1 Mavzu. Kirish. Konchilik sanoatida mehnat muhofazasining huquqiy asoslari va uni tashkil qilish


Yong’in o’chirilgan uchastkalarni ochish


Download 172.62 Kb.
bet31/36
Sana05.01.2022
Hajmi172.62 Kb.
#231662
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
xavsizlik metodichka

4. Yong’in o’chirilgan uchastkalarni ochish

4.1. Yong’in sodir bo’lgan uchastkalarda tiklash yoki foydalanish ishlariga yong’in o’chirilib, ro’yxatdan chiqarilgandan keyingina ruxsat etiladi.

O’chirilgan (ro’yxatdan chiqarilgan) kashaklar bilan izolyatsiyalangan yong’in uchastkasini ochish uchun shaxta bosh muhandisi tomonidan reja tuzilishi va kon boshqarmasi bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Unda quyidagilar ko’zda tutilishi kerak:

a) uchastkani ochishdan oldin tekshirish tartibi;

b) uchastkani ochish usuli;

v) kashaklarni ochishda xavfsizlik choralari: kashakni qayta bekitish ehtiyoji tug’ilganda zarur asboblar va materiallar zahirasini tashkil etish, havo oqimini tartibga solish va yo’naltirish, elektr tokini uzish, havoning tarkibini aniqlash uchun gaz aniqlagichlarning mavjudligi, birinchi yordam vositalarining mavjudligi, shuningdek uchastkani shamollatish rejimi.

Uchastkani ochish va uni birinchi marta shamollatish Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi xodimlari tomonidan bajarilishi kerak.

4.2. Ochilayotgan yong’in uchastkasidan chiqadigan oqim bevosita shaxtaning umumiy chiqish oqimiga yo’naltirilishi kerak. Ushbu havo oqimi yo’lida bo’lgan odamlar oldindan boshqa joyga chiqarilishi kerak.

Ventilyatsiyani tiklash paytida yong’in uchastkasidagi chiquvchi havo oqimida yonish mahsulotlari (SO i SO2) ning mavjudligi aniqlanishi kerak. Agar chiqayotgan havo oqimida bunday gazlar mavjud bo’lsa uchastkani shamollatish to’xtatilishi, kashaklar esa bekitilishi kerak.

4.3. Agar kamida 5 kunlik uzluksiz kuzatuv natijasida salbiy ko’rsatkichlar (SO, SO2 va h. larning mavjudligi) aniqlanmasa, yong’in sodir bo’lgan uchastkalarni normal foydalanish sharoitlariga o’tkazish ruxsat etiladi.

Ishlar tiklangandan keyin kamida 3 sutka mobaynida:

a) yong’in sodir bo’lgan uchastkada kon-qutqaruvchilari navbatchilik qilishlari, ular gaz aniqlagichlar yordamida har 30 minutda har bir zaboyda havoning tarkibini tekshirishlari kerak;

b) smenada kamida bir marta zaboylardagi havoning harorati o’lchanishi kerak.

4.4. Faol yong’inda qolgan uchastkalar ostidagi konlarni qazib olishda barьer tseliklar qoldirilishi va o’yma faqat qazib olingan bo’shliqni inert materiallar bilan puxta to’ldirgan holda bajarilishi kerak. Kon ishlarini olib borish paytida muntazam ravishda gaz-harorat nazorati amalga oshirilishi kerak.



Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling