekonstruktsiya qilingan shaxta va gorizontlar, shuningdek o’ta muhim ob’ektlar (shaxta stvollari, shtolnyalar, ko’tarish va maydalash komplekslari, bloklar, podstantsiyalar, elektrovoz depolari, asosiy shamollatish ventilyatorlari, kompressor stantsiyalari, markaziy nasoslar) SHNK 3.01.04-04 da o’rnatilgan tartibda tayinlanadigan qabul qilish komissiyasi tomonidan, «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi, Davlat sanitariya nazorati, Davlat yong’in nazorati, Davlat texnik mehnat inspektsiyasi korxonaning kasaba uyushma qo’mitasi vakillari ishtirokida, QMQ 3.01.04-99 talablariga muvofiq o’rnatilgan tartibda beriladigan xavfsizlik sertifikati bo’lgan holdagina foydalanishga qabul qilinadi.

Xavfsizlik qoidalari va texnik loyihadan chetga chiqish holatlari bo’lgan yangi, rekonstruktsiya qilingan konlar, shaxtalar, gorizontlarni foydalanishga qabul qilish ta’qiqlanadi.

17. Korxonaga kon ishlarini olib borish huquqini beruvchi litsenziya «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi tomonidan foydali qazilmalarni qazib olish maqsadida yer qa’ri boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya egasiga yoki u tomonidan kon ishlarini olib borish uchun jalb etilgan ixtisoslashgan tashkilotga beriladi.

18. Loyihada ko’zda tutilmagan uskunalar shaxtada korxona bosh muhandisining qarori bilan qo’llanilishi mumkin. Ushbu qaror asosida shaxtaning texnik rahbari ulardan foydalanish tartibi va xavfsizligini belgilab beruvchi loyihalar, pasport yoki yo’riqnomalar ishlab chiqishi kerak.

19. Qurilish va foydalanish davrida barcha shaxtalarga harbiylashgan kon-qutqaruv qismlari (HKQQ) tomonidan xizmat ko’rsatilishi kerak.

Ayrim holatlarda, «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi organlari bilan kelishilgan holda, shaxtalarga bo’shatilgan kon-qutqaruv ishi instruktorlariga ega ko’ngilli yordamchi kon-qutqaruv komandalari tomonidan xizmat ko’rsatilishi ruxsat etiladi.

20. SHaxtaga ishga kirayotgan barcha ishchi va xizmatchilar dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tishlari kerak. Yer osti ishlarida ishlovchi ishchi va xizmatchilar kamida bir yilda bir marta, ko’krak qafasini rentgenografiya qildirgan holda, davriy tibbiy ko’rikdan o’tishlari kerak.



Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling